Iroda -
воля
- will
- F.Tyonnis munosabatlaming asosini ikki
turdagi iroda tashkil etadi, deb hisoblaydi. Ulami Wesenwille va
Kurwille deb nomlagan. Birinchisi — bu mohiyat irodasi, ya’ni
butunlik irodasi boiib, ijtimoiy hayotning istalgan jihatini aniqlab
beradi. Ikkinchi irodada esa integratsiyalovchi omil o‘zgacha
192
ko‘rinishda bo‘iib, ijtimoiy iroda nimjonlashadi va bir qancha alohida
shaxsiy irodalarga bo‘linib ketadi.
Me'yorlar - нормы - rates
- muayyan ijtimoiy birlik doirasida
qabul qilingan xulq-atvor qoidalari.
Sotsial jamoa - социальная общность - social generality -
real mavjud, empirik jihatdan qayd etish mumkin bo‘lgan, nisbatan
yaxlitlik va tarixiy va sotsial harakat mustaqil sub'ekti sifatida
namoyon bo‘ladigan insonlar yig‘indisi.
193
G. ZIMMEL VA UNING FORMAL SOTSIOLOGIYASI
Reja:
1. Georg Zimmelning hayoti va ijodi
2. Sotsiologiyaning predmeti, usul va vazifalari
3. Formal sotsiologiya
4. Falsafiy sotsiologiya va tushunish muammosi
5. Madaniyat sotsiologiyasi
6.
Zimmel sotsiologik nazariyasining ahamiyati
1.
Georg Zimmel XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ijod etgan
sotsiologiya mumtozlari ichida beqaror va bir-biriga zid g'oyalami
ilgari surgan olim sifatida e'tirof etiladi. Uning ijodini ko‘pchilik
sotsiologlar turlicha
talqin
etadilar.
Zimmel
sotsiologiyasini
baholashda tarixchi va nazariyotchilar bir-biriga zid: uning
g‘oyalarining ahamiyatini to'lq rad etishdan tortib to ulaming
bosqichma-bosqich rivojlanganligiga urg‘u bergan holda sotsiologiya
fanining rivojiga qo‘shgan hissasini e'tirof etishgacha bo‘lgan nuqtai
nazardan yondoshgan.
Georg Zimmel Berlinning qoq markazida 1858-yil 1-martda
dunyoga kelgan. U Berlin universitetida juda ko‘plab fanlar cloirasini
o'rgangan. Mazkur bilim dargohida mashhur tarixchi olimlar
T.Mommzen, I.Droyzen va G. fon Treychke, psixologlar M.Latsarus,
V. Vundt, Shteyntal va Bastian, faylasuflar A.Xarms va Г.Seller dars
berishgan. Ulami Zimmelning fikrlari shakllanishida ma’lum ma’noda
hissalari bor.
Lekin uning dissertatsiya yozishga birinchi urinishi rad etilgan,
uning o‘qituvchilaridan biri esa qayd etgan: «Biz uning bu istak-
xohishini
qo‘llab-quvvatlamasak,
unga
katta
iltifot
keltirgan
bo‘larniz»'. Bunga qaramay, Zimmel qat'iylikn'i namoyon qildi va
1881-yilda falsafa doktori darajasini oldi. U universitetda 1885-yildan
to 1900-yilgacha bor yo‘g‘i
privat dotsent
lavozimini egallagan
bo‘lsada, o ‘qituvchi sifatida to 1914-yilgacha qoldi. Zimmel
ma’ruzalar o‘qirdi, lekin uning mehnatiga haq to‘lanmas edi,
tirikchilik manbai esa talabalar tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar
1 George Ritzer Sociological Theory. Eighth Edition.
r-Ac
G raw -Hill. 20J0. - P. 160.
194
hisobiga bo‘lar edi. Qiyinchiliklarga qaramasdan, Zimmel bu
lavozimda ko‘pgina muvaffaqiyatlarga erishdi, chunki u zo‘r
ma’ruzachi edi va ta ’lim uchun to‘lovlami amalga oshiradigan ko‘plab
talabalarni jalb etardi. RBlox, G.Lukach va KManngeym (Frankfurt
maktabi vakillari) uning talabalari bo‘lishgan. Uning uslubi shu darajada
taniqli ediki, uning ma’ruzalari Berlin jamiyatining oliy ma’lumotli
a’zolarining ham e'tiborini qozondi, uning har bir ma’ruzasi ijtimoiy
ahamiyatga molik hodisaga aylandi.
Zimmelning o‘ziga xosligi u haqidagi fikrlar bir-biriga zid va shu
asosda, ko‘pincha boshi berk ko‘chaga olib kirib qoladigan vaziyatlar
bo‘lganligi faktlari bilan asoslanishini J.Ritser quyidagicha yozadi:
“Agar biz qarindoshlari, do‘stlari, talabalari tomonidan bildirilgan
xususiyatlarini solishtirsak, Zimmel to‘g ‘risidagi hatto bir-biriga zid
bo‘lgan fikrlami ko‘rishimiz mumkin bo'ladi. Ayrimlar uni baland
bo‘yli va qotmadan kelgan, deb ta ’riflasa, boshqalar - achinish hissini
uyg‘otadigan darajadagi past bo‘yli odam sifatida ta ’riflaydi.
Aytishlaricha, uning tashqi ko‘rinishi e'tibomi tortmaydigan, tipik
yahudiy, lekin shu bilan birga juda o ‘qimishli va oliyhimmat edi.
Ma’lumki, u juda mehnatsevar, shu bilan birga ajoyib va o‘z fikrlarini
aniq bayon eta oladigan ma’ruzachi bo‘lgan. Nihoyat, biz bilamizki, u
o‘ta kuchli bilimdon, do‘stsevar va iltifotli boigan, lekin shunisi ham
to‘g‘riki, u ichki mohiyatiga ko‘ra noratsional, tund va yovvoyi ham
bo‘lgan”.‘
Zimmel cheksiz miqdordagi maqolalar («Metropoliya va ruhiy
hayot») va kitoblami («Pul falsafasi») yozgan. U nemis akademik
doiralarida o‘ta mashhur bo‘lgan va xorijda, asosan AQShda o ‘z
izdoshlariga ega bo‘lgan, bu yerda uning asarlari sotsiologiya rivoji
uchun juda katta ahamiyat kasb etgan. Nihoyat, 1900 yilda Zimmel
rasmiy jihatdan e'tirof etiladi va Berlin universitetida faxriy unvonga
ega bo‘ladi, lekin bu unga to‘liq akademik maqom bermaydi. Zimmel
ko‘plab akademik lavozimlarni egallashga harakat qiladi, lekin Maks
Veberdek
olimlarning
qo‘llab-quvvatlashiga
qaramasdan
omadsizlikka uchraydi.
Uning omadsizligining sabablaridan biri uning yahudiy millatiga
mansubligida edi, Germaniyada esa XIX asrda antisemitizm
hukmronlik qilgan edi. Shunday qilib, T a’lim vazirligida yozilgan
1 G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e G raw -H ill 2010- — P. 160.
Zimmel to‘g‘risidagi dokladda u «tashqi ko‘rinishiga, xulq-atvoriga va
tafakkur tarziga ko‘ra mukammal isroillik» sifatida tasvirlangan.
Boshqa sabab - u bajargan ish turi. Ko‘plab maqolalari gazeta va
jumallarda paydo bo‘ldi; ular universitetnikidan ko‘ra kengroq
auditoriya uchun yozilgan edi. Bundan tashqari, universitetda doimiy
ish o‘rniga ega bo‘lmaganligi sababli, u ommaviy m a’ruzalar bilan
hayot kechirish uchun mablag‘ topishga majbur edi. Zimmelnirtg
auditoriyasini, uning o ‘quvchilarini ham, tinglovchilarini ham
professional sotsiologlar emas, balki intellektual jamoa tashkil etgan,
va bu uning professional hamkasblari tomonidan ko‘pincha kulgiga
olinar edi. Masalan, zamondoshlaridan biri Zimmelni uning «umumiy
atmosferada namoyon bo‘lgan va aw alo jurnalistikaning barcha oliy
darajalariga ta’siri» uchun la’natlagan1.
Zimmelning shaxsiy
omadsizliklari yana shular bilan bogiiqki, o‘sha davr nemis
akademiklari
sotsiologiyaga
hyech
qanday
hurmat-e'tibor
ko'rsatmagan edi.
Zimmel 1914-yilda, nihoyat, ikkinchi darajali universitetda
(Strasburgda) doimiy akademik lavozimni egallaydi, lekin u yerda
ham o'zini begona his qiladi. Birinchidan, u Berlin intellektuallari
auditoriyasini tark etganligi uchun afsusda bo‘lgan. Uning xotini
Maks Vebeming xotiniga shunday yozadi: «Georg auditoriya bilan
ajralishni og‘ir qabul qildi... Talabalar uni juda yaxshi ko‘rar edi va
unga hamdard edi... Bu hayotning eng kuchga to’lgan pallasidagi
vidolashuv edi»2. Ikkinchidan, Zimmel Strasburgdagi universitet
hayotida faol ishtirok etmas edi. U Veberga shunday yozadi: «Biz
haqimizda ma’lumot berishga arzigulik narsaning o‘zi yo‘q. Biz
surgunda,
yolg‘iz,
befarq,
tashqi
olamdan
ajralgan
holda
yashamoqdamiz. Akademik faollik nolga teng, odamlar... begona va
ichki muhit dushmanlarcha yo‘g‘rilgan»3.
U bu yerda mantiq, falsafa tarixi, metafizika, etika, din falsafasi,
san'at
falsafasi,
sotsial
psixologiya,
sotsiologiya
va
Kant,
Shopengauer, Darvin bo‘yicha maxsus kurslami o‘qitgan.
Birinchi jahon urushi Zimmelning Strasburgda tayinlanishidan
qisqa muddatdan keyin boshlangan:
ma’ruza zallari harbiy
gospitallarga aylantirilgan, talabalar esa urushga ketgan. Shunday
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me (rraw -Hill. 2010. - P. 161.
2 0 ‘sha joyda.
3 O 'sh a joyda.
196
qilib, Zimmelning shaxsi va uning asarlari 1918-yildagi o‘limidan
keyin nemis ilmiy doiralarida baholandi. U an'anaviy akademik
martabaga erishmadi. Shunday bo‘lsada, Zimmel ko‘plab miqdordagi
o‘z izdoshlariga ega bo‘ldi va uning shon-shuhrati yildan-yilga ortib
borgan1.
Zimmel ijodini adekvat tushunishda uch narsa to‘sqinlik qiladi.
Bular
olimning
fikrlar
evolyutsiyasining
o‘ta
murakkabligi,
qiziqishlarining kengligi va xilma-xilligi, ko‘p asarlarini sistematik
emas,balki esse shaklida bitilgani bilan izohlanishi mumkin. Esse
janrida u Gyote, Dante, Rembrandt, Mikelanjelo haqida yozgan.
Zimmel
nafaqat sotsiolog,
madaniyat
falsafasining yirik
namoyondasi, san'at nazariyotchisi bo‘lgan. U sotsial psixologiya,
etika, siyosiy iqtisod, shahar, din va jins sotsiologiyasi kabi sohalarda
ijod qilgan. Zimmel izlanishlar olib borgan har bir sohasida o‘z
sotsiologik qarashini to‘ldirgan va aniqlashtirgan jihatlami topgan. U
o‘z fikrlarini kamdan-kam tarzda sistemalashtirgan. Shuning uchun
uning sotsiologik konsepsiyasi turli maqola, esse va asarlari bo‘yicha
yoyilgan desa ham bo‘ladi.
Aslini olganda Zimmel ko‘rib chiqqan barcha muammolar va
uning qiziqishlari sotsiologiyaning predmeti, usuli va vazifalari
borasidagi tasawurlari orqali bir butunga birlashtirilgan.
Georg Zimmelning asosiy asarlari:
1. «Sotsial differensiatsiya. Sotsiologik va psixologik tadqiqot»
(1890)
2. «Tarix falsafasi muammolari» (1892-1893, 1905).
3. «Ahloqshunoslikka kirish» (1892-1893).
4. «Pul falsafasi» (1900).
5. «Din» (1906).
6. «Sotsiologiya. Sotsiatsiya shakllarini o‘rganish» (1908).
7. «Madaniyat sotsiologiyasi» (1911).
8. «Gyote» (1913).
9. «Rembrandt» (1916).
10. «Sotsiologiyaning fundamental savollari (individ va
jamiyat)» (1917).
11. «Dunyoqarash» (1906).
1 G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 161.
197
Zimmel falsafiy va sotsiologik ijodi turli-tuman yangi hamda eski
g‘oyalar va tendensiyalar chatishishi - “madaniyat krizisi” davrida
yuzaga keldi. Xuddi shu krizisli va bir-biriga qarama-qarshi boigan
xususiyatlarning ifodalovchisi sifatida Zimmel sotsiologiya tarixiga
kirib keldi. U qarama-qarshiliklaming ifodalovchisi edi, uni qandaydir
bir nazariy doktrina yoki konsepsiyaga bo‘ysundirish juda qiyin edi.
Zimmel ijodi “norasmiy Berlin madaniyati” doirasida boshlandi,
va so‘l liberallar va sotsialistlarga yaqin bo‘ldi, hattoki oylik
sotsialistik nashrlarda ham maqolalari chop etildi, oxirida esa
neoromantik harakat bilan uzviy bog'land i.
XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi neoromantizm nemischa
talqinda antiratsional oqim sifatida urbanizatsiya, ratsionalizm,
pozitivizm, materializm va boshqa “zamonaviy sivilizatsiyaning
kushandalari”ga qarshi edi. Bu oqim nemischa romantizmning
boshlang‘ich ruhini tiklashga harakat qilardi. Uning ayrim vakillari
nemis dehqoni va hunarmandini maqtab, o‘z davri va muhitini inkor
etar, tanholikda hayot kechirar edi. Boshqalari esa o‘rta asrdagi
jamiyat tubidan kelib chiquvchi elitani, ierarxiyani, tartibni
yoqlaganlar va o‘zlarining tor doiralarda yashaganlar. Bulaming
hammasi madaniyat muammolarini sotsiologik tahlil qilishda,
inqirozli holatlami baholashda va madaniy taraqqiyotning fojialiligini
tushunishda Zimmelning sotsiologiya va madaniyat falsafasi bo‘yicha
izlanishlarida o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Tadqiqotchilar, shuningdek, Zimmel g‘oyalari taraqqiyotining
«neokantchilik» bosqichini ham ajratadilar va uning Zimmel
sotsiologiyasiga muhim va samarali ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlaydilar.
Sotsiologiya bo‘yicha asarlardan eng aw alo Zimmel tomonidan qayta
ishlangan va ikkinchi marotaba nashr etilgan “Tarix falsafasi
muammolari” asarini ko‘rsatish lozim. 1892 yildagi birinchi nashrida
bu kitob pozitivizmni aniq namoyon etardi. Ikkinchi nashrida esa unga
Zimmelning ma’naviy taraqqiyotining yangi davriga xos bo‘lgan
yangi g‘oyalar kiritildi. Bu davrga shuningdek bir qator muhim
sotsiologik asarlari to‘g‘ri keladi. Masalan: “Sotsiologiya. Sotsiatsiya
shakllarini o'rganish” (1908) va “Pul falsafasi” (1900).
Bu ikki nashr uning asosiy sotsiologik g‘oyalari, uning ikki asosiy
qismini tashkil etadi. Bular: formal (yoki sof) sotsiologiya va
madaniyat sotsiologiyasi. Bunda uning «Sotsiologiya...» asarini asosiy
sotsiologiya
kitobi
sifatida
qaralsa,
“Pul
falsafasig”ga
esa
198
nomlanishidan kelib chiqib sotsiologlardan ko‘ra faylasuf va
iqtisodchilar e'tibor qaratdilar.
Bu davrda Zimmel bir qator falsafiy ishlami chop etdi. Ular
sotsiologik jihatdan ham qaralishi mumkin edi, chunki ularda uning
asosiy sotsiologik tushunchalari interpretatsiya qilingan edi. Ular
jumlasiga ’’Madaniyat falsafasi” (1911) deb umumiy nomlangan
maqolalari to‘plami ham kiradi. U moda tabiati, madaniyatda jins
muammolari kabi dolzarb masalalar falsafiy-sotsiologik tahliliga
bag‘ishlangan edi.
Zimmel o‘zi yashayotgan zamonaviy madaniyatdagi asosiy
qarama-qarshiliklami topishga harakat qildi, lekin bu bajarib
boMmaydigan masala edi. Chunki bu davr to‘liq ma’noda madaniyat
va mafkurada “ikkilanish va parokandalik” davri edi. Biroq
“madaniyat falsafasi” ocherklarini o‘qish Zimmelning vaqt pulsini
qanchalik sezgirlik bilan his etganligini, sotsial psixologiyadagi
yangiliklami
qanchalik
tushunganligini
va
ularga
hamnafas
bo‘lganligini ko‘rish imkonini beradi. Bulaming hammasi Zimmelni
“omma erkatoyi” qilib qo‘ydi, u esa davr muammolari bilan
“kurashib” qiynalardi1.
Umrining oxirgi 10 yilida Zimmel sotsiologiya muammolari
haqida
hyech
narsa
yozmadi,
faqatgina
istisnoli
holda
«Sotsiologiyaning fundamental savollari» qo‘llanmasini hisobga
olmaganda, lekin unda ham hyech qanday yangilik yo‘q edi.
Zimmelning ijodi taraqqiyotining oxirgi bosqichi haqida gapirib
o‘tmasa bo‘lmaydi. Chunki usiz Zimmel g‘oyalari evolyutsiyasining
umumiy manzarasini ko‘z oldimizga keltirish mumkin emas. Gap
hayot falsafasi g‘oyalarining ishlab chiqilishi haqida ketmoqda.
Zimmel A.Shopengauer, F.Nitsshe, A.Bergson, V.Dilteylar asos
solgan yo‘ldan bordi. U hayotiy “energiya” oqimi tahlili bilan
shug‘ullandi. Uning fikricha, bu energiya u yoki bu davrga xos
bo‘lgan tafakkur va sotsial hayotning formal sturukturasiga xos
bo‘lgan mazmunni ifodalaydi.
0 ‘zinig oxirgi ishlarida, xususan “Dunyoqarash” kitobida (1918)
Zimmel hayot “gimni”ini kuylaydi, deyish mumkin. Shuni ta’kidlash
kerakki, shu davrda u san'at falsafasiga, badiiy asarlaming “hayoti”
masalalariga, rassomlar dunyoqarashi va faoliyat tarziga ko‘proq
G eorge R itzer Sociological Theory. Eighth Edition. M e G raw-Hill. 2010. - P. 160.
199
e'tibor qaratadi. Masalan: Rembrandt, Gyote, Rilke, Roden va
boshqlar. U ijodning “hayotiy” mazmun-mohiyatini tahlil etish bilan
shug‘ullangan.
Zimmel ijodining so‘nggi yillarida sotsial voqyelikni estetik
tarzda qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanib, bu qarashlami
sotsiologiya bilan bog‘lashga harakat qildi. Voqyelikka nisbatan
estetik munosabat Zimmel uchun dunyoning butunligicha o‘z
qatlamiga o‘ralgan obrazini berishga qodir.
Demak, Zimmel ijodining uch bosqichi - pozitivistik-naturalistik,
kantchilik, falsafiy - haqida gapirish mumkin. Hayotining turli
davrlaridagi nazariy pozitsiyalarining o‘ziga xosligiga qaramay, u
yerda uch xil Zimmelni ko‘rmaymiz. Bu faqatgina bir muammoga uch
bosqichda chuqurlashib boruvchi muammodir, ya’ni - jamiyat, inson
va madaniyatning o‘zaro munosabatiari mavzusidir. Jamiyat Zimmel
tomonidan o‘zaro ta’sirlashuv shakllari va tizimlari yig‘indisidir;
inson ijtimoiy “atom”, madaniyat - inson ongining obyektlashtirilgan
shakllari yig‘indisi.
2.
Zimmel ijodining sotsiologik jihatlari juda keng hisoblanadi. U
sotsial
psixologiya,
individ
va jamiyatning (hokimiyat
va
zo‘ravonlikning) o‘zaro munosabati, begonalashuvning yuzaga
kelishi, bilish, shahar, nizolar, din, shuningdek madaniyat va san'at
sotsiologiyasi va boshqa mavzulami o‘z ichiga qamrab olgan.
Zimmelning ta ’kidlashicha, sotsiologiya ijtimoiy fanlar uchun
an'anaviy tarzda bugungi kunga qadar boshqa ijtimoiy fanlar
o‘rganmagan tadqiqot obyektini tanlamaydi, balki metod sifatida
shakllanadi. Unga ko‘ra, insonni ijtimoiy mavjudot va jamiyatni
barcha tarixiy hodisalaming tashuvchisi sifatida sifatida e'tirof etsak,
demak sotsiologiya biron-bir ijtimoiy fan tadqiq etmagan ob'ektni
izlab topishi amri mahol. Lekin u barcha fanlar uchun yangi y o i - fan
usulini aniqlaydi. Bu yerda gap jamiyatga xos barcha muammolarni
yechishda tadbiq etilishi mumkin bo‘lgan usul haqida bormoqda.
Zimmel o‘z sotsiologik qarashlarini shaklllantirishida eng avvalo
uning predmetini aniqlashga harakat qiladi. Barcha ijtimoiy fanlar
ijtimoiy hayotga turlicha nazar tashlab, unda o‘z predmetini ajratib
oladi. Sotsiologiya esa, aksincha mana shu fanlaming tahlil vositalari
yordamida ochib bo‘lmaydigan qonuniyatlami aniqlash va anglab
yetishni o‘z oldiga vazifa qilib oladi.
2 0 0
Turli fanlarda qo‘lianiladigan sotsiologik usulning tugal maqsadi
ijtimoiy fanlaming umumiy predmetidan sotsiologiyaning predmetiga
aylanadigan o‘ziga xos omillar - «sotsiatsiyalaming sof shakli»1™
aniqlashdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, sotsiologiya xususiy
ijtimoiy fanlarga nisbatan, xuddi geometriyaning fizikaviy-kimyoviy
fanlarga nisbatidagidek o‘ringa ega, ya’ni u jarniyatdagi hodisalar
mazmunini emas, balki ular uchun umumiy bo‘lgan sotsial shaklni
o‘rganadi.
Zimmelga ko‘ra, xuddi grammatika tilning sof shakllarini
mazmundan ajratib olgani kabi sotsiologik usul ham hodisalar
tarkibidan sotsiatsiyani ajratib olishi zarur. Sotsiatsiyalaming sof
shakli ajratib olingach, ulami tartibga solish va tizimga solish,
psixologik asoslash va tarixan o'zgarishi hamda taraqqiy etishini
tasvirlab berish lozim bo‘ladi. Turli ijtimoiy fanlar doirasida
sotsiologik usulnig qo‘llanilishi amaliyotini, ya’ni ularning an'anaviy
predmeti doirasida o‘ziga xos qonuniyatlami aniqlashni Zimmel
umumiy sotsiologiya deb atagan.
Sotsiatsiyalaming sof shaklini tasvirlash va tizimga solishni esa
sof yoki formal sotsiologiya deb nomlagan. Sof sotsiologiya turli
ijtimoiy fanlar tadqiqotchilariga o‘z predmetlariga sotsiologik nuqtai
nazardan yondashish, ya’ni muammolami imkon qadar tezroq anglab
yetish va ularning yechimini izlashda yo‘nalish ko‘rsatishi kerak edi.
Sof sotsiologiya boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan metodologik
funksiyani bajarishi lozim va «alohida sotsial fanlaming bilish
nazariyasi»ga aylanishi lozim. Sotsial bilish tizimi o‘z ichiga yana
ikki falsafiy sotsiologik fanni qamrab olgan. Ulardan birinchisi
sotsiologik bilish nazariyasi bo‘lib, u sotsiologik tadqiqotning shart-
sharoitlari, negizlari va asosiy tushunchalarini qamrab oladi, ulami
tadqiqotning o‘zida aniqlash mumkin emas. Ikkinchisi esa sotsial
«metafizika» bo‘lib, unga nisbatan ehtiyoj alohida tadqiqot tajribaning
ichida mavjud bo‘lmagan va uning bevosita bilish predmetidan kelib
chiqmaydigan masala va tushunchalar bilan to‘qnash kelganda,
umumiylikka borib taqalganda yuzaga keladi. Shunday qilib, Zimmel
umumiy, formal va falsafiy sotsiologiyadan iborat uch bosqichli
sotsial bilish konsepsiyasini yaratdi.
1 «V ergesellschaftung» termini tarjim ada «muloqot» m a’nosini bersada. ko'pchilik mualliflar (asosan
AQSh sotsiologlan) tom onidan ingl. sociation terminiga analog sifatida olmadi. Shuningdek, ayrim
adahxyoUarda o*7aro ta s k , mteraksvya, hatto ijtim oiylashuv tushunchdlan bilan ham ifodalanadi.
2 01
Zimmelning ushbu dasturi o‘z davri uchun yetarlicha progressiv
4arakterga ega edi. Uning paydo bo‘lish davri sotsiologiyaning
institutsionallashuvi va kasb sifatida shakllanayotgan da.vriga to‘g‘ri
keldi. Shuning uchun sotsiologiyaning predmeti sohasiui ajratib olish
dolzarb masala hisoblangan.
Ushbu inasalani hal etishda ikki xil yondoshuv mavjud edi.
Birinchisiga ko‘ra, barcha sotsial xususiyatlami individlarga nisbatan
olish, bunda “jamiyat” real predmet sifatida mavjud bo‘lmagan
mavhum tushunchaga aylanib qoladi. Agar individlar va ulaming
kechinmalarini tabiiy va tarixiy fanlar doirasida o‘rganilsa, unda
alohida o‘ziga xos fan sifatida sotsiologiya. o‘z sohasiga ega bo‘lmay
qoladi. Bu yondoshuvning eng yorqin vak’.li Diltey bo‘lgan.
Bunday tanqid nuqtai nazaridan jamiyat juda tor, bir fan doirasida
o‘rganish bilan cheklanganda esa u juda kengdir. Shu nuqtai nazardan,
insonlar bilan ro‘y beradigan har qanday hodisa jamiyat bilan
shartlangandir va uning bir qismi hisoblanadi. Shunday ekan, inson
to‘g‘risida har qanday fan jamiyat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi.
F.Tyonnis ham shu pozitsiyadar turib “umumiy sotsiologiya”
doirasida huquq va filologiya, siyosatshunoslik va san'atshunoslik,
psixologiya, teologiya, va hatto antropologiya fanlarini birlashtirgan.
Zimmelga ko‘ra, barcha fanlar birlashib, birgina sotsiologiyani tashkil
etadi.
Zimmelning fikricha, uning konsepsiyasi ijtimoiy fanlar va
sotsiologiya o‘rtasidagi fanlararo chegaralami qat'iy belgilash
imkonini bergan. Avvalo, sotsiologiyaning boshqa ijtimoiy fanlardan
farqli tarzda sotsiatsiyaning sof shakli to‘g‘risidagi fan sifatida aniqlab
olish imkonini berdi, ikkinchidan esa jamiyat haqidagi fanlar va tabiat
haqidagi fanlar o‘rtasida keskin chegara tortish imkonini ham berdi.
2 0 2
Shunday qilib, bu konsepsiya bir vaqtning o‘z'
sotsiologiyaning fan
sifatida yaxlitligi va ijtimoiy fanlaming yaxlit!
taqdim etgan1.
3. Zimmelning “formal sotsiologiya” te
jilan bogiaydigan
bir qator fikrlarini qayd etib o‘tish lozim.
Forma (shakl) va u bilan chambarchas bo giiq mazmun
Zimmelning sof, ya’ni formal sotsiologiyasining asosiy tushunchalari
hisoblanadi. U o‘zining nisbatan erta yozilgan asarlaridan birida
jamiyat tarixini psixik hodisalar tarixi sifatida baholagan. Shu bilan
birgalikda u har bir psixik hodisani ikki jihatan ko‘rib chiqqan: psixik
akt sifatida (istak, xotirlash, tasdiq) va har bir akt nima bilan
bogiiqligi, ya’ni nima eslanishi, tasdiqlanishi va hokazolar.
Zimmelning fikricha, psixik aktning oxirgi jihati e'tiborga olinmasa,
ongning obyektiv, ya’ni psixologik boim agan mazmunini olish
mumkin.
O lz navbatida shakl u bajaradigan vazifalarga ko‘ra aniqlanadi.
Zimmel shu o'rinda quyidagi vazifalami ko‘rsatgan:
1) shakl bir vaqtning o‘zida bir necha mazmunni aks ettirib, ulami
yaxlitlaydi;
2) bir shaklga kira turib bu mazmunlar o‘zaro birikishi bilan
boshqa mazmunlardan ajralib turadi;
3) shakllar bir-biri bilan o ‘zaro aloqadorlikdagi mazmunlami bir
strukturaga keltiradi.2
Sotsiologiyada esa shakl va mazmun nisbatini «materiya»ning
sotsial munosabatlar, ya’ni individning maqsadlari, intilishlari,
ehtiyojlariga va o‘zaro sotsial munosabatlar tuzilishi nisbatida
qoilanilgan. Zimmel shakl mazmundan ko‘ra muhim ekanligiga urg‘u
berib, manfaatlar xilma-xil boisada, umumlashmada ular bir xil
shaklda namoyon boiishini ta’kidlaydi.
Formal sotsiologiyaning vazifasi yaxlit sotsial hodisani ikkiga
ajratish emas, balki jamiyatni insonlararo, individlararo hodisa sifatida
o‘rganishdir. Boshqacha qilib aytganda, sotsiatsiya shakli qiyoslangan
holda tarixiy jihatdan tarkibiy tasvirlash ob'ektiga aylanishi kerak edi.
Zimmelning maqsadi sotsial shakllaming umumiy tasnifini
yaratish emasdi. Ammo u sotsial hayotning ko‘p jihatlarini o‘rganib,
1 К апитонов Э. А. И стория и теория социологии. У чебное пособие для
в у з о в
.
- М.: И здательство
ПРИ О Р, 2 0 0 0 .- С . 291.
2 Ф арфиев Б. А., Н уруллаева У.Н. С оциология тарихи. Услубий кулланм а - Тош кент, 2009. - Б.
66
.
2 03
ulami «real» hayotdan olingan shakllar sifatida ajratib ko'rsatdi:
hukmronlik, buysunish, raqobat, mehnat taqsimoti, partiyalaming
tashkil topishi kabilar shunga misol bo‘ladi. Aytib o‘tilgan barcha
shakllar Zimmelning nazarida, o‘ziga xos guruh va sotsial
tashkilotlarda ishlab chiqiladi va o‘ziga xos ma’no bilan yo‘g‘riladi.
0 ‘z navbatida sotsial tashkilot va guruhlar ham shakl sifatida talqin
qilinishi mumkin. Davlat yoki diniy tashkilot, iqtisodiy uyushma,
fitnachilar guruhi, oila va maktab kabilar bunga misol bo‘ladi. Zimmel
mazkur
shakllami
o‘rgangan
holda
olingan
bilimlami
«Sotsiologiya...» nomli asariga birlashtirgan.
Zimmel fikriga ko‘ra, har qanday jamiyatda shaklni mazmunlarga
ajratish mumkin. Jamiyat esa o ‘z navbatida individlaming o‘zaro
munosabatlaridan tashkil topgan. 0 ‘zaro ta ’sirlashuv esa doim
ma’lum bir o‘ziga xos intilishlar va ma’lum bir maqsadlarda amalga
oshadi. Zimmel ta’kidlaganidek, erotik instinktlar, qiziqish, diniy
impulslar, o‘yin va boshqa bir qator motivlar insonni boshqa bir inson
uchun, boshqa bir insonga qarshi faoliyat ko‘rsatishga, ichki holatini
uyg‘unlashtirish va moslashtirishga, ya’ni o‘zaro ta’sirlashuvga
yo‘naltiradi. 0 ‘zaro ta’sirlar natijasida individual qo‘zg‘aluvchi
impuslar va maqsadlar asosida “jamiyat” deb ataluvchi yaxlitlik hosil
bo‘ladi.
Zimmelning fikriga ko‘ra, individlarda (u tarixiy voqyelikning
aniq tashuvchilari sifatida ifodalaydigan) mavjud bo‘lgan, istak,
qiziqish, maqsad va hokazolar ko‘rinishida mavjud, ya’ni boshqa
odamlarga ta’sir shakllanuvchi narsalami u mohiyat, ya’ni sotsiatsiya
sifatida ta’riflaydi. Shu bilan birga hayot ijro etiluvchi mazkur
materiya Zimmelning fikriga ko‘ra, mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy emas.
Uning yozishicha, ochlik, sevgi, mehnat, dindorlik, texnika va ong
faoliyatining natijalari bevosita ijtimoiy emas. Bulaming bari
faqatgina individlaming alohida mavjudligini o‘zaro munosabat,
degan
umumiy
tushuncha
ta ’siriga
tushib
qoluvchi
o‘zaro
hamkorlikdagi muayyan shakllarga aylantirganligi sababli shu holatga
keladi (ijtimoiylashadi). Sotsiatsiya, demak, deya xulosa qiladi
Zimmel, usullaming cheksiz miqdorida amalga oshuvchi shakl bo‘lib,
unda individlar turli sabablar va manfaatlar asosida alohida birlikni
204
yaratadi, ularning ichida mazkur sabablar va ' °nfaatlar o‘z tadbiqini
topadi1.
Shuningdek, muayyan hayotiy maqsa
muvofiq bo‘lgan,
vujudga kelayotgan shakllar o ‘zlari chiqqan va o‘zining mavjudligi
bilan unga qarzdor boigan real hayotdan ajratilib qolishi mumkin,
bundan tashqari, Zimmelga ko‘ra ular endilikda ular uchun faqatgina
o ‘zlarini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin
bo‘lgan materiyani egallagan va yaratgan holda o‘z ichida va o‘zi
uchun "o‘ynashi" mumkin.
“Masalan, deb yozadi Zimmel, har qanday bilish birinchi
navbatda yashash uchun kurash vositasi hisoblanadi, chunki
narsalaming haqiqiy holatini bilish hayotni saqlab qolish va
rivojlantirish uchun o ‘ta muhim holatdir. Fanning vujudga kelishi esa,
bilish amaliy maqsadlardan uzilib qolganligini, o‘zidagi qadriyatga
aylanganligini ko‘rsatadi. Fan o‘z predmetini mustaqil ravishda tanlar
ekan, uni o‘z ehtiyojlariga mos ravishda o'zgartiradi va unga shaxsiy
qoniqish hissini olib keluvchi masalalardan boshqasini o‘ylamaydi”2.
Zimmelga ko‘ra xuquqning (san'at va ijtimoiy hayotning boshqa
hodisalari kabi) mohiyatini ham shu kabi burilish belgilab beradi.
Dastawal maqsadga muvofiqlik, individlar xulqining muayyan
usullariga intilish sababli vujudga kelgan xuquq, keyinchalik o‘z-
o‘zidan kelib chiqqan holda hayotiy materialni tashkillashtirishning
usulini belgilab oladi.
Bu yerda, uning ta ’kidlashicha, uning materiyasi hayot shakllarini
ta’riflash bilan o‘yin shakllari deb nomlagan, qadriyatlami belgilab
beruvchi darajaga qadar ko‘tariluvchi hayot shakllari materiyasini
ta’riflashga
qadar
180
gradusga
burilishi
yaqqol
nazarga
tashlanmoqda. Shunday qilib, sof (yoki formal) sotsiologiya
Zimmelga ko‘ra, har qanday tarixiy ilg‘or jamiyatlarda mavjud
bo‘lgan sotsiatsiya shakllarini, insonlararo o ‘zaro munosabatlarning
nisbatan barqaror va takrorlanuvchi shakllarini o‘rganadi.
Zimmel sotsial shakllaming hyech bir tasnifmi qoldirmagan.
Biroq u ijtimoiy hayotning o‘zi tomonidan "tirik" voqyelikning
shakllari sifatida ajratib olingan qator jihatlari va tomonlarini o‘z
1 Г ром ов И.А., М зцкевич А.Ю ., С ем енов В.А. Западная теоретическая социология. - М., 1996. -
С. 49.
2 Громов И.А., М зцкевич А.Ю ., С ем енов В. А. Западная теоретическая социология. - М., 1996. -
Do'stlaringiz bilan baham: |