-Aholining jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish
Buyuk kelajak avlodlarini aqlan yetuq jismonan barkamol qilib tarbiyalash muammolari barcha davlat va jamoat idoralari zimmasiga yuklatilgan. Bunday keng qamrovli va mas’uliyatli tarbiyaviy jarayonlarni amalga oshirishda mahalla oqsoqollari kengashlari, ularning tarkibidagi turli komissiyalar, shuningdek jismoniy tarbiya va sport faollarining uyushmalari /jamoalari/ ham katta rol uynaydi. Bularning zamirida «Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturi mazmuni muhim ahamiyatga egadir.
Aholining jismoniy baquvvat bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishi sog‘lom turmush madaniyati bilan belgilanadi. Bu borada O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekistonning chinakam Mustaqillikka erishishidan iborat o‘z yo‘li respublikani rivojlantirishning quyidagi asosiy o‘ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Avvalo, u aholining milliy tarixiy turmushi va tafakkuri tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi» degan muloxazalari e’tiborga loyikdir.
Ayniqsa, «Sog‘lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi, «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonun, «Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining ishlab chiqilishi hamda ularning hayotga tatbiq qilinishi jismoniy tarbiya va sport xodimlari zimmasiga aholi o‘rtasida sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarini yanada rivojlantirish mas’uliyatlarini yuklaydi.
O‘zbekistonning Mustaqillikka erishishi sharofati tufayli mahallalar, dahalar, mavzelar, yirik qishloq-qo‘rg‘onlarida /posyolkalar/ aholini jismoniy tarbiya, sport, sayohat, xalq milliy o‘yinlari hamda ommaviy sog‘lomlashtirish ishlariga jalb qilish ancha rivojlandi.
Mamlakatda milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, uni yanada boyitishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning olib borilishi muhim ahamiyat kasb etmokda. Axolining ijtimoiy turmush darajasi tobora yaxshilanmokda. Bunda o‘tkazilayotgan turli sport musobaqalari, halq milliy o‘yinlari festivallari katta hissa qo‘shmokda. Bu aholining jismoniy tarbiya va sportga ehtiyoji oshayotganidan dalolatdir. Xar yilgi Mustaqillik kuni hamda «Navro‘z» bayramlaridagi ommaviy sayllar, sport musobaqalari buning isbotidir.
Respublika xukumatining qarorlari, turli ko‘rsatmalar asosida mahallalar va boshqa aholi istiqomat joylarida jismoniy tarbiya va sportni jonlantirish ishlarida mahalla kengashlari, sport tashkilotlari xodimlari, sport faollari bilan xamkorlikda ish tutmoqa.
Shaxharlar va qo‘rg‘onlarning aholisi o‘rtasida spartakiadalar, halq milliy o‘yinlari musobaqalarini o‘tkazish an’anaga aylanmokda. Bunda sportning futbol, kurash, arqon tortishish, tosh ko‘tarish, yengil atletika kabi turlari ommaviy tus oldi. Bu tadbirlarga jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim olayotgan talabalar jalb qilinib, tashkiliy ishlarda ular faollik ko‘rsatadilar.
E’tirof etish kerakki, bir kator mutaxassislar aholi turar joylarida sog‘lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilishning namunaviy dastur hamda ish rejalarini ishlab chiqqanlar. Toshkent shahri sharoitida bir kator usuliy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Buni quyidagicha isbotlash mumkin:
Mahalla oqsoqollari kengashlari qoshidagi jismoniy tarbiya jamoasi kengashi yoki sport klub majlislari rejasi /namuna sifatida/.
Yanvar 1. Jismoniy madaniyat jamoasi kengashining majlislar rejasini tasdiqash.
2. «Salomatlik» sport klubini tashkil etish.
3. 2021 yilgi sog‘lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasini tasdiqdash.
4. Pod’ezdlar, ko‘chalar va uylarning jismoniy tarbiya komandalarini tasdiqlash.
Fevral 1. Sport inshootlarini yozgi mavsumga tayyorlashning borishi to‘g‘risida.
2. Jamoatchi kadrlar tayyorlashning borishi, shu maqsadda seminarlar o‘tkazish xamda bunday kadrlardan amaliy foydalanish xususida.
3. Xar xil masalalar.
Mart 1. Sport turlari bo‘yicha to‘garaklar, jamoalar ishini tashkil etish hamda ularga jamoatchi faollarni biriktirib qo‘yish to‘g‘risida.
2. Xomiylikka olgan korxona jismoniy tarbiya jamoasining aholi turar-joylaridagi ishlarda ishtiroki va amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida.
3. Xar xil masalalar.
Aprel 1. Milliy o‘yinlar bo‘yicha musobaqa o‘tkazish to‘g‘risida.
2. «Charm to‘p» klubi sovrini uchun futbol musobaqalariga tayyorgarlik rejasi to‘g‘risida.
3. Xar xil masalalar.
May 1. Aholini jismoniy tarbiyalash, «Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturi hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida musobaqalar o‘tkazish tartib-qoidalarini tasdiklash.
2. Jismoniy tarbiya va sport ishlarini eng yalshi yo‘lga kuygan mavzelar, kucha va uylarning ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish Nizomini tasdiklash.
Iyun 1. Suzish va sog‘lomlashtirish gimnastikasi bo‘yicha pulli gurux, tashkil etish.
2. O‘quvchilar, o‘smir va yoshlar spartakiadalarini o‘tkazish.
3. Voleybol va tennis maydonchalari qurilishida aholi va mahalla faohtlarining qatnashuvini ta’minlash.
Iyul 1. Sog‘lomlashtirish markazlaridagi salomatlik guruhlariga aholini jalb etish.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport bayrami o‘tkazish.
3. Uy-joydan foydalanuvchi shirkatlar terma jamoalarining shahar /tuman/ birinchiligi musobaqalariga hamda mahallalar, dahalar bilan uchrashuvlariga tayyorgarlik.
4. Xar xil masalalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |