Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

ASJ
1959-yilda Amerika 
Sotsiologiya Assotsiatsiyasiga o‘zgartirilgan -
ASA)1
va uni 1912-
1913-y illarda boshqargan.
Ilk Chikago sotsiologiya maktabi ko‘pgina jihatlari bilan ajralib 
turgan. Birinchidan, u din bilan kuchli aloqada boigan. B a’zi 
o‘qituvchilaming o‘zlari cherkov ruhoniylari bo‘lgan boisa, 
boshqalari - ruhoniylaming o ‘g‘illari boigan. Misol uchun, Smoll 
“sotsiologiyaning eng oliy maqsadi xristianlikka xos boiishdir”, deb 
hisoblardi2. Bundan sotsiologiyaning vazifasi - sotsial isohotlarni 
qoilab-quvvatlash ekanligi kelib chiqadi, va bu yondoshuv ilmiy 
sotsiologiyaning zarurligiga ishonch bilan yonma-yon mavjud 
boigan. Jamiyatni mukammallashtirish maqsadini ko'zlagan ilmiy 
sotsiologiya bilan o‘zlarida urbanizatsiya va sanoatlashuvning ham 
ijobiy, ham salbiy ta’sirlarini sezgan rivojlanayotgan Chikago olimlari 
shug'ullanishiga to‘g ‘ri keldi.
Quyida Chikago maktabining asosiy vakillari va ulaming ijodi 
bilan birma-bir tanishib chiqamiz. Chikago maktabi (1892-1935) 
faoliyatida odatda kamida ikki bosqich - tayyorgarlik va faol ishlash 
bosqichlarini ajratiladi.
Birinchi, tayyorgarlik bosqichi 1892-1915-yillarni, ya’ni Chikago 
universitetining sotsiologiya fakultetini tashkil etish vaqtidan boshlab 
to maktab yetakchilari R.Park va E.Byorjess tomonidan maktab
1
George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill. 2010. - P. 199.
2
George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-HiiL 2010. - P. 199.
313


faoliyatining asosiy bosqichida empirik sotsiologiyaning markaziy 
g‘oyalarini shakllantirishgacha bo‘lgan davmi qamrab oladi. Mazkur 
bosqichda yagona tadqiqot dasturi yaratilmaganiga qaramay, uni 
shakllantirishning boshqa muhim vazifalari hal etildi. Awalambor, 
universitetning sotsiologiya kafedrasi va sotsiologiya fakulteti atrofida 
nazariy 
va 
empirik 
tadqiqotlami 
birlashtirishning 
ko‘plab 
tarafdorlarini to'plashga muvaffaq boiindi.
Maktab 
faoliyatining 
tayyorgarlik 
bosqichida 
A.Smoll, 
Ch.Xenderson, J.Vinsent, U.Tomas rahbarlik qilishdi. Bu to'rtlikning 
xizmati Amerika jamiyatining e'tiborini sotsiologiyaga jalb etishdan, 
uni empirik tadqiqotlar ma’lumotlarini qabul qilishga tayyorlashdan, 
sotsiologiya fanining imkoniyatlari va istiqbollarini targ‘ib etishdan 
iborat edi. Ular liberalizm va erkinlik tamoyillarini umuman 
sotsiologiyaning asosiy g‘oyaviy doktrinasiga, qisman esa - Chikago 
universitetining sotsiologiya fakultetiga aylantirishga faol yordam 
berdi. 
Tayyorgarlik 
bosqichida 
AQSh 
da 
sotsiologiyani 
institutsionallashtirish muammosmi hal etishga erishildi. Masalan, XX 
asming eng boshidayoq sotsiologiya kursi mamlakatning 169 ta 
universiteti va kollejlarida o‘qitilar edi. Empirik tadqiqotlami faol 
o‘tkazish va ularning natijalarini targ‘ib etish boshlandi.
S. 
Chikago maktabining ikkinchi (asosiy) rivojlanish bosqichida 
(1916-1935) R.Park va E.Byorjess sotsiologiya va aniq empirik 
tadqiqotlar rivojlanishiga taalluqli markaziy, prinsipial qoidalami 
ifodalashga 
urindilar. 
Mazkur 
bosqich 
ko‘plab 
tadqiqotlar 
o‘tkazilishini, o‘nlab yirik ishlar chop etilishini, AQSh va yevropada 
sotsiologiya dunyosiga kengayib borayotgan ta’simi o‘z ichiga oladi. 
Bu vaqt ichida hamflkrlaming qudratli sotsiologiya hamjamiyati 
(norasmiy) tashkil etiladi (1920). Unga ular tomonidan e'tirof etilgan 
Park va Byorjess rahbarlik qiladi. Jamiyat Chikago universitetining 
o‘zida va undan tashqarida intellektual sotsiologiya kuchlarini 
birlashtirish maqsadida tashkil etilgandi va mamlakatlaming boshqa 
shahar hamda shtatlarida ishlayotgan universitet o‘qituvchilari, 
talabalari va bitiruvchilarini qamrab olgandi. U 15 yil davomida 
Parkning 1936-yili Chikagodan Neshvillga jo ‘nab ketishiga qadar 
norasmiy nazariy seminar va sotsiologiya ijodiyoti markazi b o iib
kelgan edi.
Quyida Chikago maktabining tan olingan yetakchilari Park va 
Byorjesslaming hayoti va ijod yoiiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
314


Chikago maktabining yetakchi vakili Robert Park (1864-1944)
1914-yil Chikagoda to‘iiq bo'lmagan stavkada o‘qituvchiIikka keladi 
va qisqa muddatda sotsiologiya bo'limida yetakchilik pog‘onasiga 
ko‘tariladi. Park ijodining sotsiologiya rivoji uchun muhimligini bir 
necha jihatlarda ko‘rish mumkin. Birinchidan, u Chikago bo‘limida 
XX asming 30-yillarigacha ustunlik qilgan Chikago bo‘limining 
yetkakchi vakiliga aylandi. Ikkinchidan, Park yevropada tahsil olgan 
va Chikago sotsiologlari diqqatini yevropalik mutaffakirlaming 
qarashlariga jalb qila olgan. Park Zimmeldan ta’lim olgan, va uning 
g'oyalari, ayniqsa uning harakat va o‘zaro harakatga urg‘u berishi, 
Chikago maktabining nazariy yo‘nalishlari taraqqiyotiga ta’sir 
ko‘rsatgan. Uchinchidan, sotsiolog bo‘lishidan oldin, Park reportyor 
bo'lgan, va bu malaka uning shahar hayoti muammolari va kuzatish 
yordamida empirik m a’lumotlami yig‘ish zarurligini anglab yetishiga 
sabab bo‘ldi. Bundan Chikago maktabining shahar ekologiyasiga 
jiddiy qiziqishi kelib chiqdi. To‘rtinchidan, Park aspirantlarga 
rahbarlik qilish borasida asosiy rol o‘ynadi, ularga «aspirantlar 
tadqiqot ishlarining jamoaviy dasturini» ishlab chiqishga yordam 
berdi. Nihoyat, 1921-yil Park va Byorjess ilk haqiqatda sotsiologiya 
uchun eng muhim kitobni, “Sotsiologiya faniga kirish” kitobini chop 
ettirdi. U ko‘p yillar mobaynida eng ahamiyatli kitob hisoblangan va 
o'zining ilmiy yondoshuvga, tadqiqotlarga va keng doiradagi sotsial 
hodisalami o‘rganishga sodiqligi bilan alohida e'tiborga molik edi. 
Kitob shunchalik fundamental ediki, talabalar unga “Yashii Bibliya” 
deb nom qo‘yib olishgan edi (uning muqovasi yashii rangda 
bo‘lganligi sababli).
“Sotsiologiya faniga kirish” asarida mualliflar ijtimoiy jarayonni 
musobaqa, ziddiyat, moslashuv va assimilyasiyadan tashkil topgan 
jarayon sifatida baholaydi. Musobaqa - insonning yashash uchun 
kurash shaklidir, u ongsiz ravishda amalga oshiriladi va ziddiyatga 
aylanadi. Ziddiyat esa o ‘z navbatida moslashuvga o ‘tadi va 
assimilyasiya - sotsial gumhlar munosabatlarining chuqurlashuviga va 
ular o‘rtasidagi chuqur ziddiyatlarga olib keladi.
Park sotsiologiya fanining predmetini tanlashda ijtimoiy tizimni 
global ekotizimning bir elementi sifatida talqin etish zarurligini 
ta’kidlaydi. Sotsiologiya va ekologiya fanlari tizimlami o‘rganishda 
aynan bir tamoyilga tayanadi, ekologiya o‘z vazifalari va tadqiqot 
usullari bilan sotsiologiyaga juda yaqin fan hisoblanadi. Jamiyatda
315


sodir boiayotgan jarayonlar, R.Park fikriga ko‘ra, yashash muhitidagi 
shart-sharoitlarga bo‘ysunadi 
va undagi 
o'zgarishlarga ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu tamoyil jamiyatga uning tabiat bilan birligi sifatidagi 
tizimli qarashning chuqurlashib borishiga olib keldi. Jamiyatning 
muhit bilan mutanosibligiga raqobat shakllari evolyutsiyasi vositasida 
erishiladi, hayvonlarga xos raqobat ijtimoiy raqobat bilan almashadi. 
R.Parkning bu g‘oyasi tabiatdagi yashash uchun kurash va 
jamiyatdagi raqobatning biryoqlamaliligi haqidagi xulosaga olib 
keladi. Sotsiologiya jamiyatning organizm va “biologik fenomen” 
sifatidagi evolyutsiya davomida shakllanuvchi kollektiv xulq-atvor 
namunalarini o‘rganadi. Sotsial evolyutsiya to‘rt bosqichda amalga 
oshadi, har qaysi ijtimoiy organizm shunga mos ravishdagi to‘rt 
tartibotni boshdan kechiradi:
-ekologik (atrof-muhit bilan bogiiq, jismoniy ta’sirlashuv); 
-iqtisodiy;
-siyosiy;
-madaniy.
R.Park jamiyatga ijtimoiy nazorat tashkiloti sifatida qaraydi. 
Ijtimoiy nazorat esa o‘zaro ta’sirlashuvda kollektiv xulq-atvomi qayta 
shakllantiruvchi ramzlar, belgilar va ahamiyatlar jamiyatidir. 
Tartibotlar jamiyatdagi dinamik muvozanatni ushlab turadi, erkinlik 
darajasi kamayadi.
0 ‘zining 1925-yilda nashr etilgan (Byorjess va Makkenzi bilan 
hammualliflikda) «Shahar: shahar muhitida inson tabiatini o ‘rganishga 
doir 
takliflar» 
monografiyasida 
R.Park 
ijtimoiy 
ekologiya 
muammolarini yoritib o‘tadi: ijtimoiy ekologiya shahami tarkibiy 
tuzilishga ega boigan, har bir alohida institut va guruhlarga ma’lum 
bir fimksiyalami biriktirgan o‘ziga xos organik birlik sifatida 
o‘rganish imkonini beradi. Ushbu asarda yashash uchun kurash 
tamoyili asosidagi tarqalish tamoyili ko‘rsatib o‘tilgan. (“Eng yaxshi 
narsalar eng yaxshilar uchun”).
Park sotsiologiyada marginal shaxs muammosini birinchi marta 
ilgari surgan olim sifatida ham tarixda qolgan. U birvarakayiga ikki 
dunyoda - o‘zi tugilib o‘sgan eski dunyoda va ta’lim oladigan, kasb 
egallaydigan va o‘zgacha turmush tarziga ega boigan yangi dunyoda 
yashaydigan inson tipi sifatida aniqlashtirishga imkon berdi1.
1
П арк Р.Э. К ультурный конфликт и м аргинальный человек // Социальные и гуманитарные 
науки. Сер. И . Социология. 1997. № 2. - С. 172-175.
316


1920-yillar oxiri - 1930-yillar boshlarida Park Chikagoda kam 
vaqt o‘tkazdi. Nihoyat, uning butun umri davomida susaymagan 
irqchilik munosabatlariga qiziqishi (sotsiolog bo‘lishidan oldin Buker 
Ti Vashingtonning xizmatida bo‘lgan) uni Fiska universitetiga olib 
keldi («qora» universitet), bu yerda u 1934 yildan ishlay boshladi. 
Garchi Chikago maktabining so‘nishi Parkning ketishi bilan umuman 
bogiiq boim asada, 1930-yillarda bu markazning ta’siri so‘na 
boshladi. Lekin Chikago maktabining so‘nishi va boshqa sotsiologik 
maktab va nazariyalaming vujudga kelishi to‘g‘risida gapirishdan 
oldin, Chikago maktabining ilk davrlariga qaytish va ijodi muhim 
ahamiyatga ega b oigan ikki olim: Charlz Xorton Kuli va ayniqsa Jorj 
Gerbert Midga murojaat qilish lozim1.
Charlz Xorton Kulining (1864-1929) Chikago maktabi bilan 
aloqadorligi o‘ziga xos, chunki u Michigan universitetida ishlagan. 
Ammo Kulining nazariy qarashlari Chikago maktabining muhim 
mevasi hisoblangan ramziy interaksionizm bilan bir oqimda boigan.
Kuli Michigan universitetida 1894-yilda falsafa doktori maqomini 
oldi. U sotsiologiya bilan jiddiy qiziqa boshladi, lekin u paytda 
Michiganda sotsiologiya boiim i yo‘q edi. Natijada uning doktorlik 
ishi borasidagi savollar Kolumbiya universitetidan keldi, u yerda 
Franklin Giddings boshchiligida 1889-yildan buyon sotsiologiya 
o‘qitilardi. Kuli Michiganda o‘qtuvchilik karerasini 1892-yilda 
doktorlik darajasini olgunga qadar boshlagan.
Kulining qarashlari ko‘p qirrali boiishiga qaramay, bugun u 
asosan ijtimoiy hayotning sotsial-psixologik jihatlarini tushunishga 
qo‘shgan hissasi bilan esga olinadi. Uning bu sohadagi ijodi Jorj 
Gerbert Midning ijodi bilan bir xil yo‘nalgan, lekin Mid Kuliga 
nisbatan sotsiologiyaga chuqur va uzoq ta’sir ko'rsatgan. Kulini ham 
Mid kabi ong qiziqtirardi, lekin u (Mid kabi) ongni sotsial kontekstdan 
ajratishni rad etgan. Buni ko‘zgudagi 
“Men”
konsepsiyasi juda yaxshi 
namoyon etadi. Bu konsepsiya insonlaming ongga egaligi va u sotsial 
o‘zaro harakat jarayonida shakllanadi, deya ta ’kidlaydi.
Kulining ijtimoiy-psixologik qarashlarini namoyish etuvchi va 
bugungi kungacha muhimligini yo‘qotmagan ikkinchi 
asosiy 
konsepsiya, — bu birlamchi guruh konsepsiyasidir. 

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish