«Navro‘z», «Mustaqillik kuni* bayramlari va boshha milliy an’analarda xalh milliy o‘yinlarini tashkil qilish
«Navro‘z» bayrami, xosil bayrami, to‘ylar milliy an’analardan xisoblanadi. Ularning safiga milliy bayram sifatida «Mustaqillik kuni» bayrami ham qo‘shildi. Bu an’anaviy bayramlar, xalq sayillari va to‘ylarda kurash, ko‘pkari /uloq/, poyga, otdan ag‘darish, «qiz quvmoq», dorbozlik tosh ko‘tarish, bilak kuchini sinash va boshqa o‘nlab o‘yinlar doimiy ravishda qo‘llanib kelingan. Ular haqda «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Qirq-qiz», «Tumaris» afsonasi, «Shoxnoma», «Manas» kabi juda ko‘p dostonlar guvoxlik beradi.
O‘zbekiston istiqlol sari dadil borar ekan, Xalq milliy o‘yinlari milliy qadriyatlar sifatida yanada e’zozlanmoqa. Ular «Navro‘z», «Mustaqllik kuni», «Xosil bayrami», kasb-xunar bayramlari, to‘ylar va ulug‘ sanalarni nishonlash jarayonlarida yangi shakl va mazmunda keng qo‘llanilmokda.
O‘zbek kurashi halqaro sport maydoniga chiqdi. Sportning bu turi bo‘yicha jaxon chempionatlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Shu tufayli kurash shaxar va qishloq yoshlarining sevimli sporti sifatida ommalashmokda.
Qishloqardagi katta to‘ylar kurashsiz va ko‘pkarisiz o‘tkazilmaydi. Otlarning zotini ko‘paytirish, chavandozlar sonini oshirish borasida qishloq, qo‘rg‘on faollari jiddiy ish yuritmokda. Barcha milliy bayramlarimizda faqat chavandoz polvonlargina emas, xatto yoshlar xam poyga, ko‘pkari va boshqa xalq miliy o‘yinlarida faol qatnashmokdalar.
1991 yil apreldan buyon respublika mikyosida halq milliy o‘yinlari, musobaqalari, «Alpomish» o‘yinlari festivallari o‘tkazilayotgani hakida yuqorida bayon etilgan edi. Ayollar yiliga bag‘ishlab o‘tkazilgan halq milliy o‘yinlari «To‘maris» festivali halq milliy o‘yinlarining mazmun va shakl jixatdan boyligi, ularning ijtimoiy pedagogik moxiyatlari qanchalik ustun ekanligini namoyish qildi.
Ta’kidlash lozimki, markaziy shaxarlar miqyosida va ba’zi qo‘rg‘on, qishloq xamda maxallalarda o‘tkazilayotgan Navro‘z, Mustaqillik kuni, Xosil bayramlari xamda to‘ylarda halq milliy o‘yinlari namoyish shaklidagina olib borilmoqda. Bu esa yoshlarning o‘zaro bellashuvi va o‘yinlarning ommalashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatmokda.
Maxallalar va qishloqdarda o‘tkazilayotgan an’anaviy bayramlarda halq milliy o‘yinlarini tashkil qilishda maxalla oqsoqollari kengashi faollari, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari yaqindan turib o‘zaro xamkorlik qilishlari zarur. Shunga asosan ko‘pchilik ishtirok etadigan halq milliy o‘yinlarini mazmun va qoidalarini ixchamlashtirgan xolda tashkil qilish lozim bo‘ladi.
Bunday tadbirlarda maxalliy xotin-qizlarining ishtirokini ta’minlash halq milliy o‘yinlarining turlaridan keng foydalanishga olib keladi.
Halq milliy o‘yinlari shug‘ullanuvchilarning insoniy fazilatlari va jismoniy sifatlarini maqsad yo‘lida tarbiyalashda milliy qadriyatlarga tayanadi va ma’naviy-jismoniy kamolotni ustirishga xizmat qiladi. Ana shu jixatlar e’tiborga olinsa, maxalla oqsoqollari kengashi faoliyatini kuchaytirish va halq milliy o‘yinlaridan foydalanishni ta’minlaщda ijobiy tomonlarga siljish bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |