Baqtriya yozuvi. Bu yozuv Baqtriya davlati hududlarida amalda
qo‘llanilgan. U oromiy-pahlaviy yozuvi variantlaridan biri bo‘lib, Baqtriyadagi
mahalliy so‘zlashuv tiliga moslab, isloh qilingan yozuvdan iboratdir.
Bu O’zbekiston janubida (Surxon vohasi) va unga
chegaradosh Tojikiston , Shimoliy Avfg’oniston yerlarida
joylashgan tarixiy madaniy viloyat aholisning tili va
yozuvidir. Baqtriya yozuvi ikki xil –oromiy va qadimgi yunon
alifbosi asosida rivojlangan va takomillashgan .
Baqtriya yozuvi va tili hali unchalik o’rganilmagan .
bizgacha bu yozuvdan yuzdan ortiq so’z yetib kelgan .
Baqtriya yozuvi yodgorliklari asosan milodning birinchi
asrlariga tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |