-Mudofaa vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sport ishlari
Mudofaa vazirligi tizimida zobitlar (ofitserlar) va shaxsiy tarkibdagi harbiylarni jismoniy, harbiy-jismoniy hamda texnik jihatdan chiniqtirish, tarbiyalash asosiy faoliyatlar tarkibiga kiradi. Shu jihatdan harbiy Akademiya, havo, tank, avtomobil va boshqa sohalar-dagi Oliy hamda o‘rta bilim yurtlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilib, sport mashg‘ulotlari va musobaqalar tashkil etiladi. Harbiy qismlardagi sport tadbirlari, harbiylarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari maxsus yo‘riqnomalar (instruksiyalar) asosida olib boriladi.
Mudofaa vazirligi tarkibida mavjud bo‘lgan Markaziy harbiy sport klubi (MHSK) zobitlarning harbiy jismoniy tayyorgarligini oshirish va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun xizmat qiladi. Klub terma jamoalar tuzib, harbiy tashkilotlar respublika va boshqa sport musobaqalarida ularning qatnashishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |