Pedagogik tizimni boshqarish metodlari
Inson ijtimoiy mavjudotdir. U ijtimoiy mavjudot sifatida boshқа kishilar bilan ma‘lum ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladi. Bu ijtimoiy munosabatlar tizimida inson ma‘lum jamoada faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun uning yurish-turishi, xulq-atvorini ham tartibga solish zarurati tug‘iladi. Uning xulq-atvori ijtimoiy munosabatlarning hosilasi bo‘lib, ularni ham boshqarish lozim.
Mustaqil Respublikamiz ijtimoiy hayotning hamma sohalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmokda. Bu jarayonlarni amalga oshirishda ta‘limtarbiya, yangi insonni tarbiyalash asosiy tezlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Yangicha fikrlovchi erkin, mustaqil, ijobiy insonni shakllantirish mamlakatimizdagi uzluksiz ta‘limning bosh vazifasi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hamma sohalarini harakatga keltiruvchi kuch inson hisoblanadi. Uni jamiyat talablari asosida tarbiyalash uzluksiz ta‘lim yoki pedagogik tizimda amalga oshiriladi.
Shuning uchun pedagogik tizimni takomillashtirish muammosi dolzarb bo‘lmoqda. Uni takomillashtirishning muhim tomonlaridan biri-boshqarishni to‘g‘ri tashkil qilishdir.
Pedagogik tizim eng avvalo ta‘lim-tarbiya muassasalari majmuini o‘z ichiga oladi. Madomiki shunday ekan, uning rahbari zimmasiga Mustaqil Respublikamizning bo‘lajak fuqarolarini o‘qitish, tarbiyalash, ularni mustaqillik ideallari ruhida tarbiyalash, kasb-hunar o‘rgatish kabi juda murakkab va mas‘uliyatli vazifa yuklanadi. Bu murakkab jarayonni boshqarish turli-tuman qonun va qarorlarni, farmon va ko‘rsatmalarni chuqur bilish hamda ularni amalga oshirishni tashkil etishni talab qiladi. O‘z navbatida rahbarning o‘zi ham yuqoridagi qarorlarni amalga oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni bajarilishini tashkil etish, nazorat qilishni mohirona amalga oshirishi lozim.
Pedagogik tizimni boshqarishda ma‘lum andozalarga yopishib olish, shablonlashtirishga olib keladi. Doimo mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ishga o‘zgartirish kiritish, xilma-xil usul va mazmun qo‘llash ijobiy ta‘sir
qiladi.
Boshqarishni takomillashtirishda faqat yuqoridan ko‘rsatma kutmay, joylarda tashabbus, ilg‘or tajribalardan keng foydalanish umumiy maqsadga erishish uchun foydalidir. Boshqarishdagi to‘plangan tajriba shuni ko‘rsatadiki, jamoadagi tashabbus, ilg‘or tajribalarga, uning ijodiy faolligiga suyanish muvaffaqiyat garovi bo‘la oladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta‘lim islohoti ham pedagogik tizimni boshqarishni tubdan yaxshilashni taqozo qiladi. Buning yorqin ifodasi sifatida "Ta‘lim to‘g‘risida"gi Qonunning yangi nusxasi, ya‘ni mamlakatning bozor munosabatlari sharoitida rivojlanishini hisobga olgan holda ishlab chiqilib, qabul qilinishi ham tasdiqlaydi. Bu hujjat ta‘lim hamma bo‘g‘inlarining uzviy bog‘liqligini yaxlit rivojlanishini ta‘minlashning huquqiy asosini barpo qilishda ta‘lim-tarbiya, yangi insonni tarbiyalashda asosiy tezlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bundan tashqari uzluksiz ta‘lim tizimini boshqarishni takomillashtirishda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham juda muhim talablar qo‘yadi. Uning 4-6 bandida chunonchi "Uzluksiz ta‘lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta‘lim muassasalari tarkibi jihatidan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib boriladi", -deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |