Jizzax davlat pedagogioka institut


Ilk feodalizm davrida jismoniy tarbiya



Download 5,81 Mb.
bet33/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

2.Ilk feodalizm davrida jismoniy tarbiya
Eramizning XI asrlari orasidagi davrda feodal ishlab chiqarish usulining qaror topishi va yirik er egalari tomonidan erkin-jamoat dehqonlarning asta-sekin krepostnoylikka aylanishi davom etdi. Bu davrda sinfiy kurash dehqonlarning krepostnoylikka aylantirilishiga qarshi kurash sifatida rivojlanadi. Bu kurash jarayonida keng dehqonlar ommasini bostirish organlari sifatida feodal davlatlari qaror topa boshladi. Bu davrda (taxminan I asrda) G‘arbiy Yevropada davlatlar tarkib topib, ularda asta-sekin feodal munosabatlar o‘rnatila boshladi. Birmuncha keyinroq Markaziy va Sharqiy Yevropada slavyan davlatlari paydo bo‘ldi. Shimoliy Afrikaning katta territoriyasida arablar vujudga keldi.
Dastlabki vaqtlarda bu davlatlarda barcha mehnatkashlar harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan erkin er egalaridan iborat edi. Ular qurol yoki harbiy boshliq chaqirig‘i bilan qurollangan holda etib kelishlari va harbiy yurishlarda qatnashish uchun tayyor bo‘lishlari kerak edi. Lekin harbiy ta’lim yaxshi tashkil etilmagan edi. Aholini harbiy va jismoniy jihatdan tayyorlashning o‘ziga xos xalqon shakllarining jadal suratda rivojlanishiga sabab ham ehtimol, uyushgan, harbiy ta’limining yo‘qligi bo‘lsa kerak. Dehqonlar uchun harbiy va jismoniy tarbiya faqat jangovar faoliyat uchungina emas, balki mehnat faoliyati uchun ham zarur edi.
Bu davrda jismoniy tarbiyaning sinfiy xarakteri birinchi navbatda jismoniy mashqlardan foydalanish maqsadlarida namoyon bo‘ldi. Dehqonlar jismoniy tarbiyadan mehnat va jangovor faoliyatga tayyorlash va yuqori martabaga erishgan feodal aslzodalar esa o‘z qudratini mustahkamlash vositasi sifatida foydalandilar. Feodal aslzodalari faqat o‘z mavqeyi, hokimligi bilangina emas, balki jismoniy kuch bilan ham xalqdan ajarlib turishga harakat qilar edi. Buning uchun aslzodalarda xalqqa nisbatan beqiyos darajada katta imkoniyatlar bor edi. Feodal aslzodalar o‘zlarining harbiy jismoniy tarbiya tizimlarini yaratishda xalqning jismoniy mashqlar va o‘yinlar sohasidagi ijodidan keng foydalandilar.
O‘sha davrdagi G‘arbiy Yevropa davlatlarning eng yirigi Franklar davlati edi. Franklar qo‘shni davlatlar bilan olib borgan juda ko‘p urushlarda juda kuchli qo‘shin vujudga keltirgan edilar. Bu qo‘shin drujiniklar va dehqonlar lashkaridan iborat edi. Dehqon lashkarida barcha dehqonlar qatnashar edi, shuning uchun franklar xalqni harbiy jihatdan tayyorlashga katta e’tibor berdilar. Har-yili harbiy ko‘riklar tashkil etilib, ularda harbiy manervlar o‘tkazilar edi. Franklar og‘ir qurollar – qilichlar, nayzalar, katta yoylar, palaxmonlar va oyboltalar bilan qurollanar edilar. Bu qurollarni ishlatish juda katta jismoniy kuch, chidamlikni va epchillikni talab qilar edi. Urug‘chilik tuzumining yyemirilishi davridan boshlab xalq hayotida saqlanib kelayotgan jismoniy mashq va o‘yinlar bu fazilatlarning takomillashuviga yordam berar edi.
Asta-sekin feodal munosabatlarining taraqqiy etib borishi bilan feodallar xalqni harbiy ishdan chetlashtirib bordi. Otliq ritsarlar asosiy harbiy kuch bo‘lib qoldi. IX asrda franklarda otliq ritsarlar qo‘shinning asosiy negiziga aylangan edi. Yirik yer egalari qirol chaqirig‘iga muvofiq, yaxshi qurollari va aslahalarini olib, otliqlar guruhi hamkorligida yurishga otga minib chiqishi lozim edi. Qirollar ritsarlarning jangovor tayyorgarligini tekshirish uchun maxsus ko‘riklar tashkil etar edi. Dastlabki vaqtda bu ko‘riklar harbiy namoyish xarakterida edi. Keyinroq ular turnirlar nomini olib yakkama-yakka olishuvlarga aylandi; bu ko‘rik qatnashchilari to‘mtoq nayzalar, gurzilar va qilichlar bilan harakat qilishar edi.
VII-IX asrlarda vujudga kelgan Markaziy va Sharqiy Yevropaning qadimgi slavyanlari ham mehnat va jangovar faoliyati bilan bog‘langan juda ko‘p jismoniy mashqlarni tadbiq etganlar. Qadimgi slavyanlar jangovar, kuchli va jasur xalq bo‘lgan. Slavyanlar Boltiq dengizining sharqiy qirg‘oqlarida turib yengil kemalarda hozirgi Domiya va hatto Buyuk Britaniya qirg‘oqlariga harbiy yurishlar uyushtirganlar. Ular Kiyev Rusidan xuddi shunday kemalarda Dnepr bo‘ylab quyi oqimga tushib kelganlar va Vizantiyaga hujum qilib, Qora dengizga ko‘chib o‘tganlar. Ular qurollarni yaxshi ishlata olishlari natijasida qo‘l jangida alohida mahoratga ega bo‘lganlar. Slavyanlarda yugurish, to‘siqlardan sakrash, mushtlashish, kurash, og‘irlik ko‘tarishiga doir mashqlar va ovchilik juda ommalashgan edi. Slavyanlarning azaliy mashqlari jismoniy kuchga, chaqqonlikka, jasurlikka va harbiy mahoratga doir musobaqalardan iborat bo‘lar edi.
Chexlar juda uzoq muddat davomida o‘z mustaqilligi uchun nemis ritsarlarining tajovuziga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘ldilar. Bu kurash davomida chexlarda jang qilish shakl va metodlari tarkib topdi. Bu kurashda chexlar qurollarning har xil turlarigina emas, balki mehnat qurollarini ham (chalg‘ilarni, g‘alla yanchish zanjirlarini va hakozolarni) ishlatdilar. Chex dehqonlarining erksevarligi, yuksak axloqiy va jismoniy tayyorgarligi yuz-yillar davomida nemis ritsarlari otryadlariga qarshilik ko‘rsatishga imkoniyat berdi.
VII asrda arablar davlati tarkib topdi. Arab aslzodalari yoshlarning harbiy –jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor berdilar. Shuning natijasida yengil qurollangan arab otliq askarlari jangda yaxshi manevr qila olar edilar. Ular tezlik bilan chopib ketayotgan otning ustidan yoydan mohirona otar, yengil nayzalarni uloqtirar, qilich va uzun nayzalarni mohirlik bilan ishlatar, epchillik bilan egardan sakrab tushar va unga sakrab chiqar edilar. Bundan tashqari, otliq askarlar turli qurollarda qilichbozlik qilishni va suzishni yaxshi bilar edilar.
Arablar Vizantiya va G‘arbiy Yevropa davlatlarining jismoniy tarbiyasiga bir muncha ta’sir ko‘rsatdilar. Otda yurish va yoydan o‘q otish usullarining ko‘plarini g‘arbiy Yevropaliklar arablardan o‘zlashtirgan edilar. O‘yinlar to‘g‘risida ham, masalan; ilgari G‘arbiy Yevropada ma’lum bo‘lmagan “chovgon” o‘yini haqida ham huddi shunday deyishi mumkin. XII-XIII asrlarda bu o‘yinlar Vizantiyadagi saroy aslzodalarning sevikli tomoshalaridan biriga aylandi. G‘arbiy Yevropada (Fransiyada) bu o‘yin “chikane” nomi bilan taraqqiy etdi va keyingi vaqtlarda ot ustidagi to‘p o‘yini sifatida tarkib topgan.
VII-XI asrlarda feodal ishlab chiqarish usuli taraqqiy etdi. Mehnatning ijtimoiy taqsimot va hunarmandchilikning qishloq ho‘jaligidan ajralishi, shaharlarning vujudga kelishi feodalizm taraqqiyot davrining xarakterli xususiyatlari edi.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish