Jizzax davlat pedagogioka institut


Feodallar harbiy – jismoniy tarbiyasi



Download 5,81 Mb.
bet34/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

3. Feodallar harbiy – jismoniy tarbiyasi.
Feodal qo‘shini hujum va mudofa qilish uchun mo‘ljallangan og‘ir qurollar, shuningdek maxsus muhofaza aslahalari bilan qurollangan edi. To o‘q otadigan qurol kashf etilgunga qadar feodal-ritsarlar jangda zarba emaydigan darajada edilar. Chunochi 1119-yili Bryumelda bo‘lgan jangda qatnashgan 900 ritsardan, 3 kishi halok bo‘lgan, 140 kishi esa otlardan yiqitilib, asirlikka olingan edi.
Og‘ir qurollardan foydalanish (yarog‘-aslahalarni ishlatish) feodaldan katta jismoniy kuchni, epchillik va chidamlikni talab qilar edi. Sovutga o‘ralib olgan feodal otda mohirlik bilan yurar, og‘ir qilich, uzun nayza, to‘qmoq va boshqa qurollarni yaxshi ishlatar edi. Harbiy harakatlarga o‘rgatish feodallarni harbiy-jismoniy tarbiyalashgan tizimining asos qilib olingan edi. Bu tizim G‘arbiy Yevropada salb yurishlari davrida topgan edi.
Feodallarning tarbiyalashishi “yetti xil ritsarlik fazilatlarini” otda yurish, qilichbozlik, kamalak otish, suzish, ov qilish, shaxmat o‘ynash va sher to‘qishni bilib olishdan iborat edi. Feodallar o‘zlariga faqat harbiy ishchini munosib ko‘rib, jismoniy mehnatni pisand qilmas edilar, ular qo‘pol va johil edilar.
Feodallarning harbiy-jismoniy tarbiyalashishi faqat manfaatparastlik maqsadi ham tashqi bosqinchlik urushlari uchun, ham mamlakat ichidagi krepostnoy dehqonlar va hunarmandlarining ozodlik harakatlarini bostirish uchun bir xilda qodir bo‘lgan jismoniy jihatidan kuchli harbiy ritsarlarni tayyorlash maqsadini ko‘zlar edi.
Bo‘lajak ritsarlarning harbiy-jismoniy tarbiyalashishi ularning juda yoshlik chog‘laridanoq, odatda, yirik feodallarning saroylarida boshlanar edi. Syuzerenlar qal’alari yosh ritsarlarning maktablari edi, desak bo‘ladi. Bu “maktab” tarbiya garchi ma’lum darajada tartib va qoidalarga solingan bo‘lsa-da, xususiy oilaviy xaraktyerda edi.
Erkak feodallar ritsarlikka bag‘ishlangan tarbiyaning ikki majburiy bosqichini va bir ixtiyoriy bosqichni oliy bosqichni o‘tar edilar.
Oddiy feodallar o‘zlarining 7 yoshlik o‘g‘illarini senor (ancha boy feodal) qal’asiga yuborar edilar; qal’ada bu bolalarga paj (maxram) unvoni berar edi. Pajlar ritsarlar tayyorlash va xizmat o‘tashining dastlabki (qo‘yi) bosqichini o‘tar edilar. Ular kuchli va epchil bo‘lishi uchun kamondan otish, tosh va nayza uloqtirish, sakrash, yugurish, kurashish, suzish va otda yurish bilan shug‘ullanar edilar. Ayni bir vaqtda ularga ov qilish, harbiy-jismoniy mashqlarni bajarish va ritsarlik odob-qoidalari o‘rgatilar edi.
Pajlik yoshida hosil qilingan malaka va kunikmalar navbatdagi bosqichda, 14 yoshga etgan pajlar, qurolbardorlikka o‘tkazilib, ular qilich va shpor taqish huquqiga ega bo‘lganlaridan keyin, takomillashtirilar edi. Qurolbardorlar maxsus o‘qituvchilar rahbarligida asov otlarni minib o‘rgatar, og‘ir temir qalqonlar kiygan holda va ularsiz uzoq masofalarga chopishar, xandaqlardan va devorlardan sakrab o‘tishlari kerak edi. Qal’a devorlariga narvon bilan narvonsiz chiqishar edi. Qurol bilan va qurolsiz suvda suzishar, ov qilishar, itlarni o‘rgatishar, shaxmat o‘ynashar edilar. Qurolbardorlikning oxirgi-yillarida bu yoshlar qilichbozlik, nayza uloqtirish hamda to‘la asbob-aslahalari bilan otda yurishni mashq qilar edilar. Qurolbardorlikning umumiy jismoniy va harbiy tayyorgarligi ana shunday amalga oshirilar edi. 21 yoshga kirganlarida ular ritsarlik unvonini berilar edi. Ana shu davrdan boshlab ularning ko‘pchiligi uchun jismoniy mashq mashg‘ulotlari ko‘ngil ochish vositasiga (otda yurish, ov qilish) aylanar yoki turnirlarda ishtirok etish vositasi sifatida xizmat qilar edi.
Ritsarlik tayyorgarligi – jismoniy kamolotining uchinchi bosqichi-faqat yirik senorlar uchun mo‘ljallangan edi. Bu tarbiya bosqichi shaxsiy mayllar muvofiq keladigan jismoniy mashqlar (masalan kurash, qilichbozlik va boshqalar) turlarigina o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda guruhlar ta’limi emas, balki individual ta’lim ustida turar edi.
Qal’alarga professional o‘qituvchilar, qilichbozlik ustalari, eng mashhur kurashchilar va boshqa mutaxassislar taklif etilar edi.
Bunday tarbiya tizimi natijasida ritsarlar, odatda jismoniy jihatdan kuchli, epchil va matonatli kishilar bo‘lib, ular harbiy harakatlarning asosiy usullaridan xabardor bo‘lar edilar. Dag‘al jismoniy kuch ularning iftixori edi. Ular o‘zlarining doirasida ritsarlik adab-qoidalari degan axloqqa amal qilar edilar. Lekin ular dehqonlarga va shaharliklarga nisbatan har qanday qo‘pollik va zo‘rlikni ishlatar edilar.
Ritsarlarning turnirlari ritsarlar harbiy sport musobaqalarining o‘ziga xos shaklidan iborat edi. Ularda go‘yo feodal aslzodalarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga va ritsar otryadlarining harbiy harakatlari tayyorgarligiga yakun yasar edi. Turnirlar ilk o‘rta asr davrida vujudga kelgan. Ular Fransiya, Germaniya, Angliya, Chexiya va Ispaniyada salb yurishlari davrida, ayniqsa, ravnaq topgan. Turnirlar o‘z taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o‘tgan, birinchi bosqich-realistik harbiy o‘yinlar bo‘lib, bunda turnirlar namunali kurashdan iborat edi, ikkinchi bosqich sport yakka kurashi bo‘lib u fransuzlarda “jut”, nemislardan “tost” deb atalgan.
Ommaviy realistik kurashlar (“bug‘urtlar”) keng katta maydonlarda o‘tkazilgan va biror harbiy harakat manzarasini eslatgan. Vaqtlar o‘tishi bilan bu kurashlar cheklangan maydonda, ma’lum vaqt qoida va tartibga asoslanib o‘tkazila boshlangan.
Keyinchalik ommaviy turnirlar jut va tost turnirlari shaklini olgan. Tost turnirlari XI asrda yakkama-yakka olishuvning ancha aniq shakli sifatida paydo bo‘ldi. XIII asrda ular turnir dasturining asosiy qismiga kiritila boshlandi va ritsarlar doiarsida juda keng tarqaldi. Poyga va nayza bilan harakat qilish jut yoki tostda-og‘ir aslaha bilan qurollangan ritsarlarning yakkama-yakka olishuvida asosiy mashqlardan edi. Belgilangan qoidaga muvofiq, chopib kelayotgan otning ustida turib, nayza zarbi bilan raqibini egar ustidan uchirib yuborishi lozim edi.
Turnir maxsus maydonlarda-poyga va boshqa musobaqalar o‘tkaziladigan maydonlarda o‘tkazilar edi. Dastlab turnirlar vaqtida qal’a va shaharlar yaqinidagi atrofi o‘ralmagan joylar ana shunday maydonlar vazifasini o‘tar edi. XI asrdan boshlab maxsus maydonlarning xajmi ma’lum bir tartibga solina boshladi, lekin bu hamma joyda ham bir xil emas edi. XIV asrda turnir ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida maydonlar to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yiladigan bo‘ldi; raqiblar shu to‘siqlar bo‘ylab, bir-birlariga qarshi harakat qilar edilar. Asta-sekin ana shunday yakkama-yakka olishuvlardagi jang san’ati uchun tumtoq nayzalar bilan kuchli va aniq zarba berishdan iborat bo‘lib qoldi.
Qurollangan ikki otryadning olishuvidan iborat bo‘lgan ommaviy turnirlar ancha jiddiy xarakterga ega edi. Otryadlar maydon chekkasidagi arqon bilan to‘sib qo‘yilgan joyda saf tortib tizilishar edi. Signalchiga muvofiq, arqon uzib tashlanar va otryadlar bir-biriga qarshi hujumga o‘tar edilar. O‘z shlyomishi yo‘qotgan va otdan urib tushirilgan ritsarlar safdan chiqar edilar. eng kam zarar ko‘rgan otryad turnirda g‘olib chiqqan hisoblanar edi. Turnirda alohida ajralgan ishtirokchilar xonimlar qo‘lidan qimmatbaxo mukofot yoki yodgorlik sovg‘asi olar edilar.
O‘q otadigan qurol nayza bo‘lishi bilan XIV asrdan boshlab otliq ritsarlar va ritsarlik turnirlari tushkunlikka yuz tuta boshladi. Turnir feodal zodogonlari uchun tomoshalarga aylanib qoldi, kambag‘allashgan kichik ritsarlar esa turnirlardan boyish va talash manbai sifatida foydalanar edilar.
O‘yin va tomoshalarning feodallarning, ayniqsa ularning bolalarining harbiy-jismoniy tarbiyasida katta o‘rin tutar edi. O‘g‘il bolalar va yigit ixtiyorida yog‘och oyoqlar, arg‘imchoqlar, shag‘am toshlar, pildiroqlar bo‘lar edi. Bolalar har jihatdan ko‘ngil ochishar, parklarda, o‘rmonlarda, dalalarda erkin yugurishar, daryoda cho‘milishar edi. Yigitlar o‘yinchoq qal’alar kurashishar va ularga hujum qilib, “bosib” olishar edi.
Musobaqa o‘yinlari feodallar tarbiyasida katta ahamiyatga ega edi. Musobaqa o‘yinlarini ikki guruhga harbiy va sport guruhlariga ajratish mumkin.
Harbiy o‘yinlarda harbiy operatsiyalardan, asosan salb yurishlaridan, shuningdek qahramonlik romanlaridan turli harbiy epizodlar (qal’ani qamal qilish, shahar qal’asiga hujum qilish va h.k.) qaytarilar edi. O‘rta asrlarda bunday harbiy o‘yinlar soni g‘oyat ko‘p edi. “Salidin darasi” nomi bilan ataladigan o‘yin ayniqsa ommalashib ketgan edi.
Feodallarning eng sevimli sport o‘yini kichik koptok-hozirgi tennis koptogiga o‘xshash koptok o‘yini edi. Fransiyada bu o‘yin “jedekam” (olma o‘yini) deb atalar edi. Bu o‘yin uchun maxsus koptoklar, raketkalar tayyorlanib, maxsus bino-“o‘yin uyi” qurilar edi. Katta to‘p bilan “sul” o‘yini-futbol o‘yinini eslatuvchi o‘yin o‘yinlar edi. Bu o‘yinlar asosiy xalq o‘yini edi. Lekin qirol va uning atrofidagi aslzodalar, ayniqsa qishloq dvoryanlari undan hazar qilmas edi.
Feodallarning ko‘ngil ochish o‘yinlaridan akrobatika mashqlari, masalan, tikka ko‘tarilgan devorga qo‘shimcha taxta bilan yugurib chiqish, qiyin to‘siqlardan sakrab o‘tish, yog‘och otda o‘ynash mashqlari ma’lumdir. Ba’zi bir qirollar va boshqa feodallarning saroylarida maxsus akrobatika o‘qituvchilari ham bo‘lgan.
Yovvoyi hayvonlarni ov qilish ancha ommalashgan ko‘ngil ochish vositasi bo‘lgan. Ovda ritsarlar, xonimlar, qurolbardorlar, pajlar va ko‘p sonli mulozimlar qatnashgan. Maxsus kishilar hayvonlarning uyasidan haydab yoki quvib, ovchilar kelayotgan tomonga yoki tarafga chiqarganlar, ovchilar esa hayvonlarni otganlar yoki o‘qsiz qurol bilan yaralanganlar. Odatda ot ustida turib ov qilingan. Quturgan hayvonlar bazan ovchilarga hujum qilgan, shuning uchun ovchilarga jasurlik, epchillik bilan chaqqon harakatlar qilishga to‘g‘ri kelgan. Bu esa omadli ovchilar dong‘ini chiqargan.
O‘yin va tomoshalar oq suyak va feodallarning hech qanday qonun bilan belgilanmagan, tartibga solinmagan harbiy-jismoniy tizimi ana shunday edi. Bu tarbiyaning oqibat maqsadi feodallarning tuzumini mustahkamlash hamda dehqon va hunarmandlani itoatgo‘ylikka saqlash uchun kurashga tayyorlashdan iborat edi. Taraqqiy etgan feodalizm davrida Vizantiyada va Rus feodal knyazliklarida jismoniy tarbiya bir muncha boshqacharoq ravnaq topdi. Vizantiya turklar tomonidan bosib olishiga qadar (1453-yil) u yerda sirk tomoshalari o‘yinlari va ko‘ngil ochish vositalari sifatida antik jismoniy tarbiya izlari saqlanib qoldi.
Rus feodal knyazliklarida knyazlarning harbiy-jismoniy tarbiya tizimi, G‘arbdagi singari, xalqdan keskin farq qilmas edi. Rus knyazlari Rus yerining ko‘p sonli dushmanlariga-cho‘l ko‘chmanchilari va G‘arbiy Yevropa ritsarlariga qarshi kurashda xalq lashkarlariga tayanishiga majbur edi. Shuning uchun xalq ommasi bu yerda harbiy ishdan chetlashtirilmagan edi. Knyazlar va ularning drujinalarining harbiy-jismoniy tarbiyasida jismoniy mashq va o‘yinlarning xalq turlari ko‘p ishlatilganki, bu hol ham ehtimol, shu bilan izohlansa kerak.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish