Jizzax davlat pedagogioka institut


- Mavzu: BUYUK GUMANISTLARNING TA’LIMOTI



Download 5,81 Mb.
bet38/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

7- Mavzu: BUYUK GUMANISTLARNING TA’LIMOTI
REJA:
1. Buyuk gumanistlar ta’limoti haqida nazariy ma’lumotlar.
2. Vittorina de Feldre maktabi, I.Eronim Merkurialisis, J.J.Russo,
I.Pestalotsii, T. Morlarning jismoniy tarbiya haqidagi mulohazalari.
3. Gumanistlarning g‘oyalari haqida.


Tayanch so`z va iboralar: Gumanist,g`oya, jismoniy mashq, jismoniy kuch,
1. Buyuk gumanistlar ta’limoti haqida nazariy ma’lumotlar.
XIV va XVII asrlarda G‘arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli ham hukmron edi. Faqat ancha ilg‘or mamlakatlardagina bu usul kapitalistik munosabatlar tomonidan siqib chiqarilmoqda edi. Bu davr dehqonlarni yerdan mahrum qilish, mustamlaka xalqlarni tinimsiz talash davri, kapitalning dastlabki jamg‘arilish davri edi.
Yevropaning feodal tarqoqligi savdo va sanoatning taraqqiy etishiga xalaqit berar edi. Shaharlarning iqtisodiy jihatdan mustahkamlangan burjuaziyasi uchun barqaror markazlashgan davlat xokimiyati kerak edi. Feodallar o‘rtasida doimiy uchrashuvlardan zarar ko‘rib kelayotgan xalq ham huddi shuni istar edi. Oqibat natijada XIV asrning ikkinchi yarmida “qirol hokimiyati” shaharliklarga tayanib, feodal dvoryanlarning qudratini sindiradi va chinakamiga millatlarga asoslangan yirik monarxiyalar barpo etdi; bu monarxiyalarda hozirgi Yevropa millatlari va hozirgi butun jamiyati taraqqiy etib bordi.
Burjuaziya uzoq vaqt davomida feodallar bilan murosa qilib kelgan va uni qo‘llab-quvvatlagan. Biroq o‘rta asrning oxirlariga kelib, burjuaziya shunchalik mustahkamlandiki, endi u feodallarga qarshi chiqishga va G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy jihatidan taraqqiy etgan mamlakatlarida o‘z siyosiy hukmronligini o‘rnatishga (Angliya burjua revolyusiyalari) qodir edi.
O‘sha vaqtlarda Yevropaning sharqida rus xalqi unga ko‘p asrlik tatar zulmidan etkazilgan jarohatlarni tuzatib oldi va qudratli davlat barpo qildi. Moskva davlatining borligini hatto xayoliga keltirmay, hayratga tushgan Litva va tatarlar o‘rtasida saqlanib qolgan Yevropa o‘zining sharqiy chegaralarida to‘satdan katta imperiyaning vujudga kelishidan dovdirab qoldi, hatto Sulton Boyazidning o‘zi garchi u (G‘arbiy Yevropa ) uning oldida titrab tursa ham, moskvaliklardan birinchi marta takabburona nutqlarini eshitdi.1
Rus davlati, uning iqtisodiyoti va tarbiyasi jadal suratlar bilan taraqqiy etib bordi. Rus xalqining fan va tarbiyaning ba’zi sohalarda erishgan yutuqlari G‘arb xalqlari erishgan yutuqlardan o‘zib ketdi.
Jadal taraqqiy etib borayotgan burjua ishlab chiqarishining ehtiyojlari oyoq charx, suv parragi va hokazolarning ixtiro etilishiga sabab bo‘ldi. Bularning o‘zi esa matematika tadqiqot metodlarining takomillashuviga sabab bo‘ldi va astronomiya, mexanika, optika hamda ximiya singari fanlarni hayotga chorladi. Fan va texnika ishlab chiqarishini kengaytirishga yordam berdi, texnika esa olimlar qo‘liga juda ko‘p sonli Yangi fanlarni berib, bu faktlar fanni boyitdi va uni ilgari siljitdi. Leanardodo Vinchi (1452-1519-yillar) qushlarning uchishini kuzatib borib, uchuvchi aparatining tuzilishi to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bayon etdi. Rus krepostnoy dehqoni esa o‘sha vaqtdayoq odamni ko‘tarishga qodir bo‘lgan qanotlarning aniq hisobini oldi, ularni yasadi va ularning tomdan hamda qal’a gumbazlaridan kishining erga muvaffaqiyat bilan qo‘nishga erishdi. G‘arbiy Yevropa va Rossiyada kitob nashr qilishi vujudga keldi va qimmatbaho pergament o‘rnini qog‘oz egalladi. Dengizda suzish ehtiyoji natijasida kemasozlik taraqqiy etdi, ispanlar, gollandiyaliklar, so‘ngra inglizlar ham janubiy yarim sharda ko‘pgina geografik kashfiyotlar qildilar, Yangi yerlar topuvchi rus sayyohlar va dengizchilari ega Shimoliy Muz okeanini tadqiq qilish ishini boshlab berdi va Osiyoni Amerikadan ajratib turuvchi bo‘g‘ozni kashf etdi. Poroxning kashf etilishi o‘q otadigan qurolning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Arxitektura sohasida bir qancha yutuqlar qo‘lga kiritildi. Odamning o‘rganishiga taalluqli bo‘lgan tabiatshunoslik sohasida katta kashfiyotlar qilindi. Leonardo da Vinchi odam gavdasining mutanosibligi va uning harakati mexanikasini o‘rgandi. Meditsina ham jadal suratlar bilan taraqqiy etib bordi. Shveysariyada tug‘ilgan Parsels (1493-1541-yillar) o‘z shogirdlarini birinchi marta bemor yotgan joyda o‘qitdi va xirurgiya bilan terapiyaning chambarchas bog‘liqligini ta’kidladi. Ispan doktori qon almashishi haqida ba’zi bir mulohazalarini bayon etdi, ingliz Garvey (1578-1657-yillar) “Yurak va qon harakati” haqida kitobni yozdi. Tabiatshunoslikning taraqqiy etishi Yangi falsafaning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi; bu falsafa diniy qoidalarni rad etdi va tajribani haqiqatning yagona mezoni deb elon qildi. Ingliz F. Bekon (1561-1626-yillar), faqat tuzatish va tajriba (induksiya, analiz taqqoslash, tajriba) chinakam ilmiy metod hisoblanadi, deb isbotladi. Dekart deduksiyaning muhimligini isbotladi, Gassenadi esa molekulalar nazariyasiga asos soladi.
Jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlarning dunyoga kelishi. Mashhur qadimiy yunon va qadimgi rim filosoflari va tibbiyot xodimlari o‘zlarining asrlarida, yoshlarni tarbiyalashda va sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun jismoniy tarbiyadan foydalanishni ko‘rsatib o‘tganlar. Quldorlik davlatlarida jismoniy tarbiya xalq ommasini ezish uchun harbiy quvvatni tashkil etishda ekspluatatorlarni tayyorlashda birdan bir asosiy vosita bo‘lgan.
Mehnatga bo‘lgan ehtiyojning tug‘ilishi, jismoniy tarbiya vositasi esa badavlat quldorlarning o‘yin musobaqalari va feodallar turnirlarida mehnat bilan aloqasini yo‘qotadi. Shuning uchun quldor va feodal o‘zi uchun moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va mehnat qilish sharmandalik deb hisoblaydi.
Sokrat (eramizdan avvalgi 469-399-yil) o‘zining o‘quvchilari bilan suhbatda raqsga tushuvchilarni nayrangbozligini va hiyla-nayrangini qoraladi va gimnaziya hamda palestrlarda shug‘ullanuvchi, yoshlarni olqishladi.
PLATON (eramizdan avvalgi 427-347-yil). Kimda-kim o‘qish va yozishni yugurish va suzishni bilmasa, ularni cho‘loqlar deb atagan. Platon tomonidan taklif qilingan ta’lim va tarbiya asosida, ayniqsa davlat, gimnastika va musiqa san’at “qorovullar” ga xosdir; musiqa manaviyatni (ruhini) takomillashtirishi uchun, atletika-tana uchun kerak. Platon o‘qitish va tarbiyalashni uchta yosh davriga ajratadi: 7 yoshgacha, qachonki bola uyda bo‘lgan holda, o‘yinlarda qatnashadi.7-10 yoshda esa yana gimnastika bilan shug‘ullanishi zarur; 10 yoshdan-20 yoshgacha, albatta, shaxsiy va davlat maktablariga borishlari majburiydir, buning eng asosiy maqsad yoshlarning fikri, maktabda bolalarni zo‘rlab o‘qitish emas, balki kattalarni shug‘ullanuvchilarni qiziqishi va yutuqlariga qarab, ayniqsa, eng kuchli va qobiliyatlilarini tanlab olishga imkon beradi.
GIPPOKRATNI (eramizdan avvalgi 460-356) tibbiyotni otasi deb atashgan. U tibbiy xodimlarni kasallarni davolashga o‘rgatdi. Gippokrat kasalni jismoniy tarbiya vositalari bilan davolash prinsiplarni asoslab berdi va kun tartib, ovqatlanish tartibi yoki parhezni, shuningdek gimnastika agonistik bilan shug‘ullanuvchilar uchun gigienik talablarni taklif qildi. Sog‘lom kuchli jasur kishi, chekka yerda g‘alabalarga erishishida ilhom baxsh etishi Gippokratning diqqatini jalb qilgan. Birinchi bo‘lib, filosofiyani tibbiyot bilan, tibbiyotni filosofiya bilan birga qo‘shib olib borishni taklif qilgan.
Gippokrat ko‘p sayohatda va sayrda bo‘lib, yunonlarga boshqa xalqlarning urf-odatlarini o‘rganishni taklif qiladi. O‘zbekiston hududida yashovchi xalqlarning qo‘rqmasligi va intizomli-tartibligini hisobga olib, ularning otda yurishini, kamonda otishni va shikastlanishning oldini olish usullaridan foydalanishni tavsiya qilgan.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish