3. Filantropinlardagi jismoniy tarbiya.
G.FIT (1763-1836-yillar) Nemis filantropinlari-Yangi yo‘lanishdagi maktablar-russiya podshosini maktabni ish reglamantini qat’iy belgilanishiga javobiga paydo bo‘ladi. Bular filantropinlar yoki inson sevar maktablar edi. Filantropinlarning o‘quvchilari akademistlar, pedagogistlar va fabulyantlarga bo‘linar edi. Akademistlar – aslzodaning bolalari, pedagogistlar-amaldorlarning bolalari va fabulyantlar mehnatkashlarning bolalari edi. O‘quvchilarning bunday tartibda bo‘linishi shuni ko‘rsatadiki, filantropinlar feodal tabaqachilik tartiblariga qarshi kurashmas, balki ularni qo‘llab- quvvatlar edi. G.Fitning tashabbusi bo‘yicha bu maktablarga majburiy fan sifatida jismoniy tarbiya kiritiladi. G.Fit “jismoniy tarbiya ensiklopediyasi” tajribalari nomli uch tomli kitob yaratdi. Bu kitoblarda Fit o‘sha vaqtlarda qadimgi dunyodan va to XIX asrgacha bo‘lgan jismoniy tarbiya tarixi ma’lum bo‘lgan faktlarni bayon etadi, jismoniy tarbiyaning muhim ekanligini nazariy jihatdan asoslab berishiga harakat qildi, jismoniy mashqlar texnikasini bayon etishi va ularni o‘qitish metodikasini bayon etishga harakat qildi.
G.Fitning jismoniy mashqlarni bioximik analiz qilishga uning asaridagi eng muhim masalalardandir. Bundan tashqari, uning har-yili ommaviy ( olimpiya o‘yinlariga o‘xshash) musobaqalar o‘tkazilib turilishi zarurligini asoslashga va bu musobaqalarni o‘tkazish tartibini tasvirlab berishga bo‘lgan urinishlarini ham ta’kidlab o‘tmoq kerak.
Fitning asarlari jismoniy tarbiya praktikasiga unchalik kuchli ta’sir ko‘rsatmadi. Uning nazariy fikrlariga o‘sha vaqtdagi german voqeligi sharoitlari katta ta’sir ko‘rsatdi.
Iogann Guts-Muts (1795-1839-yillar) gimnastika haqidagi tushunchaning birinchi bo‘lib tasnifini berdi. Uning qayd qilishiga ko‘ra, har qanday qo‘l mehnat tanani mashq qildiradi, biroq bunday gimnastika bo‘laolmaydi, chunki mehnatning maqsadi birorta joyni qurishdan iborat bo‘lib, u mashq qilishdan tashqarida bo‘ladi, gimnastikaning maqsadi esa-o‘z tanasini fazilatlarini oshirish, uni har tomonlama rivojlantirishidan iborat.
Guts-Muts “Yoshlar uchun gimnastika» kitobini yozdi (1713). Bu kitobdan Yevropa davlatlarida keng foydalandilar. Chunki muallif kitobida jismoniy tarbiyaning nazariy va amaliy jihatlari, ayniqsa, mashqlarning aniq tasviri va ularning qo‘llanish usullari bilan qo‘shib bergan edi. U tasvirlagan gimnastik mashqlar sirasiga kurash, yugurish, sakrash, uloqtirish, iig‘itish, suzish, arqon, shoti, langarcho‘p bilan sakrash va daraxtlarga osilib-tirmashib chiqishga doir mashqlar hamda qo‘l mehnati, o‘yinlar kiradi. Jismoniy tarbiyaning pedagogik nazariyasi bu davrlarda turli xilda mavjud bo‘lgan.
Guts-Muts “Yoshlar uchun gimnastika”, “O‘spirin va erkaklar uchun texnik mashqlar” kitobi german davlatlarida va Yevropaning boshqa mamlakatlarida bir necha bor nashr etiladi. Bu kitobning ommalashib ketishiga sabab shuki, mualif unda nazariy fikrlarini jismoniy mashqlarning jonli tasviri va ularning qo‘llanishi metodikasi bilan birga qo‘shib bera olgan. Masalan, u mehnat harakatlari bilan jismoniy mashqlar o‘rtasidagi farqi shundan iborat deb biladiki, mehnat harakatlarida odamning g‘ayri inson ixtiyoridan chetda bo‘lgan buyumlarni yaratishiga, jismoniy mashqlarda esa insonning o‘zidagi boyliklarni yaratishiga qaratilgan. Shuning uchun mehnat kishini charchatadi, deb yozgan edi u. Jismoniy mashqlar esa yaxshi kayfiyat va quvnoq kechinmalar hosil qiladi. Lekin yaxshi taqsimlangan qo‘l mehnati ma’lum darajada tanani takomillashtirish mumkinligini inkor qilmaslik kerak, ammo qo‘l mehnatining o‘zi shu maqsadga bo‘ysunganligi uchun uning o‘zi gimnastikaning bir qismi bo‘lib qoladi.
Guts-Mutsning fikricha, gimnastikaning muskullarni mustahkamlashi, qon almashinishini tezlashtirishi, badanni chiniqtirishi, tanadagi ayrim muskullar va a’zolarda epchil, tejamli va foydali harakatlar qilish malakasini o‘stirish va sezish organlarini takomillashtirishi lozim: Guts-Muts tasvirlagan gimnastika mashqlari orasida kurashish, yugurish, sakrash, uloqtirish suzish, arqonga, langar cho‘p va daraxtlarga tirmashib chiqishga doir mashqlar, shuningdek qo‘l mehnati va o‘yinlar ko‘zga ko‘rinarli o‘yinni egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |