2-MAVZU: SINF RAHBARI VA BOLALAR YETAKCHISI. SINF FAOLLARINI ANIQLASH
Sinf rahbarining ish usullari – bu sinf jamoalari faoliyatini tashkil etish hamda o‘quvchilarning ongi va his-tuyg‘ulariga ta’sir etish usullaridir. Sinf rahbari tarbiya usullaridan o‘zish xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanadi. Turli xil o‘zaro bog‘langan majmuani qo‘llanish bolalar, o‘smirlar va yoshlarning ma’naviy qiyofasi ongi, e’tiqodi, axloqiy tuyg‘ulari va xulq-atvorini tarkib toptirishga yordam beradi.
Sinf rahbari o‘quvchilarni faoliyatga jalb etadi, tarbiya jarayonida alohida o‘rin egallandi, bu faoliyat ularning ijtimoiy faolligini tarkib toptiradi. Turli xil jamoa ishlarida o‘quvchi ishining ijtimoiy mazmuniga ko‘ra bilishga o‘rganadi, o‘zining tengdoshlari va katta kishilar bilan bo‘ladigan munosabat doirasini kengaytiradi, ma’naviyboyliklarni o‘zlashtiri boladi. Sinf rahbari ish-faoliyatining asosiy vazifasi shaxsning o‘z munosabatlarini va faol o‘rnini tarkib toptirishdan, shaxsiy tuyg‘ular va axloqiy xatti-harakatlarning muayyan bir yo‘lini rivojlantirishdan iboratdir.
Sinf rahbarining tarbiyaviy imkoniyatlari o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmaydi. Bunda muayyan usullarni qo‘llash zarur. Biz quyida anashu usullardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz.
Faoliyatning biror maqsadga qaratilganligi avvalo barcha ishlarning shaxsning ijtimoiy qimmatli, g‘oyaviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashga, sinf jamoasining maqsadga erishishga qaratilganligi sifatida namoyon bo‘ladi. Biror maqsadga qaratilganlik yana shunda ifodalanadiki, faoliyatning ijtimoiy ahamiyatli maqsadi o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan qabul qilinadi, anglab olinadi va amalga oshiriladi.
Biror maqsadga qaratilganlik o‘quvchilarning faolligi va mustaqilligi talabi bilan mustahkam bog‘langan. Ijtimoiy faoliyatda faollik ko‘rsatish har qaysi yoshdagi o‘quvchiga xosdir. Kichik yoshdagi o‘quvchi ko‘p narsa qilishni istaydi, ammo o‘zining imkoniyatlari darajasini bilmaydi, yetarli malaka, sabot-matonat, qat’iylikka ega emas. O‘quvchilarni ishga asta-sekin jalb qilish, ularga tobora ko’proq mustaqillik berish jamoa hayotining murakkablashib boruvchi me’yorlarini egallab olishga yordam beradi.
Faollikka va mustaqillikka tayanish har qanday aniq ishni tashkil etish uslubi yotadi asosiy talablardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Agar o‘quvchilar biror kechani o‘tkazishga qaror qilgan bo‘lsalar, bu qarorga o‘zlari kelishgan bo‘lishlari kerak u sinf rahbari tomonidan tanlangan parchalarni shunchaki yodlash va uni o‘qish bilan almashtirilmasligi, balki kechani tayyorlash jarayonidagi qizg‘in va faol ishlar davomida amalga oshirilishi lozim. O‘quvchilarni jamoa ishiga jalb qilish yo‘li bilan ularning ongi va xulq-atvoriga ta’sir etish jarayoni amalga oshiriladi. Agar o‘quvchilar o‘zishlarining ijtimoiy ma’nosini anglasalar, qiyinchiliklarni yengib o‘tsalar, ijtimoiy maqsadga erishsalar bu jarayon samarali bo‘ladi.
Yorqinlik va jo‘shqinlik talabidan kelib chiqish sinf rahbari ish faoliyatiga yangicha ruh va mazmun bahsh etadi. Agar o‘smirlar oldida yorqin, qiziqtiruvchi maqsad bo‘lsa, ular juda ko‘p ishlarni amalga oshirishlari mumkin. Sinf an’analari va bayramlarini nishonlash, tog’larga, shaharlarga sayoxat qilish qaysi o’quvchini befarq qoldiradi deysiz? Gap bolalarning kunglini olish, ular uchun mumkin qadar ko‘proq bayramlar uyushtirishda emas, balki sinf jamoasining kundalik hayoti yetarlichayori;invajushqinbulishida, ijtimoiy yo‘nalish olgan faoliyatda quvonchli kechinmalar paydo bo‘lishidadir.
O‘quvchilarning g‘oyaviy-axloqiy jihatdan o‘sishi, ijobiy sifatlarning tarkib topishi, shaxsning rivojlanishidagi kamchiliklarning yo‘qotilishi – bu tarbiyaviy natijadir.
Sinf jamoasi faoliyatiga baho berishda qilingan ishlar miqdori, olingan yorliqlar, mukofotlar soniga qarab-emas, balki o‘quvchilar jamoasining tashkil topishida ro’y bergan aniq ijobiy o‘zgarishlarga e’tiborni qaratish kerak.
Avvalo ijobiy tarbiyaviy natijalarni baholay bilish va shunga intilish – sinf rahbarining uslubiy jihatdan qurollanganligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.
Ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etish. O‘quvchilarning o‘z mehnatlarining ijtimoiy ahamiyatini anglab yetish sinf rahbari ishini uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini bildiradi.
Mehnat qilish orzusi turli sabablar bilan paydo bo‘lishi mumkin. Agar sinf rahbari har qanday ishni tashkil etishda ishning ijtimoiy ahamiyatini anglashni nazarda tutuvchi yuksak darajadagi mavzular (sabablar) haqida qayg‘ursa, har bir ish o‘quvchida mehnatda qatnashishning barqaror ko‘nikmalari, unga ehtiyoj
O‘quvchilar jamoasida agar mehnatdan ko‘zlangan maqsadning o‘zi aniq ifodalangan yuksak ma’noga, ko‘tarinki ruhga ega bo‘lsa, sinf rahbari osongina mehnat qilish istagini yuzaga keltiradi.
Odatda, o‘quvchilar o‘zlari uchun qiziqarli ish bo‘lib ko‘ringan mehnat topshiriqlarini bajarishga kirishadilar. Maktab hovlisini tozalash, sinfda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kabi ishlarda kishini jalb qiladigan narsalar kam. Bu o‘rinda sinf rahbari bolalar bajarayotgan ishlarning ahamiyati haqida gapirib berish, ularning umumishiga qo‘shayotgan hissalari nimalardan iborat ekanligini tushuntirishi kerak.
Sinf rahbaridan o‘quvchilarga shu narsani ko‘rsata bilish talab etiladiki, sinf jamoasining ijtimoiy foydaliishlari – o‘quvchilarning kattalar bilan birgalikda ishtirok etadigan muhim ijtimoiy ishlarning bir qismidir.
Mehnatni tashkil etishda bolalarning yoshini hisobga olib yondoshish talab qilinadi. Bu har bir ma’lum yosh uchun mehnat topshirig‘ining og‘ir-yengilligini, mehnatning turli darajada anglashilishini hisobga olish demakdir.
Mehnat ko‘tarinkiligini bajarilayotgan ishning oxirigacha saqlab turish juda muhimdir. Ko‘pincha bolalar ishtiyoq bilan ishga, tezda charchab qoladilar, mehnat turlarini chala-chulpa bajaradilar. O‘quvchidan ishni oxirigacha yetkazishni talab qilish, uni o‘z kayfiyatini boshqara bilishga o‘rgatish, charchashni yengish, zerikish hissini yo‘qotish – bularning hammasi mehnatda shaxsning axloqiy mashq qismlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Mehnat topshiriqlari qanday bajarilganligi, jamoaning har bir a’zosi qanday ishlaganligi, ishga qanday munosabatda bo‘lganligi, ijodiy tashabbus, zehn, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam qanday namoyon bo‘lganligi bilan qiziqishi ayniqsa muhimdir. Bu masalalarni butun sinf jamoasi bilan muhokama qilish ijtimoiy qimmatli axloqiy sifatlarning tarbiyalanishiga hamda jamoada samimiy va do‘stona munosabatlarning vujudga kelishiga yordam beradi.
Ijobiy namunada tarbiyalash sinf rahbari ish faoliyatida juda katta o‘rin tutadi. Ijobiy namunalar taqlid qilish uchun yaqqol namuna sifatida juda katta ishontiruvchi va ilhomlantiruvchi kuchga ega. Ibratli misolning tarbiyaviy kuchi bolalarning taqlid qilishga moyilligi va qobiliyatiga asoslangan. Bolalarda yetarli darajada bilim hamda hayot tajribasi bo‘lmagani uchun atrof-tevarakdagilarning xatti-harakatini va qiliqlariga diqqat bilan qaraydilar, ularga taqlid qiladilar, katta kishilar o‘zlarini qanday tutsalar, ular ham o‘zlarini shunday tutishga harakat qiladilar. Ijobiy namunalar tarbiyani yaqqolroq, ko‘rsatmaliroq qiladi, uning hayot bilan borliqligining qaror topishiga yordam beradi.
Tarbiyaviy ishda ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilarning shaxsiy namuna ko‘rsatishlari, o‘zlaridan katta avlodning eng yaxshi mehnat namunalari, yurt mustaqilligi uchun kurashchilar hayotidan misol sifatida foydalanish ayniqsa muhimdir.
Ijobiy namunani idrok qilish hamda o‘quvchilarning unga bo‘lgan munosabati bolalarning yoshiga – qarab farq qildi.
Masalan, 8-10 yoshli o‘quvchilarni, g‘unchalar hamda kichik yoshli bolalarni yorqin voqealar, mashhur kishilar hayotidan olingan misollar qiziqtiradi, lekin ular hali mustaqil ishlar olib borolmaydilar.
Qahramonlik sarguzashtlari bilan qiziqish – kichik o‘smirlar, 11-12 yoshli o‘quvchilarga xos xususiyatdir. Ular bu haqidagi kitoblarni berilib o‘qiydi, kitob qahramonlarining jasoratli, shijoatli, mardonavor ishlariga qiziqadi, atrofdagi kishilarda ana shu sifatlarni qadrlaydi. Botirlik va mardlik o‘smir hayotining faol qirralariga aylanadi. U ko‘pincha uzviy ham kuchli, botir, qo‘rqmas, jasoratlarga krdir deb biladi. Bu hol ularni ko‘pincha jasoratning faqat tashqi tomoni bilan qiziqishini ko‘rsatadi, qahramonliklar qanday maqsadda amalga oshirilganligi va uni keltirib chiqaradigan sabablar bilan borlanmaydi.
Bu yoshdagi o‘quvchilar chinakam jasoratda yuksak axloqiysoflik, kishilarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, zo‘r samimiylik namoyon bo‘lishini har doim ham tushunib yetmaydi. Sinf rahbarining diqqat e’tibori o‘quvchilar tushunchasining shunga o‘xshash cheklanganligini bartaraf etishga qaratilishi kerak.
Katta yoshli o‘quvchilar, ya’ni 13-15 yoshdagi o‘smirlar qahramon siymosini o‘zlarining ichki dunyolariga mos, ongli ravishda ajrata biladilar. Shuning uchun ham tanlash jo‘shqin tus oladi. O‘zlariga turli-tuman savollar beradi, o‘ziga xos umumlashmalar qilinadi, jasoratning asliy xususiyatlari yo u yo‘sin, yo bu yo‘sin idrok qilinadi.
Suhbatlar, uchrashuvlar, kitobxonlikkechalari, san’at, musiqa, kino asarlari ustidagi bahslar bu borada yaxshi natijalar beradi.
O‘quvchilarga tarbiya berishda sinf rahbarining shaxsiy namuna ko‘rsatishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning ham uning sinfdagi xulq-atvori, uning o‘quvchilarga bo‘lgan muhabbati samimiy bo‘lishi kerak.
Va nihoyat, o‘quvchilarning faoliyati va munosabatida o‘rtoqlari namunasining ta’siri ham muhimdir. Tashqi yurish-turish xususiyatlari qabul qilinadi; qiziqishlar, axloqiy jihatdan baho berish, mulohazalar, sevimli mashg‘ulotlar, qiziqish va didlar o‘zaro bir-biriga ta’sir etadi.
Ana shu ishlar jarayonida paydo bo‘ladigan o‘quvchi an’analari har bir o‘quvchining xulq-atvoriga qo‘yiladigan talablarni aniqlashtirishga yordam beradi. Ijtimoiy ahamiyatli ishlarda ijobiy namunaga taqlid qilish o‘quvchining axloqiy jihatdan mashq qilishiga aylanadi.
Topshiriqlar – muhim tarbiyaviy usul hisoblanadi. O‘quvchilarning jamoa hayotida qatnashishi ularning faolligiga bog‘liqdir. Faollik esa faoliyat jarayonida tarkib topadi va namoyon buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |