7-MAVZU: SINF RAXBARI ISHINI REJALASHTIRISH USULLARI. SINF RAHBARINING NAMUNAVIY YILLIK ISH REJASINI TUZISH METODIKASI.
REJA:
1.Sinf rahbari ishin i rajalashtirish qoidalari.
2. Sinf rahbari ishini rejalashtirish turlari.
3.Sinf rahbari ishini hisobga olish.
Tayanch so’zlar: sinf rahbari, sinf xujjatlari, tarbiyaviy ish, rejalashtirish, faoliyat, tadbirlar, badiy – estetik tarbiya, fan to’garaklari, istiqbolli reja, joriy reja, kalendar tamatik reja.
1.Sinf rahbari ishin i rajalashtirish qoidalari. Sinf rahbari ishini rejalashtirish birinchi navbatda sinf xujjatlarinii yurgizishdan boshlanadi.Sinf rahbari tarbiyaviy ishining kupqirraliligi va og’ir tomoni shunisi bilan izoxlanadiki, tarbiyaviy ishni rejalashtirishda chuqur analiz va chuqur o’ylannib tuzilgan rejadir. Buni har bir sinf rahbari ham tushunavermaydi. L.N. Tolstoy o’z asarlarinng birida odamlar bir biridan shunisi bilan farq qiladiki, ayrimlari biron bir ishni qilib qo’yib, keyin o’ylasa, ayrimlari oldin o’ylab , keyin ishni qiladi. Xalqimiz ham bu borada « Oldin o’yla - keyin so’yla» degan hikmatlarni aytishgan. Shuning uchun ham insoniyat hayvonot dunyosidan oldindan o’ylab ko’ra olish xususiyati bilan ajralib turadi.
Taniqli fiziolog P.K. Anoxin, yuqorida takidlanganidek, inson o’z sa’yi – harakatlarini bajarmasdan turib o’z ongida taxlil qila olish imkoniyatiga ega,ya’ni harakatlar dasturini tuzib olib keyin uni amalga oshiradi. O’z rejalarini amalga oshirib gina qoliasmdan unga tuzatishlar kiritib boradi.
Odamlarning faoliyati qay darajada murakkab bo’lsa, va qanchalik vaqtni kup talab qilsa, shunchalik oldindan o’ylash, rejalashtirish shunchalik muxim axamiyat kasb etib boraveradi. Anna shunday ishlar sirasiga pedagogning ta’limiy va tarbiyaviy ishlarini misol tariqasida kiritish mumkin.O’qituvchining pedagogik faoliyati uzoq vaqtni talab qiladi. Negaki, tarbiyada samaradorlikka qisqa vaqtda erishishning imkoniyati yo’q.Bu faoliyatda rejasiz qilingan ish – xodisalarning ortidan yurish bilan barobardir. O’ylab qilingan, reja asositda tuzilgan ish – xodisalarni boshqarish,pedagogik vaziyatlarni yaratish va pedagogik faoliyatga mazmun bag’ishlash demakdir.
Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi xolatlarga e’tiborini qaratish kerak. Bular:
- o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun har xil tadbirlar va tarbiyaviy ishlarning turlariga;
- tarbiya faqat faoliyat jarayonlarida amalga oshishini inobatga olgan xolda o’qish, mexnat, vataparvarlik, badiiy – estetik, spotr – sog’lomlashtirish faoliyalariga ;
- sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilar jamoasining tarbiyasiga va rivojlanishiga xizmat qilishi kerak;
- o’quvchilar jamoasining har tomonlama rivojlanishi uchun sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar bugungi kunda dolzarb, muxim bo’lgan tarbiyaviy vazifalarni o’z ichiga olishi shu asosda tadbirlar amalga oshirilishikerak;
- tadbirlar rejasi sinf rahbari, sinfda dars beradigan o’qituvchilar va ota – onalar hamkorligida tuzilishi muxim axamiyat kasb etadi.
Sinf rahbari tomonidan tuziladigan tarbiyaviy ishlar rejasi quyidagi tizida amalga oshirilsa pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muofiq bo’lar edi.
Birinchi bosqichda sinf rahbari o’z sinfining quyidagi jixatlarini bilishi muximdir;
- sinfning jamoasining tarbiyalanganlik darajasi;
- sinfning jamoasinig ijobiy tomonlari;
- sinf jamoasinigng salbiy tomonlari;
- sinf jamoasining har tomonlama usishi;
- sinf jasoasinig usish darajasi;
- sinf jamoasining ijtimoiy faolligi;
- sinf jamoasinig qiziqishi;
- sinf jamoasida tarbiyaning pasayishi;
- baddiy adabiyotlarni o’qish yoki o’qimasligi;
- ommaviy sport tadbirlaridagi ishtiroki kabilani inobatga olgandan keyingina tarbiyaviy ish rejasiga kirish qimini yozish kerak.
Ikkinchi bosqichda sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda :
- « kun tartibiga rioya qilish – madaniyat belgisidir» mavzusida suxbat;
- «Uy vazifalarin bajarish sirlari» mavzusida suxbat;
- « O’quvchilarning fan to’garaklariga qatnashishi» mavzusida sinf yig’ilishi;
- ekskursiyalarni tashkil qilish;
- maktab atrofini obodanlashtirishda faol ishtirok etish;
- «O’y ishlarida o’quvchilar ishtiroki» mavzusida ota onalar ishtirokida qo’shma yig’ilish;
- «Ijtimoiy foydali mexnatda faollar rolini ko’tarish haqida» faollar bilan kengash;
- «Mexnat insonni ulug’laydi» mavzusida zavod, fabrika, Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari raxbarlari bilan suxbat;
- badiy kechaga tayyorgarlik «Ulug’lardan – ulug’imsan Vatanim»;
- « Biz yosh spotchilarmiz» uch bosqichli spot anjumanlariga tayyorgarlik;
- « Qushlar bizning do’stimiz» mavzusida tadbir;
- «Olamda nima gap» mavzusida ommaviy axborot vositalaribilant ishlash.
Uchinchi bosqich «Uy vazifalarini bajarish borasida o’quvchilar javobgarligini oshirish» yo’nalishida tarbiyaviy tadbirlar:
- sinfda dars beradigan o’qituvchilar, ota – onalar bilan « qanday qilib uy o’qishini yuksaltirish mumkin» mavzusida uchrashuv.
- « Uy vazifalarini bajarishning asosiy qoidalari» mavzusida o’quvchilar bilan suxbat;
- uy vazifalarining bajarilishini tekshirish uchun o’quvchilarning uylariga tashrif;
- uy vazifalarini bajarish bo’yicha darslarni tashkil qilish;
- birgalikda uy vazifalarini bajarish;
To’rtinchi bosqich tarbiyaviy ishlar rejasini rasmiylashtirish:
- choraklik;
- yarim yillik;
- bir yillik.
Bu tadbirlar xronologik tarzda joylashtirilishi shart. Xronologik tartibda tuzilgan rejalar bilan ishlash ancha qulay bo’lib u ilmiy asosga egaliligi bilan xarakteralnadi.
Reja – sinf rahbarining asosiy xujjati xisoblanadi. U tarbiyaviy ish rejalaridan tashqari sinf jurnalining to’g’ri rasmiylashtirilishiga javobgvr shaxs hisoblanadi. Ayrim sinf raxbarlari o’z tajribalaridan kelib chiqib, maxsus jurnal tutuadi. Undan ko’zlangan maqsad shundan iboratki, sinf rahbari har bir o’quvchisining ijobiy, salbiy jixatlarini, yutuqlarini , kamchiliklarini, inson sifatidagi aloxida xususiyatlarini, aloxida varaqlarga qayd qilib boradi.Bu tarzda ishning yuritilishi, o’quvchilarning har tomonlama o’sish jarayonlarini kuzatib borishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |