Sinfdan tashqari ishlar quyidagi to’garaklarda tashkil etish mumkin: fan to’garaklari “Mohir qo’llar” to’garaklari; “Duradgorlik” to’garagi; turli sport to’garaklari; “Badiiy xavaskorlik to’garagi” va xokazolar.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolarni ijodkorlikka da’vat etuvchi tarbiyaviy maskandir.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar va yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh tabiatshunoslar uylari turli sport va musiqa maktab tarbiyasining uzviy davomchisi sifatiga faoliyat ko’rsatmoqda.. O’zbekiston Respublikasining “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi” (1999) bu ishlarni va amalga oshirishda asos bo’ladi.
Konsepsiyada hozirgi paytda ahloqiy va ma’naviy jixatdan ishlarni o’mirlar orasida kuchaytirish zarurligi, axloqsiz ongli ijtimoiy shaxs bo’la olmasligi, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiyachilari oldida doimo umuminsoniy axloq qoidalari asosida yoshlarga tarbiya beriladi. Konsepsiya vatanparvar va baynalminal komil inson tarbiyasi huquqiy, iqtisodiy tarbiy, ekologik tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, iste’dodli va zukko bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash, mahallada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mazmuni va ularni amalga oshirish yo’llari xaqida atroflicha fikr yuritiladi.
Ta’lim –tarbiyaning jiddiy muammolarini aniqlash, uzluksiz amaliy tarbiya mazmuni asoslarini yaratish, maktablar, maxsus bilim yurtlari щamda oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarini faoliyatini yaxshilash mezonlarini ishlab chiqish bugungi kun talabidir. Buning uchun quyidagi tadbirlarga e’tibor aratish lozim bo’ladi: tarbiyaviy jarayonni tashkil etishning yo’nalishlari bo’yicha tadbirlar majmuasi va maqsadli dasturlar tuzish; tarbiyaviy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etadigan pedagogik xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish tarbiyaviy ishlarni hal qilish uchun respublikaning barcha kuchlari O’zbekiston FA, oliy o’quv yurtlari, fan tarmoqlari, davlat va nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda ilmiy pedagogik bo’limlar faoliyatini birlashtirish zarur.
Yoshlar bilan ishlashda , ularni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda har bir tarbiya jarayonining mazmun -mohiyatini chuqur anglab , so’ngra uni tashkil etish maqsadga muoffiqdir. Bu jarayonda tashabbus korlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni shakllantirishga aloxida urg’u berish orqali o’qituvchidan aloxida maxoratni talab qiladi..
Bolalarning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga maktab jamoasi, oila va jamoat tashkilotlari birdek javobgar bo’lganliklari sababli ham bo’lajak o’qituvchilarni bu boradagi bilimlar bilan qurollantirish pedagogika oliy ta’lim muassasalari oldida turgan asosiy masalalardan biri hisoblanadi Shuning uchun ham ushbu mavzu doirasida yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar bilan talabalarni yana bir bora tanishtirib, o’tgan mazularda berilgan ma’la’umotlar qisman qaysidir ma’noda takrorlansa ham,ularga to’xtalib o’tishni joiz deb bildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |