С. 49
205
tadqiqotlari predmetiga aylantirdi: hukmronlik, bo‘ysunish, raqobat,
mehnat taqsimoti, partiyalami tashkil qilish, birdamlik va hokazo.
Nemis sotsiologining fikriga ko‘ra mazkur shakllaming bari tegishli
mazmunga to‘ldirilgan holda davlat, diniy uyushma, oila, iqtisodiy
birlashmalar kabi turli guruhlar va sotsial tashkilotlarga tadbiq
qiqlinadi. Mazkur va boshqa shu kabi shakllami o‘rganish misollarini
Zimmel o‘zining eng mashhur sotsiologik asarlaridan biri boigan
"Sotsiologiya. Sotsiatsiya shakllari haqidagi ocherk" asarida keltirib
o‘tgan (1908),
Kechroq ko‘plab tadqiqotchilar Zimmel tomonidan ajratib
ko;rsatilgan shakllami tizimlashtirishga harakat qilganlar, biroq
mazkur tasniflar mantiqiy asosga ega bo‘lmagan va ixtiyoriy b o iib
ko‘ringan. Zimmelning o ‘zi esa inson o ‘zaro munosabatlarining
toiaqonli katalogini tuzishga intilmagan. Aksincha, u umuman sof
formal tushunchalar cheklangan qadrga ega, formal sotsiologiya
loyihasining o‘zi esa faqatgina ijtimoiy hayotning ushbu sof shakllari
tarixiy mohiyat bilan toidirilgandagina amalga oshirilishi mumkin
deb hisoblagan. Ya’ni u yoki bu shakl qay tarzda vujudga kelgan, u
qay tarzda rivojlangan, u mazkur shaklni toidirgan sotsial obyektlarga
bogiiq ravishda qanday o‘zgarishlarga duch kelganligi aniq boiadi.
Shu bilan birga sotsial hayot shakllarini tasniflash va ularda
quvidagilami ajratib ko‘rsatish imkoni mavjud: 1) sotsial jarayonlar;
2)
sotsial tiplar; 3) rivojlanish modellari.
Sotsial jarayonlarga doimiy, ulaming amalga oshirishning aniq
vaziyatlariga bogiiq boim agan hodisalar kiritiladi: bo‘ysunish,
hukmronlik. musobaqa, kelishuv. e'tiqod, nizo va boshqalar.
Sotsial hayot (sotsiatsiya) shakli sifatidagi sotsial jarayonga urf
(moda) kabi universal hodisa misol b o ia olishi mumkin. Urf,
Zimmelning fikriga ko‘ra, bir vaqtning o'zida ham taqlidni, ham
shaxsning individualizatsiyani taqozo qiladi. Chunki urfga ergashgan
2 0 6
inson bir vaqtning o‘zida o‘zini boshqalardan ajratib turadi hamda
o'zining muayyan guruhga mansubligini tamoyish etadi.
Zimmel urfning individualizatsiyasiz mavjud bo‘lmasligini
primitiv jamiyatlar misolida isbotlaydi.
Bunday jamiyatlarda
maksimal darajada bir xillik kuzatilgan. Demak, o‘zini boshqalar
orasidan ajratib ko‘rsatishga intilish bo‘lmas ekan, urf ham mavjud
bo‘ lmaydi.
Xuddi shunga monand ravishda nisbatan kichik guruh vakillari
tomonidan boshqariladigan jamiyatlarda boshqaruvchi oligarxiya
vakillari bir xil va odmi kiyimlar kiyishadi. Chunki o‘zlarini omma
oldida ko‘z-ko‘z qilishdan qochishadi. Urfning taqlid va guruhga
tegishli bo‘lish xususiyatini esa guruh me'yorlari inqirozga yuz tutgan
jamiyatlarda modaning yo‘qligi bilan isbotlangan. Misol uchun
Florensiyada XIV asrda har bir odam o‘zining kiyinish uslubiga ega
bo‘lgan. Chunki guruh bo‘lib birlashishga intilishning yo‘qligi,
urfning vujudga kelishini taqazo etmagan1.
Zimmel urfning paradoksal xususiyatini, ya’ni aynan: qanday dir
hodisa (kiyim-kechak, g‘oyalar, o‘zini tutish, narsalar va boshqalar)
"urf'ga kirishi bilan u darhol " u rf dan chiqa boshlaydi, y a’ni urf bir
vaqtning o‘zida ham yangi, ham o‘tib ketuvchi ekanligini o ‘ta noziklik
bilan anglaydi.
Urftiing keng tarqalishi sababini Zimmelga o‘z zamonasida eski
odatlar, an'analaming tanazzuli jarayoni bilan izohlagan. Natijada
vaqtincha va o‘tish davri shakllari ulaming o‘mini bosayotganligini
ta’kidlagan. Urfning san'at, fan, va hattoki axloqda ham hukmronligi
shundan. Biroq u yoki bu aniq urfning o ‘tib ketuvchi tabiatiga
qaramasdan u sotsial shakl sifatida, Zimmelga ko‘ra qandaydir
doimiylikka ham ega: urf u yoki bu ko‘rinishda har doim mavjud
bo‘ladi.
Shuningdek, sir tutishni ham Zimmel sotsiatsiya shakli sifatida
olib qaraydi. Bunda u dualistik ahamiyat kasb etadi, ya’ni o‘zaro
ta’sirlashuvda ayrimlaming sir tutishi, boshqalaming simi ochishga
harakati bilan izohlanadi. 0 ‘zaro ta’sirlashuvchilar bir-biri haqida
ma’lum darajada ma’lumotga ega boiadilar, lekin hyech qachon
hamma ma’lumotga ega bo‘lish mumkin emas. Sir tutish barchaga
xos. Muloqot davomida insonlar ataylab o‘zlari haqida m a’lumotlami
! Q arang: A H istory o f Classical Sociology. Translated by H. C am pbell C reighton, M A. (Oxon).
Progress Publishers. - P. 186.
207
oshkor etadilar yoki aksincha o'zlari haqida ataylab yolg‘on m a’lumot
berishga harakat qiladilar. Zimmel sotsial distansiya (oraliq masofa)
tamoyilini qo‘llab shuni ta’kidlaydiki, insonlar o‘zlariga nisbatan
uzoqroq bo‘lgan insonlaming yolg‘onini oson qabul qiladilar,
aksincha yaqinlarining kichik yolg‘onini ham og‘riqli qabul qiladilar.
Guruh a’zolari sonining ham sir tutishda alohida o ‘rin tutishiga urg‘u
berib, Zimmel guruh a’zolari soni ko‘paygani sari unda maxfiylik ham
otib borishini ta’kidlaydi.
Istisnoli tarzda sevishganlar nikohini tahlil qilib, Zimmel
ta’kidlaydiki, hatto ular ham bir-birlaridan sir tutmaslikka va’da
bersalarda, o‘rtalarida maxfiylik qolishi zamr. Chunki barcha narsa
ayon bo‘lib qolganda, juftlikni saqlab qolish imkoni yo‘qoladi.
Sof sotsial shakllar toifalaridan ikkinchisi - bu sotsial tipdir.
Zimmel, masalan, g‘iybatchi, kambag'al, aristokrat, yengiltak ayol
kabi sotsial tiplar va tabiatlami o‘rgangan holda ularning tabiatiga oid
qarama-qarshiliklarini namoyon qilishga harakat qiladi. Zimmelga
ko‘ra, aristokrat sotsial tipi o‘zaro bir-birini inkor qiluvchi ikki
xususiyatni aks ettiradi: bir tomondan u butunligicha o‘z guruhiga,
sulolasi an'analariga bo‘ysunadi. Chunki u mazkur sulolaning a’zosi
va davomchisi hisoblanadi. Boshqa tomondan esa u mustaqillikka
intiladi, chunki kuch, mustaqillik va shaxsiy mas'uliyat aristokratlar
xos bo‘lgan an'anaviy xususiyat hisoblanadi.
"Rivojlanish modeli", deb nomlangan uchinchi guruhga mansub
bo‘lgan sotsial shakllarga misol qilib, gumhni uning a’zolarining
individualligini kuchaytirish yordamida kengaytirishning universal
jarayonini ko‘rsatish mumkin. Zimmelning ta’kidlashicha, guruh
a’zolarining soni ortib borishi bilan uning a ’zolari borgan sari bir-
biridan farqi tobora ortib boradi. Va boshqa bir holat: guruhlar
a’zolarining individualligining rivojianishi uning birdamligi va
hamfikrliligining kamayishi bilan birga kechadi. Zimmelga ko‘ra,
tarixiy jarayon individlar tomonidan ularning o‘ziga xos ijtimoiy
xususiyatlarining yo‘qotilishi hisobiga individuallikning kuchayishi
tomonga rivojlanadi. Shu tarzda katta patriarxal oila mustaqil va to‘liq
xuquqqa ega bo‘lgan nuklear oila bilan almashinadi; korxona va qon-
qarindoshlik tashkilotlari o‘ziga xos individual ma’suliyatga ega
bo'lgan fuqarolik jamiyati bilan almashinadi. Mazkur muammoga
Zimmel "Sotsial differensiatsiya. Sotsiologik va ijtimoiy-psixologik
tadqiqotlar" kitobining uchinchi bobini bag‘ishlagan.
208
Keltirilgan tasnif sotsial shakllami ajratib ko‘rsatishning barcha
variantlari va ehtimoliy variantlarini qamrab ololmaydi. Masalan,
shakllaming bevosita hayot oqimidan uzoqlashganligi darajasiga ko‘ra
tasnifi mavjud va ahamiyatliroq, deb hisoblanadi. Shunday qilib,
Zimmelga ko‘ra betartib shakllar hayotga eng yaqin hisoblanadi:
almashinuv, shaxsiy moyillik, taqlid qilish, olomonning o‘zini tutishi
bilan
bog‘liq
bo‘lgan
shakllar
va
boshq.
Davlat-xuquqiy
tashkilotlarning iqtisodiy va boshqa shakllari kabi barqaror va
mustaqil shakllari hayot oqimi, ijtimoiy mohiyatlardan birmuncha
uzoqda boiadi.
Va nihoyat, Zimmel tomonidan ijtimoiy hayotdan uzoqlashib
qolgan "o‘yinga oid" deb nomlangan shakllar ham ilgari suriladi.
0 ‘yinga oid shakllar - bu nafaqat tafakkurga oid mavhumlikni, balki
ijtimoiy hayotda haqiqatan ham uchraydigan shakllami aks ettiruvchi
sotsiatsiyanig sof shakllaridir. 0 ‘yinga oid shakllarga misollar: "eski
tuzum", ya’ni o‘z davrini yashab boigan va unda ishtirok etayotgan
individlaming talablarini qoniqtirmaydigan siyosiy shakl; “fan uchun
fan”, ya’ni insoniyat ehtiyojlaridan uzilib qolgan, "yashash uchun
kurash quroli" boim ay qolgan bilimlar, “san'at uchun san'at” va h.k..
Roli va ahamiyatiga ko‘ra istisnoli o‘yin shakli sifatida erkin
muloqot olinadi. Erkin muloqot - muloqot uchun muloqot boiib, u
hyech qanday maqsadni ko‘zlamaydi, balki faqat muloqot qilish
uchungina amalga oshiriladi. Muloqotning bu shakli mazmun-
mohiyatdan xoli bo iib , sotsiatsiyaning o‘yin shakli yoki sotsial
jarayonning mavhum modelini aks ettiradi. Bunday muloqotga
individlar hech qanday mazmun-mohiyat kasb etuvchi xususiyatlarsiz
(imkoniyat, boylik, mavqye, hokimiyat va h.k. kabi) kirishadilar, bu
“tenglar” muloqotidir. Bu tenglikni me'yor hissi (takt) ta’minlaydi,
chunki unda qatnashuvchilar intilish va impulslami ko‘rsatmasligi
lozim. Masalan, ko’chada qatnashayotganlaming ish, mavhum
muammolarni muhokama qilishi, o‘zining aqli yoki boyligini
namoyish qilishi me'yordan chiqish hisoblanadi. Demak, me'yor hissi
sotsial me'yor shakli hisoblanadi. Aynan erkin muloqotni to iiq tahlil
etish orqali Zimmel sof yoki formal sotsiologiya g‘oyasini namoyon
etishga muvaffaq boigan deyish mumkin.
Zimmel o‘zining turli asarlarida o ‘yin shakliga e'tibor qaratadi.
Masalan, hukmronlik va bo‘ysunish, yolg‘izlik va erkinlik, sadoqat va
axloq, hayot va oiim , pul xo‘jaligi, mehnat taqsimoti, nizo, go‘zallik,
209
urf, o ‘zaro ta’sirda raqam tamoyili, sotsial doiralar kesishuvi va h.k.
Shu bilan u o‘yinga ramziy mohiyat kasb etib, bizning hayotimizdagi
ehtiyoj
va impulslarimiz xulq-atvorimizda keltirib
ch'sqargan
shakllami misol qilib keltiradi.Masalan: ov, tuzoq, raqo’oat tavakkal va
h.k.
Zimmelning
sotsiologik
tasavvurida
voqyelikning
sotsial
Tfiohiyati nisbiydir, bu ko‘plab omillar va xususan. o‘zgaruvchilarga
borib taqaladi. J.Ritser ulaming yig‘indisini sotsial geometriya, deb
ataydi1. Ular quyidagilar: sotsial maydon, distansi.ya (oraliq masofa),
miqdor va vaqt.
Makon sotsial hodisalar tahlilida muhim o‘rin tutadi, chunki ular
ro‘y bergan makondagi farqlanish ulaming turlicha namoyon
bo‘lishiga olib keladi. Zimmel, shuningdek makonda chegaralami
ham aniqlab olish zarurligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, «Chegara -
sotsiologik ma’nodagi makon fakti emas, balki makon bilan
rasmiylashtirilgan sotsiologik faktdir»2.
Distansiya qadriyat vositalarining sotsial makondagi joylashuviga
nisbatini nazarda tutadi. Bunga ko‘ra, biz o‘zimizdan uzoqda bo‘lgan
narsani ko‘proq qadrlaymiz, ya’ni o‘zbekona qilib aytganda:
“oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”. Katta kuch talab qilish evaziga
erishiladigan qadriyatning qadri baland bo‘ladi. Shu bilan birga,
umuman yetib bo‘lmaydigan qadriyat qadriyat bo' Imay qoladi.
Masalan, kichik bir qishloqda yashovchi insonlar uchun 0 ‘rta yer
dengizida dam olish qadriyat hisoblanmaydi, ular bu biz uchun emas,
deb hisoblaydilar3.
Shuningdek, individlaming funksionallashuvi xarakateri ham
sotsial distansiyaga bog‘liq hisoblanadi. Masalan, bevositat a’lim
bilan distansion ta’limni oladigan bo‘lsak, birinchisida ma’naviy negiz
bor, ikkinchisida esa yo‘q, uning o‘mini kompyuter yoki internet
egallaydi.
Miqdor, ya’ni guruhning hajmi ham o‘zaro ta’sirlashuv sifatiga
o‘z ta’sirin ko‘rsatadi. Zimmelga ko‘ra, sotsiologik nuqtayi nazardan
muhim bo‘lgan hodisalaming ayrimlari ikki kishilik guruhning (diada)
uchinchi tomonning jalb etilishi hisobiga triadaga aylanganida ro‘y
1
Ritzer G Classical Sociological Theory. M cGraw Higher Education, 2000. -
P
268.
2 История теоретической социологии Т.
2. -
М.: Канон, 1998.
3 Кравченко Л И. Социология в 2 тт. Классические теории через призму социологического
воображения
- М : Юрайт, 2014 - С. 304
2 1 0
beradi. Diadada mavjud bo‘la olmagan sotsial imkoniyatlar paydo
bo‘ladi. Masalan, triadada a’zolardan biri qolgan ikkitasi o‘rtasidagi
tushunmovchiliklarda arbitr yoki vositachiga aylanadi. Va, shunisi
muhimki, ikki a ’zo birlashib, boshqasi ustidan hukmronlik qilishi
mumkin. Bu kichik masshtabda individlardan ajralgan va ular ustidan
hukmronlik qiladigan yirik strukturalarning paydo bo‘lishi nimalarga
olib kelishini ko‘rsatadi.
Zimmel uchun vaqt sotsial borliqning muhim xususiyatlaridan
biri. Sotsiolog uchun o‘zaro ta’sirlashuv shakllari bir-biriga qay tarzda
bog‘langanligi (sinxron yoki diaxron), ularning tezligi, ular mavjudligi
va taraqqiyotining konkret ritmlarini bilish muhim.
Sotsial ko‘po‘lchamlilikni ochish vositasi sifatida Zimmel
dualizmni oladi. Dualizm tamoyili sotsial hodiisalami makon va
zamon korrelyasiyasida o‘rganishni taqazo etadi.
Zimmel sotsial hayotni faqat sotsiatsiya shakllari orqaligina
tushuntirish mumkin emasligini tushungan va shuning uchun ham o‘z
sotsiologik konsepsiyasiga falsafiy sotsiologiyani kiritgan. U o‘z
navbatida, sof sotsiologiyaning nazariy-metodologik va sotsial-
falsafiy dunyoqarash yo‘nalishni belgilab bergan.
4.
Zimmel konkret ilmiy tafakkur falsafaga o‘tib ketadigan ikki
chegara haqida gapiradi. Birinchisi, bilishning boshlang‘ich nuqtasi
haqida gap borganda namoyon bo‘ladi. Konkret fanlar shartlanmagan
bo‘la olmaydi: ularning har bir qadami isbot talab etadi, ya’ni mohiyat
va metodik xususiyat bilan asoslanadi. Aynan shu boshlang'ich
nuqtalami falsafa aniqlaydi va o‘rganadi. Ikkinchi chegara pozitiv
bilimning qismli mohiyati dunyoning manzarasini shakllantirish va
umuman hayot yaxlitligi bilan moslashish orqali o‘zini to‘ldirishiga
harakat qilganda namoyon bo‘ladi.
Sotsiologik muammolarni falsafiy asoslash muammosi Zimmel
tomonidan bilishning sotsiologik nazariyasini ishlab chiqish va sotsial
falsafani (Zimmelga ko‘ra, sotsial metafizika) yaratish muammosi
sifatida olib qaralgan.
Zimmel
sotsiologik bilish muammolariga,
ya’ni
haqiqiy
sotsiologik bilimni asoslash bilan bog‘liq boigan masalalarga katta
e'tibor qaratgan. Zimmelda bilishning o‘ziga xos nazariyasi sifatida
tarixiy bilish nazariyasi ilgari surilgan. U Zimmel tomonidan "Tarix
falsafasi muammolari" asarida bayon qilingan va sotsiologik tahlilda
umumilmiy metodlami (induksiya, tipologizatsiya va h.k. kabi)
211
qoilash bo‘yicha tavsiyalami o‘z ichiga olgan bilishning falsafiy
metodologiyasi sifatida o ‘rganilgan. 0 ‘z mohiyatiga ko‘ra, bu
metodlar sotsial-tarixiy voqea-hodisalaming mohiyatini anglab
yetishga imkon bermaydi. 0 ‘rganilayotgan hodisa tadqiqotchining
o‘zining yoki u o‘rganayotgan sotsial guruhning manfaatlari bilan qay
tarzda bog‘langanligini aniqlash talab etiladi. Buning natijasida hodisa
nafaqat fan tomonidan anglangan ob'ektlar qatoriga kiradi, balki
sotsial voqyelik, hayot nuqtai nazaridan tushunib yetiladi. Shunday
qilib, tushunish1 tom ma’noda va faqatgina sotsial bilishni ifodalovchi
usul sifatida namoyon bo‘ladi. Zero, ahamiyatlilikning rasmiy
umumilmiy mezonlari o‘miga yangi, mazmun bilan boyitilgan, o‘ziga
xos mezon ilgari suriladi.
Qachonki psixik jarayonlar asosida qurilgan ma’lum bir
anglangan sotsial harakat nafaqat harakat egasida, balki tadqiqotchida
ham xuddi shu reaksiyani keltirib chiqargandagina, faoliyatning u
yoki bu turini tushunarli yoki tushunib yetilgan deb hisoblash
mumkin. Harakat qiluvchini emas, balki «obyektiv» harakatni bunday
tushunish - jarayonning birinchi bosqichi hisoblanadi. Keyingi
bosqich, harakat qiluvchining motiv va hissiyotlarini tushunishni
nazarda tutadi. Bu yerda subyektiv ichki dunyoni emas, balki
harakatni umumqabul qilingan qadriyatlar doirasida asoslashga
harakat qilinadi. Bu yerda asosiysi shuki, tushunish natijasi sabab-
oqibatga oid aloqalami aniqlash emas, sabab va oqibatni ochib berish
emas, balki ushbu harakatning inson tasawurlari, talablari va
ehtiyojlari bilan aloqasi mantig‘idan iborat b o igan tarixiy harakatning
ma’nosini ochib berish hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan tushunish
nazariyasi o‘sha davrda hukmronlik qilgan, tabiiy fanlar usullariga
yo‘naltirilgan pozitivistik metodologiyaga qarshi yo‘naltirilgan.
Zimmel ijtimoiy-tarixiy izohlarni tan olinishini va bilishdagi sub'ektiv
komponentlaming rolini e'tiborga olishni talab qilgan. Tushunish
nazariyasi bir vaqtning o‘zida mazkur sub'ektiv tarkibiy qismlar
ustidan nazorat qilish vositasi b o iib xizmat qilishi lozim, chunki
qiziqishning
ishtirokini,
va
shuningdek,
sotsial
bilishdagi
qadriyatlaming tan olinishi ulaming tadqiqot ob'ektlarin tanlashdagi,
tushunchalami shakllantirish va izohlashdagi rolini aniqlashni talab
etgan.
1 Tushunish nazariyasi Zimmel tom onidan «Tarix falsafasi m uam m olari» asarining nem is tilidagi
ikkinchi (qayta ishlangan va tubdan o ‘zgartirilgan) n ashnda bosqichm a-bosqich rivojlantirilgan.
2 1 2
Va nihoyat, tushunish sof (formal) sotsiologiya va sotsial falsafa
o‘rtasidagi bog‘lovchi xalqa bo‘lib xizmat qildi. U formal sotsiologiya
tomonidan taqdim qilingan m a’lumotlami tarixiy anglash vositasi
bo‘lgan.
Zimmelning sotsial falsafasining asosiy mavzusi - tarixiy
rivojlanish
jarayonida
individuum
va
jamiyatning
o‘zaro
munosabatlaridir. Mazkur mavzu o‘zining turli variatsiyalarida
(individualizatsiya va taqlid qilish, integratsiya va erkinlik va h.k.)
barcha formal-sotsiologik tahlillarda, ulami aniq tarixiy mazmun bilan
to‘ldirgan holda ajralib turgan.
Individualizatsiya, inson erkinligining ortib borish jarayonini u
hayotning intellektualizatsiyasi va pul xo‘jaligi rivojlanishi natijasi
sifatida ifodalagan. Bu yerda qanday mantiq mavjud? Zimmelga ko‘ra
guruhning oicham i uning vakillarida individuallikning rivojlanish
darajasi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi aw al ham ta’kidlab
o‘tilgan. Guruhning o ‘lchami uning a’zolari foydalanuvchi erkinlik
darajasiga
proporsional,
unki
guruhning
kengayib
borishi
ijtimoiylashuv maydonining ham kengayishiga olib keladi, bu esa o‘z
navbatida, mavhumlashtirish qobiliyatini ochib berishga, intellekt va
tafakkuming o'sishiga olib keladi.
Zimmelga ko‘ra, intellektning kelib chiqishi va rivojlanishi pul
xo‘jaligining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o ‘zaro bog‘liq.
Tafakkuming paydo bo‘lishi va aulning paydo bo‘lishi jamiyatning
o‘zining "tarixiy" davriga kirishini belgilab beradi. Jamiyatning tarixi,
Zimmelga
ko‘ra,
bu
sotsial
hayotning
o‘sib
boruvchi
intellektualizatsiyasining va pul xo‘jaligi tamoyillari ta’sirining
chuqurlashishi tarixidir.
Shuni ta’kidlash lozimki, intellektualizm va pul xo‘jaligi Zimmel
konsepsiyasining
tarixiy-sotsiologik
konsepsiyasining
bosh
tushunchasi bir vaqtning o‘zida sotsiatsiya shakllaridan eng
mavhumlari sifatida namoyon boiadi. Mazkur shakllaming tahliliga u
o‘zining "Pul falsafasi" asarining, o‘sha davming kapitalistik turmush
tarzining ta’rifmi aks ettiruvchi oxirgi bobini bag‘ishlagan.
Zamonaviy
davming
o‘ziga
xos
xususiyati
bo‘lgan
intellektualizm haqida gapirar ekan u, intellektualizm awalgi
davrlarga xos bo‘lgan sub'ektivizmni va dunyoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri,
bevosita bilishni siqib chiqarayotganligini, va ulami mantiqiy
uslubning ob'ektivligi bilan almashtirayotganligini ta’kidlab o‘tgan.
213
Bulaming ban ruhiyo kechimnalarning chuqurligi va to‘liqligining
yo'qolishiga va hayotning umumiy hissiy daraj asming pasayishiga
olib keladi. Pullar esa, shuningdek, odamlaming munosabatlariga
"narsalaming qadriyatga oid munosabatlari"ning kirib borishiga
imkoniyat yaratadi. Zimmel mazkur masala yuzasidan quyidagicha
yozadi: "Pulli masalalarda barcha insonlar teng qadrga ega, biroq har
biri qadrga ega boigani uchun emas, balki ularning hech biri emas,
balki faqatgina pul qadrga ega ekanligi uchun". Pullar muloqotda,
boshqamvda, ishlab chiqarish jarayonining o ‘zida va boshqalarda
umumiy begonalashuvga olib keladi. Boshqa tomondan umumiy
begonalashuv individual erkinlikning o‘sishi bilan birga kuzatiladi.
Zimmelga ko‘ra begonalashuv va erkinlik, bitta medalning ikkita
tomonidir. Shu sababli u muloqot jarayonining, odamlaming bir-biriga
boigan munosabatlarinmg o ‘zining mohiyatining aniq ta’rifmi aytib
beradi. Uning fikriga ko‘ra, umumiy begonalashuv jarayonida
odamlar shaxsiy o‘zligining sifatini yo‘qotadilar, "bir oichamlilikka"
o‘tadilar, afzal ko‘ruvch\ va afzal ko‘rilmaydigan bo‘lib qoladilar,
Zimmelning
fikriga
ko‘ra,
inson
munosabatlarining
ramzi
fohishabozlik b o iib qoladi, chunki fohishabozlikning tabiati va
pulning tabiati aynan o‘xshashdir. Har bir yangi iste’molga yetkazib
beriladigan befarqlik, - deb yozadi Zimmel, ular har bir sub'ektni tark
etuvchi osonlik haqiqatda ularning hyech biri bilan bog‘liq emas; har
qanday yurakdan chiqqan harakatni yo‘q qiluvchi, sof vositalar
sifatida ularga xos bo‘lgan dunyoviylik - bulaming bari pullar va
fohishabozlik o‘rtasida o‘xshashlikni mavjud ekanligini tasdiqlashga
majbur qiladi.
Kant o‘zining mashhur m a’naviy imperativini shakllantirar ekan,
inson hyech qachon boshqa insonni vosita deb hisoblamasligi, balki
uni maqsad deb hisoblab, shunga muvofiq ravishda harakat qilishi
lozimligini ko‘rsatib o‘tgan. Bu tomonlama fohishabozlik - mazkur
tamoyilga tamomila zid boigan xulq. Inson bu yerda - vosita,
vaholanki har ikki ishtirokchi tomon uchun ham. Va fohishabozlik pul
xo‘jaligi bilan bog‘liq boigan eng chuqur obraz b o iib qolganligida
Zimmel chuqur tarixiy ma’noni ko‘radi.
Zimmel pullaming va mantiqiy tafakkuming hayotning barcha
jabhalaridagi: o‘z davridagi zamonaviy demokratiya, uning xuquqiy
institutlari, mafkuralari, fanidagi, badiiy ta’b tendensiyalaridagi
ijtimoiy vazifasini o‘rganadi. Va u, shuningdek, o‘zaro hamkorlikdagi
214
inson mavjudligining barcha sohalaridagi zamonaviy madaniyatning,
tabiat tomonidan belgilab berilgan, uni boshqaruvchi mazkur ikki
omilining "uslubiy" birligini o‘rganadi. Mazkur uslubiy birlik sotsial
hayotning fundamental shakllarining bo‘shab qolganligida, ulaming
mohiyatining uzilishida, ulaming o‘z-o‘zini boshqaruvchi o‘yinga oid
shakllariga aylanishida namoyon bo‘ldi.
5.
Zimmelning sotsiologik konsepsiyasining eng muhim elementi
madaniyat
sotsiologiyasidir.
Zimmel
o‘zming
sotsiologik
tadqiqotlarida xo‘jalik (iqtisodiyot) tizimining halokatli oqibatlarini va
o‘z zamonasidagi jiddiy qarama-qarshiliklari, ya’ni madaniyat
sohasidagi kapitalistik siviUzatsiyasining ta’sirchan manzarasini
chizib berdi. Ushbu jihatdan uning "Pul falsafasi" asari turli
mualliflaming
"kapitalizm
ruhi"ning
tahliliga
bag'ishlangan:
A.Zombartning "Zamonaviy kapitalizm"; M.Vebeming "Protestant
axloqi va kapitalizm ruhi" kabi ko‘plab asarlari orasida birinchisi
bo‘ldi. Zimmel ijodini o‘rganuvchilar uning "Pul falsafasi" asari
birinchi qatoridan boshlab to oxirgi qatorigacha kapitalizm ma’naviy
tuzumi va umuman zamonaviy davrni "ayblovchi hukm sifatida
yangraganini" ta’kidlab o‘tganlari bejiz emas. Shuningdek, u o‘zi
tomonidan
chizilgan
"umidsizlik"dan
chiqish
yo‘lini
ko‘ra
olmaganligini va uning dunyoqarashi o‘ta pessimistik bo‘lganligini
ham ta’kidlab o'tmaslikning iloji yo‘q.
Aynan shu mavzu “Pul falsafasi”ning asosiga qo‘yilgan. Zimmel
zamonaviy jamiyatda individlardan ajralib qoladigan va ular ustidan
hukmronlik qilishni boshlaydigan pul iqtisodiyotining paydo boiishi
bilan qiziqqan. Bu mavzu, o‘z navbatida, Zimmelning madaniyatning
butun boshli individ ustidan hukmronligiga bagishlangan yanada
yirik va mashhur asarining bir qismi edi. Zimmel fikriga ko‘ra,
zamonaviy dunyoda madaniyat va uning turli tarkibiy qismlari (pul
iqtisodiyoti ham) o‘ta kengayib bormoqda, va uning taraqqiy etishi
davomida individning qadr-qimmati pasayib bormoqda. Shunday
qilib,
masalan,
zamonaviy
iqtisodiyot
bilan b o g iiq
sanoat
texnologiyalari
taraqqiy
etsa
va
murakkablashsa,
alohida
mehnatkashning ko‘nikma va imkoniyatlari o'zining ahamiyatini asta-
sekinlik bilan yo‘qotib boradi. Oxir-oqibat mehnatkash nari borsa
ustidan ahamiyatsiz nazoratni amalga oshirishi mumkin boigan
sanoat mashinasi bilan to‘qnash keladi. Umumiy m a’noda, Zimmel
215
zamonaviy dunyoda madaniyatning yana keyingi taraqqiyoti individ
ahamiyatining pasayishiga olib kelishini ta’kidlaydi.
Zimmel tomonidan madaniyatning tushunilishi hayot falsafasi
tamoyillariga asoslangan. Hayot - bu boshlang‘ich tushuncha va holat
bo‘lib, rivojlanar ekan u hayvoniy holatdan ustunlikka erishadi, va
qaysidir ma’noda ma’naviylikka qadar ko‘tariladi. Hayot irratsional,
yetarli, obyektiv va o‘z mavjudligining obyektivligida qadriyatdan
tashqaridir. Masalan, mehnat, ijod kabi hayot faktlari faqatgina
o‘zlarining tabiiy mavjudligi doirasidan chiqa olsa, va muayyan
ideallar nuqtayi nazaridan qaraganda, madaniy kontekstga kirib borsa,
ya’ni "ruh, hayot o‘zini o‘zi bilish yo‘li bilan madaniyatni hosil
qilsagina qadriyat hisoblanadi. Madaniyat - bu "nozik, ong bilan
to‘ldirilgan hayot shaklidir, ma’naviy va amaliy faoliyat natijasidir".
Madaniyat - ikkinchi anglangan, ratsionallashtirilgan "tabiatdir".
Odamlaming moddiy va m a’naviy muhitda erishgan barcha yutuqlari,
barcha mahsulotlar - bu inson munosabatlarini tartibga soluvchi xoh
qurol, mashina, kitoblar, axloq, til, din, huquq, siyosat bo‘lsin, -
ulaming bari o‘zida tabiatda va hayotda ular sababli imkoniyatlar
amalga oshirilgan g‘oyalami qamrab oladi. Va nihoyat, tabiatni va
bevosita hayotimizni ’’madaniylashtirar ekanmiz", biz o‘zimizni
madaniylashtiramiz. Shunday qilib, Zimmelga ko‘ra madaniyat,
madaniy evolyutsiya tashqi kabi, bizning shaxsiy, insoniy tabiatimizni
ham qamrab oluvchi va o‘zaro bir-biri bilan bog'lovchi, hayotning
qadriyatga oid o‘sib borishining cheksiz jarayonidir.
0 ‘z mantig‘iga amal qilgan holda, Zimmel madaniyat hayotdan
ustun bo‘lgan holda o‘zining shaxsiy, nisbatan avtonom qonuniyatlar
va rivojlanish mantig‘iga ega bo‘ladi. Biroq bu yerda asosiysi shundan
iboratki, uning fikriga ko‘ra madaniyat hayot tartibidan ajralib
chiqishi bitan tegishli ravishda hayot mohiyatidan ham mosuvo
bo‘ladi, va o‘zida rivojlanayotgan hayot impulsini qamrab olish
qobiliyatini yo‘qotgan holda faqatgina "mantiqqa" aylanib qoladi.
Zimmelning yozishicha, "ijod lahzasida” madaniy hodisalar "balki
hayotga mos kelishi mumkin, biroq oxirgisining ochib berilishi bilan
ular sekin-astalik bilan unga begonalashadi va hattoki uning
"dushmaniga" aylanadi. Bunga misollar juda ko‘p: yerga ishlov berish
va dengizda suzish ehtiyojlariga xizmat qilgan astronomiya, "o‘zi
uchun" rivojlana boshlaydi; sotsial rollar o‘zining amaliy mohiyatidan
216
mahrum bo igan holda teatr rollariga aylar:b qoladi. Bulaming
barchasi - yuqorida gapirilgan "sof shakl"ga m'
b o ia oladi.
Zimmel madaniyatni tahlil qila turib, o‘?
os metodologiyani
taqdim etadi.
Subyektiv (individual) ir ^ n iy a t va obyektiv
madaniyatni bir-biridan farqlab, ular o‘rtasidagi tafovutni o ‘ziga xos
tarzda tushuntiradi.
Subyektiv madaniyat deganda, u individlaming moddiy va
ma’naviy qadriyatlar yarata olish imkoniyatlarini tushunadi, obyektiv
madaniyat deganda esa - narsalar, asboblar, ilmiy, diniy va badiiy
g‘oyalar, til, sogiom fikr, huquqiy va axloqiy tizimlar. Insonlar
tomonidan yaratilgan bu barcha madaniy elementlar o‘zining mustaqil
hayotiga, taraqqiyot m antigiga ega. Bundan tashqari, ob'ektiv
madaniyat o‘z yaratuvchilari bilan ziddiyatga kirishadi, u insonlar
uchun xavf-xatar va begonalashuvning yangidan-yangi shakllarini
yaratadi, insonlaming hissiyoti va xohish-istaklariga, bu orqali esa
sub'ektiv madaniyata ta’sir ko‘rsatadi.
Ob’ektiv madaniyat modemizatsiya jarayonida hajm jihatdan tez
suratlarda o‘sadi. Bunga Zimmel ilmiy bilimning misli ko‘rilmagan
tarzda o‘sishini misol qilib keltiradi.
Shuningdek, madaniy ob'ektlar differensiatsiyasi ham muhim
ahamiyatga ega. Asosiysi, ta’kidlaydi Zimmel - obektiv madaniyat
o‘z yaratuvchisi nazoratidan chetga chiqmoqda, o‘z hokimiyatiga ega
boiib, individlarga keng masshtablarda ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu
subyektiv madaniyatga xavf-xatar tug‘dirmoqda. Buni Zimmel
«madaniyat fojiasi» deb ataydi. Uning mohiyati shundaki, «biror
narsaning umumiy qadri oshgani sari uning individual tarkibi
qadriyatlari shu darajada kamayadi»1, Haqiqatan ham, bugungi kunda
obyektiv
madaniyatning
o‘sib
borishi
sub'ektiv
madanitning
so‘nishiga, individuallikning yo‘qo!ishiga olib kelmoqda.
Agar xulosa qiladigan boisak, u holda madaniyatning mavjud
m antigi hayotning mohiyatini hisobga olgan holda rivojlanayotgan
hayotning o‘zini namoyon qilish talablari bilan ziddiyatga keladi,
ya’ni o‘zida doimiylikni aks ettiruvchi madaniy shakl hayotning tabiiy
o‘suvchanligi bilan tortishuvlarga kirishadi. Natijada "hayot" oqimi
eskirgan shaklni buzib yuboradi va uni yangisiga almashtiradi. Va bu
holat cheksiz ravishda davom etadi. Shunday qilib, hayot va
1 Siramel G. The Philosophy o f M oney. - London: Routledge and K egan Paul, 1978. - P. 199.
217
madaniyat qarama-qarshiligini yo‘q qilish imkoni mavjud emas: hayot
o‘zini madaniyatdan tashqarida ifodalash imkoniga ega emas,
madaniyat esa hayotga o‘ziga o‘xshash ifoda (shakl) berishga qodir
emas. Zimmelga ko‘ra, madaniyatning o‘sish jarayoni - uning
rivojlanish
jarayoni
emas,
balki
madaniy
qadriyatlaming
relyativizatsiya jarayonidir, ya’ni hayotga mos boigan shakl mavjud
emas ekan, u holda madaniyatning rivojlanish mezoni ham boiishi
mumkin emas.
6.
Zimmel ijodiga bagishlangan mavzuni yakunlar ekanmiz,
uning merosi va sotsiologiya fani taraqqiyotidagi o‘rni haqida
to‘xtalib o‘tish zarur. Georg Zimmel Vebeming zamondoshi hamda
Nemis sotsiologiya jamiyatining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Zimmel ilk Amerika sotsiolog-nazariyotchilariga o‘zining o‘zaro
ta’sirlashuvga oid ishlari bilan tanildi. Marks va Veberda ko‘rishimiz
mumkin boigan ko‘p jildli asarlardan tashqari, Zimmel kambag'allik,
fohishabozlik, xasislik va isrofgarchilik, begonalashuv kabi o‘ta
dolzarb mavzularda bir qator ocherklar ham yozgan. Bunday
ocherklaming qisqaligi va materialga qiziqishning yuqori darajasi
Zimmel g‘oyalarining osongina tarqalishiga sabab boidi. Afsuski,
ocherklar Zimmelning sotsiologiya uchun nisbatan ahamiyatliroq
boigan boshqa yirik asarlarini to‘sib qo‘yib teskari samara ham berdi
(masalan, «Pul falsafasi» 1978-yilda tarjima qilingan). Shunday
boisada, o‘zining qisqa va mulohazali ocherklari bilan Zimmel ilk
Amerika sotsiologik nazariyasiga Marks va Veberdan ko‘ra kuchliroq
ta’sir
0
‘tkazdi1.
XX asming 20-30-yillarida empirik tadqiqotlar kuchayib,
nazariya inqirozga yuz tutgan boisada, Zimmel nazariyasi unutildi,
deyish mumkin emas. Germaniyada sotsial hodisalar shiddatli tus
olgan bir paytda Zimmel g‘oyalari va asarlari ikkinchi darajaga surib
qo‘yilgan boisada, AQShda uning ijodiga boigan qiziqish ortib
bordi. Zimmelning yaratgan ishlari Amerika sotsiologiyasining ilk
markazlaridan biri - Cnikago universiteti va uning asosiy nazariyasi -
ramziy interaksionizm shakllanishiga sabab boidi. Chikago maktabi
va ramziy interaksionizm Amerika sotsiologiyasida 1920-193 0-yillar
boshlarida hukmronlik qildi. Zimmelning g‘oyalari Chikagoda o!ta
mashhur edi. Buni quyidagi fakt bilan asoslash mumkin, ilk
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill, 2010. — P. 32.
218
davrlardayoq, Chikago maktabining asosiy vakillari - Albion Smoll
va Robert Park - Berlinda 1800-yillar ‘
'nazariyasi bilan tanishganlar. Park 1899-19''
llarda Zimmelning
ma’ruzalarida ishtirok etgan.
1890-yillar davomida Smoll u bilan yozishmalar yozishgan. Ular
Zimmelning g‘oyalarini Chikago fakulteti talabalariga tanitdilar,
uning ba’zi ishlarini tarjima qilib Amerika auditoriyasi e'tiboriga
taqdim etdilar1.
Zimmel
ijodini
o ‘rgangan
Fr.Tenbruk
uni
strukturaviy
funksionalizm asoschisi sifatida ham ta’riflaydi.
Zimmel asarlari yetarlicha baholanmagan deyish mumkin. Buning
sababi sifatida Zimmel ilmiy tilining murakkabligini olish mumkin,
uni tushunish o‘quvchidan juda katta mahorat talab etadi. Shunday
bo‘lsa-da, bugungi kunda ko‘plab sotsiologlar uning ijodiga qiziqish
bilan murojaat etmoqdalar.
Zimmel g‘oyalari ko‘plab sotsiologik nazariyalarda qayta
shakllantirilmoqda. Zimmel ijodi tarixini o‘rganuvchilar soni kundan-
kunga ortib borayotganligini unga bag‘ishlangan monografiyalaming
paydo boiishi bilan asoslash mumkin. L.Kozer iborasi bilan aytganda,
Zimmel «Dyurkgeym va Veber singari kuchli tarzda sotsiologik
tasaw um i rag‘batlantirishda davom etmoqda»2.
Do'stlaringiz bilan baham: |