Jizzax davlat pedagogioka institut


Aholining sog‘ligini nazorat va muhofaza qilish



Download 5,81 Mb.
bet219/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

Aholining sog‘ligini nazorat va muhofaza qilish
O‘tgan bo‘limda asosan, tibbiyot sohasidagi o‘quv yurtlari va davolash muassasalarining ba’zi bir faoliyatlari tilga olindi. Unda aholi istiqomat qiluvchi joylarda faoliyat ko‘rsatuvchi poliklinikalar, shaxsiy davolash muassasalari alohida o‘ringa egadir.
Aholi istiqomat joylarida ko‘pchilik kasalliklarning turlariga qarab davolash, nazorat qilish, tez yordam ko‘rsatish kabi bo‘limlar, laboratoriyalar, ilmiy-uslubiy markazlar tashkil qilingan. Ularning asosiy faoliyatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

    1. Bemorlarni poliklinikada yoki uylarida ko‘rish, davolash.

    2. Poliklinika tarkibidagi laboratoriyalar, davolash bo‘limlarida uqalash /massaj, trenajerlarda mashq bajarish va hokazolar/ sog‘lomlashtirish tadbirlari.

Shular asosida poliklinika shifokorlari bemorlarni maxsus hisobga olish (og‘ir bemorlar, nogironlar va h.k.) va davriy nazorat qilish guruhlariga ajratadi. Ular bilan ishlashda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi omillaridan foydalanish, tozalik va gigienik qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi. O‘z navbatida, bu faoliyatlarning bajarilishi, ular-ning samaralarini doimiy ravishda kuzatib, nazorat qilib boradi. Shu tariqa shifokorlar bemorlarning sog‘ligini qayta tiklaydilar va ularni muhofaza qiladilar.
Ma’lumki, aholining o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari qonun asosida tashkil etilgan. Bunda mahalla oqsoqollari kengashi faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Bularning ish faoliyatida poliklinika shifokorlari ham bevosita ishtrok etib, aholining salomatligi, yoshlar-ning oila qurishi kabi masalalarda suhbatlar va ma’ruzalar olib boradi. Bu faoliyatlar ham aholining, ayniq-sa yosh bolalar, onalarning salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yosh ota-onalarning salomatligini ta’minlashdagi nazariy bilimlari hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishda shifokorlarning xissalari g‘oyat kattadir.
«Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zining «O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risi»dagi farmonida risolasida (1992 y.) «Yashash muhiti, tabiat va ma’naviyat ekologiyasi bir-biridan ajralmasdir. Bizning ota-bobolarimiz ki-shilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda, avvalo, chin yurakdan mustahkam salomatlik tilashgan. Sihat-salomat bo‘lishning an’anaviy qadrini qayta tiklash va oila qad-ri bilan sharafli bir o‘ringa qo‘yish kerak» (69-bet), -degan.
O‘zbekiston Prezidenti va xukumati tomonidan «Oila yili» (1998 y), «Ayollar yili» (1999 y.) «Sog‘lom avlod yili» (2000 y.) «Ona va bola yili» (2001 y.) e’lon qilindi. Bu borada amaliy ishlar sifatida juda ko‘p madaniyat, sport tadbirlari hamda «Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash» mavzusida o‘tkazib borilayotgan vatanparvarlik, san’at-sport festivallarini misol qilib keltirish mumkin.
«Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish Sog‘liqni saqlash vazirligi, turli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan. Shu sababdan davolash muassasalari onalik va bolalik nufuzlariga katta urg‘u bermoqda. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini o‘stirish, aholining salomatligini yaxshilash borasida mutasaddi vazirliklar, «Sog‘lom avlod uchun», «Mahalla», «Navro‘z», «Ekosan» kabi xayriya jamg‘armalari zimmasiga ham katta vazifalar yuklatilgan.
Sog‘lom avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari, ommaviy-sog‘lomyaashtiruvchi jismo-niy tarbiya, sayohat va Xalq milliy o‘yinlaridan foydalanishni yaxshi yo‘lga qo‘yishda xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi faol ishtirok etmoqda. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari, o‘tkazilayotgan spartakiadalar, universiadalar va turli sport, san’at festivallari kabi muhim tadbirlar omil bo‘lib hisoblanmoqsa.


Ichki ishlar, Mudofaa, Qishloq va suv xo‘jaliga, Madaniyat va boshqa vazirliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari. Ichki ishlar vazirligi tiznmida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish
O‘zbekistonning mustaqilligi sharoitida davlat va aholining osoyishtaligini ta’minlash, uni astoydil himoya qilishga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Bunda Ichki ishlar vazirligi xodimlari eng muhim faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Bu sohada kadrlarni tayyorlash, ularning nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalarini oshirishda jismoniy tarbiya va sport muhim rol o‘ynaydi.
Ichki ishlar vazirligi xodimlarini tayyorlovchi o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va Akademiyasi mavjud bo‘lib, o‘quv rejalarida jismoniy tayyorgarlik va sport mahoratlarini oshirish maqsadida maxsus darslar tashkil etiladi. Shu bilan birgalikda, sport turlari bo‘yicha jamoalar tuziladi va sport musobaqalari tashkil etiladi.
Sport tayyorgarligi va ommaviy sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan barcha tadbirlar «Dinamo» sport jamiyati tomonidan olib boriladi. Viloyatlar va yirik shaharlarda «Dinamo» sport-klublari faoliyat ko‘rsatib, ularga ichki ishlar xodimlari va iqtidorli sportchilar jalb etiladi.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish