Jizzax davlat pedagogika instituti «tasdiqlayman»



Download 1,03 Mb.
bet50/107
Sana15.01.2022
Hajmi1,03 Mb.
#369756
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   107
Bog'liq
Холбоева Г. Фарсохонова. Тангиров. TАРБИЯВИЙ ИШЛАР МЕТОДИКАСИ 2 ВА 4 КУРС

Rag‘batlantirish –pedagogik ta’sir ko‘rsatish usulidir. O‘quvchilarning, bolalar jamoasining xatti-harakatlari va ishlarini ijobiy baholash uning asosini tashkil qiladi. Rag‘batlantirishning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, u o‘quvchilar xulq-atvorida ijobiy hislatlarni ko‘paytirib, mustahkamlashga yordam beradi. Unda rag‘batlantirilgan o‘quvchilargina emas, balki butun sinf zaruriy saboq oladi. Buning natijasida o‘quvchilar jamoasida ishni yanada yaxshi bajarishga, tartib-intizomli bo‘lishga, ishonchni oqlashga intilish yuzaga keladi.

Rag‘batlantirish maqtash va mukofotlash, ularni quvvatlovchi fikr-mulohazalar aytish, ba’zan bosh qimirlatib qo‘yish, boshbarmoqni ko‘rsatish, jilmayish, ishora qilish shakllarida o‘z ifodasini topadi. Rag‘batlantirish ijobiy his-tuyg‘ular uchun turtki bo‘ladi, boladagi o‘ziga, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni oshiradi, ijobiy jo‘shqin kayfiyat uyg‘otadi va pirovardida xulq-atvorning ijobiy axloqiy talqinlarini tarbiyalaydi, to‘g‘ri ishlar qilish va odobli bo‘lish maylini uyg‘otish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar sinf jamoasi rag‘batlantirilayotgan bo‘lsa, har bir o‘quvchi o‘z jamoasi uchun quvonch va iftixor hissini boshidan kechiradi, uning muvaffaqiyatlarini saqlash va rivojlantirishga harakat qiladi.

Ammo noto‘g‘ri rag‘batlantirishlar ayrim o‘quvchilarda va jamoalarda o‘z-o‘zidan mag‘rurlanish, o‘z-o‘ziga yuqori baho qo‘yish, o‘rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik kabi salbiy xislatlarni tarbiyalashi mumkin. Maqtov, tashakkur, mukofot jamoa a’zolarining fikr-mulohazalariga asoslangan bo‘lsagina ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishiladi.

O‘quvchilarning nojo‘ya xatti-harakatlariga salbiy baho berish jazolashda o‘z ifodasini. topadi. Jizolash o‘quvchilarning yomon xatti-harakatlariga qarshi kurashishga yordam beradi va ulardagi zararli odatlarni tag-tubi bilan yo‘qotishga imkon tug’diradi. Bundan tashqari, ranjish, uyalish, pushaymon bo‘lish, o‘z ishlarini qoralash kabi tuyg‘ular uyg’otib, xatti-harakatning axloqiy jihatlarini tarbiyalaydi ham.

Ko‘pgina pedagoglar jazolashni qo‘llamasdan turib, o‘z o‘quvchilari intizomli bo‘lishiga erishadilar. Ammo bolalar maktabda yoki oilada intizom va tartibni qattiq buzganlarida ularni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Sinf rahbarlari ogohlantirish yoki tanbeh berish, nomaqbul xatti-harakatlarni ko‘rsatish, bunday holatlarni qoralash, yanada qattiq jazolash berilishi haqida ogohlantirish, sinf oldida ogohlantirish va boshqa jazo choralarini qo‘llaydilar.

Hozirgi zamon maktabida rag’batlantirish va jazolashni qo’llash bolalar shaxsini hurmat qilishga asoslangan.

3-MAVZU: OTA-ONALAR SINF MAJLISINI TASHKIL QILISH METODIKASI


Har bir o’quv yilining boshida o’tkaziladigan ota-onalarning sinf

majlisini ilmiy, nazariy, ma’naviy va metodik jihatdan mazmunan

tashkil qila bilish ota-onaning bunday majlislarni orziqib kutib doimiy

qatnashuvchi bo’lishiga zamin hozirlaydi. Bundan majlis o’qituvchidan ko’p

bilim va mahorat talab etadi.

Dastlab undagi masalalar yuzasidan tayyorgarlikni bir oy oldin

boshlash kerak. Bular: har bir oila a’zosi va shart-sharoiti haqidagi

ma’lumotta ega bulish:

- oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitini soz yoki nosozligini

aniqlash;

- har bir o’quvchi shaxsi hahida to’liq ma’lumotga ega bulish;

- oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar.

Birinchi majlisni o’tkazishdan oldin o’qituvchining tayyorgarligi:

1. Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash.

2. Majlis o’tadigan joyni jihozlash.

3. Majlis o’tkazish metodini tanlash; suhbat, tushuntirish.

4. Maktab tarixi va kelajakdagi rejalari haqida qisqa ma’lumot

tayyorlash.

5. Ota-onalar jamoasi nizomini ko’rgazma tariqasida tayyorlash (maktab

rahbariyatining nizom haqidagi chiqishini hozirlash).

6. Sinf ota-onalar qo’mitasini saylash.

Birinchi ota-onalar majlisi samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining

shaxsiga bog’liqdir. Uning o’zini tutishi, muomalasi, ishbilarmonligi, har

bir o’quvchi va oilasi haqida ma’lumotga ega bo’lishi, ota-onalarga ijobiy

taassurot qoldiradi.

Kuzatishlarimiz shuni kursatadiki, maktabdagi ota-onalar majlisini

yuqori saviyada bo’lmasligi ota-onalarni maktabdan sovitadi.

Tayyorgarliksiz, bu sizni bolangiz yaxshi, sizniki yomon deyish yoki

tabellarni berib qo’l qo’ydirishdir.

Ayniqsa «yomon» o’qiydigan bolalarning ota-onalarini jamoa orasida

obro’sizlantirishga intilish holatlari, ota-onalarni maktabdan uzoqlashib

ketishiga sabab bo’ladi.

Bunday majlislardan voz kechish kerak. Mustaqil O’zbekiston

Respublikasining milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlovchi yangicha

munosabat maktab – ota-onalar yosh avlodning tarbiyasiga zarurdir.

Har bir ota-onalar majlisi ulkan maqsadga qaratilgan, turli

shakllarda tashkil qilish, talabga muvofiqdir. Ya’ni:

– «Pedagog maslahatiga amal qilamiz» mavzusidagi majlislar;

– «Uchrashuvchi majlis», (olim, tibbiy xodim, sanьat madaniyat

bahs majlislari: ta’lim-tarbiyaga doir mummolar yuzasidan yoki

pedagogik adabitlar yuzasidan; «Merosga ixlos» majlislari;

– bola tarbiyasiga doir Qur’oni Karim, Hadis va mutafakkirlarning

dono fikrlaridan foydalanish;

– sinf ota-onalar majlisini o’tkazish tartibi;

– sinf o’qituvchisi va ota-onalar qo’mitasi a’zolarining oldingi

majlislarida qabul qilingan qarorlarining bajarilishi haqida

axborotlari eshitiladi.

Majlis maqsadiga ko’ra mavzuning e’lon qilinishi (yuqorida

ko’rsatilgan majlis turiga ko’ra uning mazmuni asoslab beriladi).

Ota-onalar fikr va mulohazalari eshitiladi. O’quv-tarbiya ishlaridan

savol va talablarni muhokama etiladi.

Turli masalalar hal qilinadi. Sinf majlisi qarori chiqarilib,

tasdiqlanadi. O’qituvchi kelgusi majlis rejasi bilan tanishtiradi.

Majlis o’tkazish tartibi mavzuning o’ziga xos xususiyatiga kura o’zgarib

boradi.

Ota-onalarga pedagogik bilim berish

shakl va rejalari

Inson kamoloti shunchalik murakkabki unga hayotiy tajriba yetarli emas

uning uchun o’rganish, bilim, o’qish nihoyatda zarurdir. K.D.Ushinskiy

«Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi» hamda «Pedagogik adabiyot orasida»gi

risolalarida Ota-ona uchun pedagogik bilim dastlab pedagogik adabiyotlar

o’rganishdan boshlanadi. Bola tarbiyasidagi bilim xalq ruhi bilan

sug’orilgan-xalqchilik g’oyasiga asoslangandagina ota-ona bilimdon

tarbiyachilik san’atiga ega bo’la oladilar», – deyilgan.

Pedagogik bilim ota-onalar uchun nihoyatda zarur. Bu bilim maktabda,

mahallada va kundalik axborot vositalari orqali berib boriladi. Lekin

hayotimizdagi yangi-yangi muammolar pedagogik bilimini yanada

kuchaytirishni, chuqurlashtirishni talab etadi.

Maktabdagi pedagogik bilim turli shakllarda amalga oshiriladi:

Pedagogik ma’ruza, ilmiy, metodik kengash.

«Savollaringizga javob beramiz» (ota-onalar kuni).

Ota-onalar uchun ma’ruza

Ma’ruza ota-onalarga pedagogik bilim beradigan turlardan biridir.

Ota-onalar uchun mo’ljallangan ma’ruza ta’limi-tarbiyaviy ahamiyatga ega

bo’lishi kerak.

Ota-onalar uchun pedagogik bilim beradigan ma’ruzalar mavzulari:

– millin istiqlol mafkurasini shakllantirish va barkamol inson

tarbiyasida ota-onalar o’rni.

– oilada iqtisodiy tarbiya.

– ma’naviy meros va oila.

– siz o’tmish avlodlaringizni bilasizmi? Oilanoma yaratish

masalalari.

– mutafakkirlar ijodiyotida oila tarbiyasi.

– farzand tarbiyasida xalqimiz qo’llagan usullar.

– oiladagi adolat –to’g’ri tarbiya asosidir.

– farzandingiz sahiy, muruvvatli bo’lsin desangiz?

– oilada iymon-e’tiqod tarbiyasi.

Ota-onalar uchun tanlangan mavzular quyidagicha rejalashtiriladi.

Mavzu: «Ma’naviy meros va oila».

Maqsad: Ota-onalarga o’tmish merosimizdan bolani oilada tarbiyalash

haqidagi mutafakkir va ma’rifaparvarlar asarlaridagi ta’limotlar

haqida bilim berish.

Ma’ruzani ta’minlovchi manbalar:

a) utmish ma’rifatparvar va mutafakkirlarning asarlari (Abu Ali

Ibn Sinoning «Tadbir al-manozil», Alisher Navoiyning «Maqbubul

qulub», Voiz Koshifiyning «Axloqiy Muxsiniy» asarlaridagi oila

tarbiyasidagi g’oyalar.

b) ko’rgazmalar-allomalarning rasmlari va kitob namunalari. v)

didaktik materiallar, dono so’zlar yozilgan kartochkalar, faktlar.

Maьruzaning kirish qismi

Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi hamda milliy meros

haqida tushuncha. Bu boradagi O’zbekiston rahbariyatining olib borayotgan

siyosati.

Ma’ruzaning asosiy qismi

Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy va Voiz Koshifiylarning

asarlaridagi davomiylik g’oyalarining bir-biri bilan bog’langanligi,

asarlarning yaratilishi haqida ma’lumot boriladi. So’ngra asardagi oila,

ota-onaning hurmat, vazifa, burchlari haqidagi ma’lumotlar. Oilada ayol va

erkak fazilatlari qanday qilib farzand burchini anglatishi muammolari.

Axloq-odob tarbiyasidagi dono fikrlar, rivoyat, hikoyat, tanbehlar orqali

asoslab, tushuntirib maktab hayoti bilan bog’lanadi.

Ma’ruzaning yakuniy qismi

Millik merosimizdan qanday foydalanishga doir metodik ko’rsatma va

tavsiyalar beriladi.

Maktabda «Ota-onalar kunini» tashkil qilish pedagogik bilim berish

turlaridan biridir. Ota-onalarni maktabga ma’lum kunda taklif etib

turli o’quv-tarbiya ishlaridan xabardor qilish an’anaviy ahamiyatga ega

bo’lib, u «Maktabda ota-onalar kuni» yoki «Ochiq eshik»lar kuni deyiladi.

Bu kundagi ish tartibi quyidagicha bo’lishi mumkin:

1. Pedagogik maslahat burchagani tashkil etish.

2. Bolalar ijodiyotidan kurgazmalar uyushtirish.

3. Ochiq darslarga ota-onalarni taklif qilish.

4. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish.

5. Ota-onalar uchun kontsert dasturini namoyish etish.

Yuqoridagi ota-ona va maktab hamkorligidagi ishlar metodik jihatdan

to’g’ri tashkil etilsa ijobiy natija beradi.

4-MAVZU: TARBIYADA MUOMALA MAHORATI. O’QUVCHIGA PEDAGOGIK TA'SIR KO’RSATISH MAHORATI
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish o‘qituvchining muhim kommunikativ qobiliyatlaridan biri bo‘lib, avvalo o‘qituvchining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati, munosabatga kirishishi va nutq madaniyati asosida o‘quvchilar bilan muntazam tarbiyaviy faoliyat olib borish jarayonida namoyon bo‘ladi.

Pedagogik ta’sir ko‘rsatish – tarbiyalanuvchiga ongli intizom va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, tarbiyani ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir ko‘rsatish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning xulq-atvori va dunyo­qarashini takomillashtirish, yosh avlodni muayyan maqsad asosida tarbiyalash, ijtimoiy ong va xulq-atvorni xalqimizning boy mafkuralari asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, unda ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.

Pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, o‘qituvchining ta’lim va tarbiyaviy maqsadlarga erishishi qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning pedagogik jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Pedagogik ta’sir ko‘rsatish mazmunida tarbiya mohiyati ifodalangan bo‘lib, uning mazmuni mamlakatning ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqib asoslanadi. Tarbiya mohiyati turli davrlarda har xil ifodalangan bo‘lsa ham, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘xshash g‘oyalarni ifodalaydi. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan.

Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maq­sad asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraq­qiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab kamolotga yetkazishdan iborat.

Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy tarbiyaviy usullari hayotdan, millatning yashash tarzidan, milliy an’ana va urf-odatlardan kelib chiqib tanlanadi. Ular o‘quvchilar tarbiyasini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish nuqtai nazaridan tanlab oladi.

Pedagogik ta’sir ko‘rsatish o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini pedagogik jihatdan ma’lum bir maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish uchun foydalaniladigan vositalar tizimidan iborat. Ushbu vositalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning xulq-atvorini shakllantiradi.

Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazo­lash, jamoatchilik fikri.



Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiya­lanuv­chi­ga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining u yoki bu xatti-harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘­bat­lantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘­yi­ladi.


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish