Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


Tushunish - понимание - understanding



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

Tushunish - понимание - understanding 
- ob'ektiv olamdagi 
narsa va hodisalar haqida tasawur, tushuncha, hukmlar hosil qilish va 
ulami ongdagi mavjud bilimlar bilan bog‘lashdan iborat aqliy jarayon.
“Tushunuvchi” sotsiologiya - “Понимающая” социология -
“Understanding” sociology 
- Vebeming “ideal tip” nazariyasi 
asosiga qurilgan sotsiologik konsepsiyasi.
Xarizmatik hukmronlik - харизматическое господство -
charismatic domination -
Veberga ko‘ra, avtoritet, xarixmatik 
yetakchiga bo‘ysumshni nazarda tutuvchi hukmronlik.
278


V. PARETO SOTSIOLOGIK SISTEMASI
Reja:
1. Vilfredo Paretoning hayoti va ijodi
2. Pareto qarashlarining ilmiy va mafkuraviy asoslari
3. Jamiyat individlaming o‘zaro munosabatlari tizimi sifatida
4. Sotsiologiya metodologiyasi
5. Psixologik reduksionizm
6. Elita nazariyasi
1. 
Vilfredo Federiko Pareto italiyalik muhandis, iqtisodchi va 
sotsiolog olim. U elita nazariyasining asoschisi sanaladi. Uning 
fikricha, jamiyat piramidaga o ‘xshash tuzilishga ega boiib, uning 
yuqorisida elita, jamiyat hayotini boshqaruvchi va yo‘nalturuvchi 
sotsial qatlam joylashadi. Jamiyatning istiqbolli rivojianishi elitaning 
o‘z vaqtidagi almashinuvi natijasidir.
Italiyaning pozitivistik sotsiologiyasi eklektik hisoblangan. U 
o‘zida mexanitsizm, evolyutsionizm, vulgar biologizm va boshqa 
oqimlaming elementlarini birlashtirgan. Chezare Lombrozo (1836- 
909), Enriko Ferri (1856-929) va boshqa olimlarning konsepsiyalari 
bunga misol boiadi. Italiyalik siyosiy sotsiologiya sohasida ijod 
qilgan mashhur olimlari Gaetano Moska (1858-941), Robert Mixels 
(1876-936) va boshqalaming qarashlari ham e'tiborga molikdir. 
Vilfredo Paretoning ko‘p qarashlari ulamikiga monand hisoblanadi.
Biz ilk, dastawal konservativ boigan yevropa sotsiologik 
nazariyasi to‘g‘risidagi boiim ni italiyalik sotsiolog Vilferdo Pareto 
(1848-1923) to‘g‘risidagi qisqacha izoh bilan yakunlaymiz. Pareto o‘z 
davrining nufuzli kishisi edi, ammo uning bugungi kundagi roli 
minimal darajada. 1930-yillarda asosiy amerikalik nazariyotchi 
Talkott Parsons xuddi Veber va Dyurkgeymga bergandagidek e'tibor 
qaratib Paretoning ishlariga qiziqish borasida kichik bir portlash qildi. 
Shunday boisada, oxirgi yillar ichida uning asosiy konsepsiyasining 
ayrim jihatlaridan tashqari Pareto yana o‘z ahamiyatini va zamonaviy 
fikrga muvofiq o‘mini yo'qotdi1.
1 George Ritzer Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill. 2010. - P. 39
27 9


Vilfredo Pareto 1848-yil 15-iyulda Parijda italiyalik markiz 
xonadonida tavallud topgan. Uning otasi Rafael Pareto asli Genuya 
shahridan bo‘lib, liberal va respublikachilik qarashlari tufayli Parijga 
emigratsiya qilgan. Paretoning onasi Mariya Metene esa fransuz edi. 
Olim yoshligidan fransuz va italyan tillarini birday yaxshi bilgan. 
Ammo butun umr o‘zini eng aw alo italyan deb his qilganini aytib 
o‘tgan.
1858-yil Paretoning oilasi Italiyaga qaytishadi. U shu yerda 
yuqori darajada gumanitar va texnik m a’lumot oladi, ayniqsa 
matematikaga alohida e'tibor qaratadi. 1869-yilda esa Turindagi 
Politexnika maktabini tugatgach, «Qattiq jismlar muvozanatining 
fundamental 
tamoyillari» 
mavzusida 
dissertatsiya 
yoqlaydi. 
Muvozanat masalasi uning iqtisod va sotsiologiya sohalarida yozgan 
asarlarida ham asosiy o‘rinni egallaydi. Ko‘p yillar davomida Pareto 
temiryo‘l boshqarmasi va metallurgiya kompaniyasida yuqori 
lavozimlarda ishladi.
1874-yilda Pareto Florensiyada «Adam Smit jamiyati»ning faol 
a’zosiga aylanadi. Bu jamiyatning maqsadi -iqtisodiy liberalizm 
doktrinasini 
ilgari 
surish, 
rivojlantirish, 
targ‘ib 
qilish 
va 
himoyalashdan iborat edi. 1882-yilda Pareto Italiyada deputatlikka 
nomzodini qo‘yadi, lekin omadsizlikka uchraydi.
XIX asming 90-yillarda u siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. 
Ammo bu urinishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Ayni vaqtda 
mumtoz asarlami o‘rganadi, ulami tarjima qilish bilan faol 
shug‘ullanadi, ilmiy ommabop maqolalar chop etadi. 1891-yilda Leon 
Valras bilan tanishadi va bu tanishuv uning karerasida muhim 
o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, chunki Valras uni Lozanna universitetiga 
taklif qiladi, hattoki o‘zidan keyin kafedrani boshqarish taklifmi ham 
beradi. 90-yillaming birinchi yarmida Pareto iqtisodiy nazariya va 
matematik iqtisodiyot sohalarida bir qator tadqiqotlar o‘tkazib, ulami 
ommaga taqdim qiladi. Pareto 45 yoshdan pedagogik faoliyatini 
boshlab, umrining so‘nggi yillariga qadar Shveytsariyadagi Lozanna 
universitetida professor lavozimida ishlaydi, 1906-yilgacha faqat 
siyosiy 
iqtisoddan, 
1897-1917-yillarda 
Bolonya 
universitetida 
sotsiologiyadan ham dars beradi.
Pareto hayotining so‘nggi yillarida Italiyada fashistik rejim 
o‘matilayotgan edi. Mazkur rejimning ba’zi ko‘zga ko‘ringan 
namoyondalari va, eng awalo, Mussolining o‘zi ham o‘zlarini
280


Lozanna universiteti professorining shogirdlari, deb e’lon qiladilar. 
Shu tufayli Pareto 1923-yil Italiya senatori maqomini olishga sazovor 
bo‘lgan. Olimning o‘zi yangi rejimga nisbatan vazmin munosabatda 
bo‘lgan va uni liberal bo‘lishga, fanga erkinlik berishga chaqirgan.
Umuman olganda, pareto amakisidan qolgan meros hisobiga juda 
to‘kis hayot kechirgan. Pareto 1923-yil 20-avgustda Selinyada 
(Shveytsariya) vafot etdi. U umrining so‘nggi yillarini shu shaharda 
o‘tkazgan va shu yerda dafn qilingan.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Paretoning birinchi ilmiy ishlari 
iqtisodga bag‘ishlangan. Iqtisodchi sifatida, u ilm tarixida muhim 
o‘rin 
tutadi. 

daromad 
taqsimoti, 
monopolistik 
bozor, 
ekonometriyani shakllantirish va boshqa masalalarni o‘rganishga katta 
hissa qo‘shgan. Biroq, asta-sekin u inson haqida homo oeconomicus 
sifatidagi tasawurlaming noto‘g ‘ri va mos bo‘lmaganligini tushunadi. 
0 ‘z navbatida, bu Paretoning inson mohiyatini ratsionalistik 
tushunishni yetarli va to‘g‘ri emas, deb hisoblashi bilan bog‘liq edi. 
Natijada Pareto 
insonning haqiqiy mohiyatini bilish uchun 
sotsiologiyaga murojaat qildi. U 1897-yildan sotsiologiya bo‘yicha 
ma’ruzalar o‘qiy boshladi. Va o‘zining sotsiologik qarashlarini 
«Siyosiy iqtisod kursi» (1896-1897), "Sotsialistik tizimlar" (1902) va 
«Siyosiy iqtisod darsligi» (1906) kabi asarlarida bayon eta boshladi. 
Uning sotsiologik qarashlarini o‘zida to‘la aks ettirgan yirik asari 
“Umumiy sotsiologiya bo'yicha traktat” asari bo‘lib, Pareto bu asarini 
1907-1912-yillarda yaratdi. Bu asaming italyancha asl nusxasi 
birinchi marta 1916-yili, fransuzcha varianti esa 1917-1919-yillari 
chop etildi. Asar 2000 sahifa, 13 bob va 2612 paragrafdan iborat 
bo‘Iib, ilmiy uslubda yaratilgan. Bu asar 1935-yili AQShda qayta 
nashr etilganidan keyin muallifga katta shuhrat keltirdi1.
Seytlin Pareto o‘zining asosiy g‘oyalarini Marks nazariyasini rad 
etish sifatida ishlab chiqqanligini isbotladi. Zero, Pareto nafaqat 
Marksni, balki Ma’rifatchilik falsafasining salmoqli qismini ham rad 
qilgandi. Misol uchun, Ma’rifatchilik faylafasi vakillari ratsionallikka 
urg‘u bergan bo‘lsa, irratsionallik ko‘rsatkichlari, masalan inson 
instiktlarining 
ahamiyatini 
ta’kidlab. 
Bu 
urg‘ular 
marksistik 
nazariyani rad etish bilan ham bog‘liq edi. Ya’ni bu irratsional, 
instinktiv ko‘rsatkichlar muhim va o‘zgarishsiz bo‘lganligi sababli,
1 Зборовский Г.Е. И стория социологии: классический этап: учебник для вузов. 2-е изд. испр. и
доп. - Сургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2014. - С. 128.
281


iqtisodiy inqilob bilan dramatik ijtimoiy o‘zgarishlarga erishish uchun 
haqqoniy emas edi1.
2. 
Paretoning qarashlari shakllanishida muhandislik, matematika 
va iqtisod kabi fanlar bilan bir qatorda ijtimoiy-gumanitar fanlar ham 
katta ta’sir ko‘rsatgan. Iqtisodiy muvozanat nazariyasi asoschisi Leon 
Valras (umuman olganda ularning qarashlari bir-biriga zid bo‘lgan) 
bilan bir qatorda, qisman bo‘lsada, Nikkolo Makiavelli, shuningdek, 
sotsial darvinizm, instinktivizm, G.Lebon va G.Tard, Italiya 
kriminologik maktabi, fransuz faylasufi Jorj Sorelning zo‘ravonlik va 
sotsial afsona to‘g‘risidagi nazariyalari, Italiya siyosiy mutafakkiri 
Gaetano Moskaning boshqaruvchi va boshqariluvchilar to‘g‘risidagi 
nazariyasi katta ta’sir o‘tkazgan.
Marks nazariyasiga Pareto, odatda, salbiy munosabat bildirgan 
bo‘lsada, u tarixiy materializm va sinfiy kurashning ilmiy ahamiyatini 
tan olgan. Bu kurash insoniyat tarixi davomida doimo bo‘lgani va 
"mehnat va kapital o‘rtasidagi" mojarolarga barham berilsada, uning 
yo‘qolib ketmasligini ta’kidlaydi.
Pareto ilmiy ijodini tadqiq etuvchilar uning sotsiologik qarashlari 
shakllanishiga evolyutsiyaning katta ta’sir o‘tkazganligini bir ovozdan 
ta’kidlaydilar. Dastlab, u otasi kabi demokratik, liberal va 
insonparvarlik qarashlarini qo‘llab-quvvatlagan edi. Ammo keyin, 
taxminan 1900-yilga kelib, u zamonaviy Italiya siyosiy hayotidagi 
voqyea-hodisalar 
Paretoning 
yoshlikdagi 
g‘oyalarini 
chuqur 
umidsizlikka 
uchratdi. 
Bu 
umidsizlik 
o‘zining 
takabburligi, 
aristokratik qarashlari, siyosiy martaba va shaxsiy hayotidagi 
muvaffaqiyatsizliklari tufayli yanada kuchaydi. Jiddiy g‘oyaviy- 
psixologik inqirozni boshidan tez-tez o‘tkazgan insonda bo‘lgani kabi 
Paretoning dunyoqarashi va xarakterida ham asta-sekinlik bilan 
pessimizm va sinizm alomatlari sezila bordi.
Pareto doimo va shiddat bilan, tez-tez kinoyali tarzda siyosiy, 
axloqiy, metafizik ta’limotlaming “maskalarini” ocha boshlaydi, o‘z 
davrining demokratiya (uni "plutodemokratiya" deb ataydi), erkinlik, 
insonparvarlik, birdamlik, taraqqiyot, tenglik, adolat va boshqa shu 
kabi ijtimoiy ideallarini "fosh" eta boshlaydi. Amerikalik iqtisodchi 
B.Seligmen uni hatto "tug‘ma isyonchi" deb ataydi2.
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-KilL 2010. - P. 40.
2 Qarang Гофман А.Б Семь лекций по истории социологии: У чебное пособие 
д ля
вузов. - 5-е 
изд. - М : Книжный дом «Университет», 2001.
282


Sotsiologiya Pareto uchun sotsial ideallaming "niqoblarini 
yechish"da unga qurol sifatida xizmat qiladi. Sotsiologiyani bu tarzda 
qabul qilinishi Marks, Gobino yoki Gumplovich kabilar bilan 
yaqinlashtiradi. Chunki ular ham aynan sotsiologiya siyosat negizida 
turgan manfaatlami ochib berish uchun yaratilgan fan sifatida 
baholaydilar.
Bu munosabati bilan uning qarashlari Dyurkgeym qarashlariga 
zid edi, chunki u (Dyurkgeym) sotsiologiyani sotsial ideallami 
asoslovchi fan sifatida olib qarash lozim, deb bilgan. Dyurkgeym 
barcha dinlami o‘z mohiyatiga ko‘ra haq deb bilsa, Pareto aksincha 
ulaming barchasini xurofot deb bilgan. Dyurkgeym fan o‘zi 
o‘rganayotgan obyektni yo‘q qilishga intilishi kerak emas, desa, 
Pareto bu ob'ektni buzishga harakat qiladi.
Pareto, Dyurkgeym kabi, ideallaming haqiqiy amaliy kuchini tan 
oladi, undan farqli o‘laroq, ulaming hyech biriga ishonmaydi. Unga 
ko‘ra, bu samarali ish beradigan afsonalar, ataydan aldanish natijasida 
yaratilgan "nazariyalar", yoki elita o‘z hukmronligini amalga oshirishi 
uchun qoilaydigan yolg‘on vositalar hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Paretoning inson tabiati haqida ijobiy 
fikrga ega emasligi ajablanarli emas, chunki bu yerda biz unga 
N.Makiavellining “Hukmdor” asari ta ’sirini kuzatishimiz mumkin 
bo‘ladi.
Paretoning falsafiy antropologiyasi insonning birinchi navbatda 
o‘z xatti-harakatlarini hayolida rejalashtiradi, keyingina shu asosda 
harakat qiladi, degan ratsionalistik modelga qarshi qaratilgan. 
Paretoning fikriga ko‘ra esa, aksincha, inson birinchi harakat qiladi, 
keyin esa amalga oshirgan harakati natij alarming asoslarini (ko‘pincha 
soxta) izlab topishga harakat qiladi, ya’ni ratsionallashtiradi. Bu 
pozitsiya 
kutilmaganda 
3.Freydning 
psixologik 
himoya
mexanizmlaridan biri sifatida ishlab chiqqan ratsionalizatsiya 
konsepsiyasiga yaqin ekanligi ko‘rinadi.
Freyd bilan solishtirishni davom etgan holda shuni ta’kidlash 
lozimki, Pareto psixoanaliz asoschisi singari insonni tuyg‘ular 
instinktlar va mayllar bilan boshqariluvchi irratsional mavjudot deb 
hisoblaydi. Freyd singari u ham inson xulq-atvorining irratsional 
asoslarini ratsional tarzda tushuntirishga harakat qiladi. Uning 
fikricha, "traktafining asosiy va birdan-bir maqsadi - fizika, kimyo, 
astronomiya, biologiya va boshqa shunga o‘xshash fanlarda o‘zini
283


oqlagan metodlami sotsial fanlarda qo‘ Hagan holda eksperimental 
voqyelikni tadqiq etishdan iborat.
Shunday qilib, inson ratsional modeliga qarshi Pareto mantiq va 
tajribaga asoslangan ultraratsional fan pozitsiyasida turadi. Paretoning 
bu ratsionalizmi insonning haqiqiy motivlami yashirgan holda o‘zi va 
boshqalami aldab, o‘z xulq-atvorini ratsionallashtirishga qaratgan 
yolg‘on motivlar, illyuziyalar, "nazariyalar"ni ochib berish uchun 
mo‘ljallangan. 
Paretoning 
umumiy 
nazariy-metodologik 
orientatsiyasini hisobga olgan holda, agarda uning fanga bo‘lgan 
ishonch-e'tiqodi ham boshqa e'tiqodlari singari hayoliy bo‘lmaganida, 
uni ssientist, deyish mumkin bo‘lar edi.
Pareto ta’kidlaydiki, ma’lum bir nazariyalaming eksperimental 
haqiqati va ulaming sotsial jihatdan foydaliligi - bu tamomila ikki xil, 
bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan, hatto ko‘pgina holatlarda bir-biriga zid 
narsalardir. Sotsial strukturaning haqiqiy asoslarini tushuntirish shu 
asoslaming o‘zlari 
uchun xavfli 
hisoblanadi. 
Pareto quruq 
oliftagarchilik bilan o‘zining “Traktat”i haqida: agar uni ko‘pchilik 
kitobxonlar o‘qishini oldindan bilganimda edi, uni umuman yozmagan 
bo‘lar edim deb yozganligi zamirida shu sabab borligini tushunish 
mumkin1.
3. 
Paretoning fikricha, nazariyada axloqiy va umuman qadriyat 
elementlari doim faktlami buzib ko‘rsatishga olib keladi. Shuning 
uchun ulardan imkon qadar voz kechish talab etiladi.
Paretoning nazarida har bir nazariyani uch jihatdan ko‘rib chiqish 
mumkin:
1) obyektiv - muallif va uni qabul qiluvchi dan (retsipient) qat'iy 
naz.ar;
2) subyektiv - muallif va retsipientni e'tiborga olgan holda 
(odatda muallif nima sababdan o‘z nazariyasini yaratgani va ma’lum 
individ 
uni 
qabul 
qilayotganini 
aniqlash 
kerak 
bo‘lganida 
qoilaniladi);
3) utilitar - uning ijtimoiy yoki individual foydaliligi nuqtai 
nazaridan2.
Foydalilik nazariyaning obyektiv yoki subyektivligiga bog‘liq 
emas. Haqiqat neytral bo‘lib, o‘zining ijtimoiy sifatini ma’lum maqsad 
yo‘lida ishlatilganida topadi. Natijalar jamiyat uchun foydali bo‘lib
1 Pareto V. Trail'fi de sociologie gim urale // Pareto V. Oeuvres com plntes. Geimve, 1968. Т. XII. § 843.
2 Фарфиев Б.А., Н уруллаева У.Н. Социология тарихи. У слубкй кулланма - Тош кент, 2009. - Б.
284


chiqsa, nazariya ham foydali sanaladi. Aks holatda esa nazariya zararli 
hisoblanadi. Shu bilan birga Pareto hamma nazariyalami teng ravishda 
murakkab, cheklangan, deformirmatsiyaga uchragan deb hisoblaydi. 
Chunki unga qadar biror sotsiolog mantiqiy-eksperimental usuldan 
foydalanmagan.
Pareto «sotsial fakt» konsepsiyasini sharhlaganida obyektivlik va 
subyektivlik o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘ringan. U gnoseologik, 
moddiy yoki g‘oyaviy jihatdan, shuningdek, haqqoniyligi va 
murakkabligiga ko‘ra faktlar o'rtasidagi farqni ko‘rmagan.
Pareto monokauzallik (yagona sabab) tamoyiliga qarshi chiqqan. 
U sabab-oqibat munoabatlarining o‘miga o‘zaro bogiiqlik va o‘zaro 
aloqadorlikni (funksionalizm) taklif qilgan. Chunki sotsial nazariya 
jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha omillami e'tiborga olishi va ular 
o‘rtasida doimiy bogiiqlik munosabatlarini o‘matishi lozim. Shu 
asosga ko‘ra, Pareto bir chiziqli evolyutsiya konsepsiyasini rad etgan. 
U evolyutsiya bitta uzluksiz chiziq bo‘ylab rivojlanmasligini 
ta’kidlagan.
Pareto ilmiy terminologiyaning aniq bo‘lishiga katta e'tibor 
qaratgan. Ammo o‘zi qo‘llagan tushunchalarga qat'iy ta’riflar 
bermagan.
Paretoning asosiy g‘oyalaridan biri jamiyatning sekinlik bilan 
parchaiadigan va qayta tiklanadigan muvoznat holatidagi tizim 
ekanidir. Muvozanat tushunchasini Pareto Valrasning iqtisodiy 
nazariyasidan olgan boiib, unga mexanistik xarakter baxsh etgan. 
Tizimning bir qisimda sodir bo igan o‘zgarish boshqa qismiga ham, 
albatta, o‘tadi va «dinamik muvozanat» tiklangunga qadar butun tizim 
harakatga keladi. Pareto iqtisodni sotsial tizim ichidagi tag tizim 
sifatida ko‘rgan. Uning fikricha, iqtisodiy tizim ehtiyojlari va ratsional 
manfaatlari tufayli harakatga kelgan insonlardan tashkil topadi. Sotsial 
tizim esa murakkabroq sanaladi. Sotsial harakatda his tuyg‘uga ega 
boigan individlar ishtirok etadi. Individlaming psixik tuzilishiga 
bogiiq boigan hissiyotlari butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy 
muruwat hisoblanadi. Hissiyotlami boshqa ratsional kechinmalarga 
qaraganda tushunish qiyinroq boiadi.
4. 
Paretoning nazarida, uning sotsiologik tizimi XIX asr ijtimoiy- 
siyosiy qarashlarida asosiy o‘rinni egallagan jamiyat to‘g ‘risidagi 
metafizik va spekulyativ qarashlarga chek qo‘yishi kerak edi. U 
pozitivizm asoschilari Kont, Mill va Spenseming sotsiologik
285


nazariyalarini umuman olganda qo‘llab-quvvatlagan. Ammo, olim 
ulami haqli ravishda bilimni amaliy asoslash tamoyilini tartibsiz 
qoilaganini tanqid qilgan. Uning fikricha, sotsiologiya huquq, siyosiy 
iqtisodiyot, siyosiy tarix, din tarixi kabi har xil maxsus fanlaming 
sintezi bo‘lib, asosiy maqsadi jamiyatni yaxlit holatda o‘rganishdan 
iborat.
Jamiyatning tashkil topishi, faoliyati va o‘zgarishlarining asosiy 
tamoyillarini ochib berishda Pareto yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
mantiqiy-eksperimental usuldan foydalangan. U sotsiologiyani fizika, 
kimyo va astronomiya kabi aniq fanlar darajasiga ko‘tarishni istab, 
faqatgina amaliy asoslangan fikrlami bildirishni taklif qilgan. 
Kuzatishlar esa mantiqiy qoidalarga qat'iy rioya etilgan holda 
umumlashtirilishi zarur boigan.
Mantiqiy-eksperimental metod narsalaming "mohiyati", ulaming 
"zarur" aloqalari haqida m aium ot bermaydi. Ushbu metod faqat 
ehtimoiiy bilimlami beradi; unda o‘matilgan qonunlar bizga m aium
boigan makon va zamon chegaralari bilan chegaralangan bir nechta 
bir-biriga o‘xshash aloqalamigina ifodalaydi.
Hatto rasmiy mantiqning barcha qonunlari, qat'iyan, shunga 
o‘xshash tarzda talqin qilinishi kerak. Misol uchun, mashhur 
sillogizm: "Barcha odamlar oiim ga mahkum; Suqrot - odam; demak 
Suqrot oiim ga mahkumdir" - eksperimental nuqtai nazardan 
quyidagicha boiishi kerak:"Biz bilgan barcha odamlar o iib
ketishgan; biz bilgan Suqrot ham o‘z belgilariga ko‘ra o‘sha odamlar 
toifasiga kiradi, shuning uchun Suqrotning ham o iishi ehtimoli bor"1. 
Agar rasmiy mantiq qonunlari, xuddi shunday xarakterga ega boisa, 
unda bu ayniqsa, sotsiologik qonunlarga to‘g‘ri keladi.
"Harakat" konsepsiyasi sotsiologik tahlilning bir boiagi sifatida 
XIX asr oxiri - XX asr boshlari sotsiologiyasiga juda xosdir. Biz uni 
psixologik sotsiologiya va Maks Veberda ko‘rishimiz mumkin. U shu 
davming fizikasida boigani kabi, sotsiologlaming qiziqishlarini 
sotsial makrodunyodan sotsial mikrodunyoga qarab o‘zgarganligini 
namoyon etadi. Pareto makro-sotsial tizimlar, global jamiyatlar, katta 
sotsial guruhlar masalasini rad etmaydi, lekin uning sotsiologiyasining 
bashlangich nuqtasi sifatida inson harakatining turli ko‘rinishlarini 
tahlili xizmat qiladi.
1 Pareto V. TraifS de sociologie gim urale // Pareto V. O euvres complntes. Geimve, 1968. Т. X3I. § 97.
2 8 6


Pareto sotsial harakatning mantiqiy va mantiqiy bo‘lmagan 
turlarini ko'rsatgan. Ular o‘rtasidagi farqni anglash uchun esa olim 
sotsial harakatni tarkibiy elemenlariga ajratgan. Bular:
- tashqi kuzatilgan harakat;
- uning ratsional asoslanishi;
- harakatlanuvchi shaxsning psixik holati.
Pareto individning psixik holatini sotsial fenomenning «ob'ektiv» 
asosi, deb bilgan. Uning sub'ektiv asosi esa harakatlanuvchi shaxsning 
ratsional tarzda keltirgan dalil-isbotlaridir.
Paretoning fikricha, sotsiologlaming asosiy xatosi ulaming 
voqyelikning 
obyektiv tomonidan 
ko‘ra 
subyektiv 
tomonini 
o‘rganishlaridir. «Obyektiv» sotsiologik tadqiqot esa shaxsning psixik 
ko‘rsatmalarini va ular asosida kelib chiqqan «mantiqiy bo‘lmagan» 
harakatlami o‘raganishi kerak. Aynan shunday harakat inson hayotida 
ko‘p uchraydi.
Paretoga ko‘ra, «Mantiqiy bo‘lmagan» harakat o‘ziga xos 
tuyg‘ular mantiqiga asoslanadi. Mantiqiy harakatdan farqli o'laroq 
ular insonning ongli mushohadasi va mulohazasi, balki hissiyotlari, 
ya’ni irratsional psixik jarayon mahsuli sanaladi. Misol uchun 
ilohlaming marhamatiga erishish uchun qilingan qurbonlik va boshqa 
diniy marosimlar orqali o‘z maqsadiga yetishdir. Bu kabi vositalar 
maqsad bilan ob'ektiv tarzda bog‘liq emas, shuning uchun unga 
yetishtira olmaydi.
«Mantiqiy» harakat esa, aksincha, aql va normalar bilan 
boshqariladi. His-tuyg‘u va irratsional holatlar unga yotdir. Mantiqiy 
harakatlar maydoni asosan tabiiy fanlar, texnika, ayrim harbiy, 
siyosiy, huquqiy harakatlar va iqtisodiyotdir. Mazkur holatda vosita va 
maqsad o‘zaro ob'ektiv mantiq bilan bog‘lanadi. Shuning uchun ham 
maqsadga yetishishni ta ’minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, bu yerda 
vositalar maqsadga muvofiq (adekvat) sanaladi.
Boshqa harakatlar "mantiqsiz" deb ataladi, bu "mantiqqa qarama- 
qarshi" degani emas.
Umuman olganda, mantiqiy harakatlar juda kam uchraydi; 
ijtimoiy hayotda noaniq harakatlar hukmronlik qilmoqda. Mantiqiy 
harakatlar nizolarga asoslangan, mantiqiy bo‘lmagan - tuyg‘uga 
asoslangan. Ammo ikkinchisi insonning ichki instinkt harakatlaridan 
farqli o‘laroq, aql-idrokni ham o ‘z ichiga oladi.
287


Pareto individning mantiqiy bo'lmagan va irratsional tabiatini 
inobatga olib, insonning xatti-harakati hech qachon mohiyatan 
ko‘rinishiga muvofiq kelmaydi. Insonlar hissiyotli va ongli mavjudot 
bo‘lgaini uchun hissiyot va aql o‘rtasidagi ziddiyat kelib chiqadi. 
Pareto hech ikkilanishsiz hislami birinchi o‘ringa qqygan. Chunki u 
insoniyat tarixini harakatga keltiruvchi asl kuch sifatida inson 
hissiyotlarini ko‘rgandi.
Pareto inson faoliyatining emotsional sohasini sotsiologik 
tizimining asosiy bo‘g‘ini ekanini ta’kidlagan holda u faqatgina 
ma’lum harakatlarda namoyon bo‘lgan va shu asosda tasniflanadigan 
emotsiyalami e'tiborga molik deb aytgan. Ular o‘zgarmas, doimiy va 
shuning uchun «sotsial 
muvozanatni 
aniqlovchi» 
elementlar 
hisoblanadi. Pareto bu elementlami o‘ziga xos tarzda nomlagan va 
ulami taijima qilish yetarlicha mushkul - «rezidui» (ital. residuo, 
frans. «rtfeidu»). Bu so‘z kimyo fanida «qoldiq» yoki «cho‘kindi» 
ma’nolarini ifodalaydi.
5. 
Insonlami o‘zlarining mantiqiy bo‘lmagan harakatlarini 
mantiqiy deya tasaw ur qilishlari asosiga qurilgan nazariyalarda 
barqaror va beqaror elementlar mavjud. Barqaror elementlami Pareto 
yuqorida ta’kidlaganimizdek, «qoldiq» deb nomlaydi, ikkinchisini esa 
«hosila» («derivatsiya») tushunchasi bilan ifodalaydi1.
Garchi Pareto qoilanilayogan atamalaming aniq ta’rifmi talab 
qilsa-da, yuqoridagi terminlami qo‘llaganda boshqa fanlardagi asl 
mazmun-mohiyatiga juda katta e'tibor qaratish zarur emasligini 
ta’kidlaydi. «Qoldiq»lar mantiqiy bo‘lmaganligi bois insonning asosiy 
hissiyot va instinktlarining namoyon bo‘lishini ifodalaydi. Shu bilan 
birga, Pareto ulami o‘zlariga mos keladigan his-tuyg‘ular va 
instinktlar bilan qorishtirib qo‘ymaslikni ta’kidlaydi. «Qoldiq»lar 
«nazariya»laming 
(eng 
barqaror, 
o‘zgarmas 
va 
universal) 
elementlaridir. 
Xuddi 
termometrdagi 
simobning 
ko‘tarilishi 
haroratning oshishini namoyon etganligi kabi, ular ham hissiyot va 
instinktlaming namoyon boiishini ifodalaydi. Shu bilan birga, u o ‘z- 
o‘zidan mos keladigan his-tuyg‘ular va instinktlar bilan qorishtirishni 
shart emas deb ta’kidlaydi, chunki ular aniq elementlar (eng barqaror, 
o‘zgarmas va universal) va "nazariya"lardir. «Qoldiq»lar ishtaha, 
qiziqish va hokazolar kabi sotsial muvozanatni yaratishda muhim rol
1 Парето В. Трансформация дем ократии // Западно-европейская социология X IX - начала XX 
веков: Тексты. - М ., 1996. - С 156.
288


o‘ynaydi. Bunga misol tariqasida Pareto quyidagi iborani keltiradi: 
“Suv 100 gradus haroratda qaynaydi”1.
Demak, «qoldiq»lar his-tuyg‘u, emotsiya, ehtiros, instinkt, psixik 
holatlar va moyilliklaming asosi sifatida tug‘ma, tabiiy va tashqi 
omillar ta’siriga berilmaslik xarakteriga egadirlar. Ular ichki biologik 
impulslar sanalib, inson sotsial harakatini aniqlab beradi. Bir qancha 
tag guruhlarga bo‘lingan olti asosiy «qoldiq» guruhlar asosida Pareto 
insonning turli-tuman harakatlarini tushuntirib berishga intilgan. U 
tarixiy harakatlami yanada tizimlashtirish oqibatida birinchi ikki 
«qoldiq»ning o‘mini yuqori baholagan.
Birinchi guruh - «kombinatsiyalar instinkti». Paretoning fikricha, 
u barcha sotsial o‘zgarishlaming asosida yotadi. Bu insonning terish, 
joyini almashtirish, narsalami kombinatsiyalashga bo‘lgan ichki 
psixologik moyilligi bo‘lib, mazkur harakatlami inson birinchidan, 
qoniqish olish, ikkinchidan, bundan tiyilib turolmagani uchun 
bajaradi.
Ikkinchi guruh - «agregatlami saqlashda qat'iylik». Qachonlardir 
qaror topgan aloqalami quw atlash va saqlashda namoyon boiadi. Bu 
konservativ tuyg‘u yangilikka qarshilik, istalgan o‘zgarishlami 
nisbatan dushmanlik kayfiyatida kutib olish kabilarda namoyon 
boiadi.
«Qoldiq»laming boshqa guruhlariga Pareto insonning ijtimoiy 
harakatlarda o‘z tuyg‘ularini ko‘rsatish ehtiyoji, ijtimoiylik bilan 
b ogiiq «qoldiq»lar, individning o‘ziga tegishli mulk bilan yaxlitligi 
va jinsiy «qoldiq»ni kiritgan.
Yuqoridagi tasniflashning juda noqulay va noaniq xarakteri juda 
ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Buni uning o‘zidan tashqari boshqa 
hyech kim tushunmasligi, sotsiologiya tarixida "qoldiq'iar va 
"hosila'iar tushunchalarini deyarli hech kim ishlatmagan ajablanarli 
emas.
Paretoning o‘zi "qoldiq"ning tasniflashning dastlabki xususiyatini 
tan oldi. Shunga qaramay, tanlangan sinflaming har birini batafsil 
tahlil qiladi. U birinchi-ikki sinf uchun asosiy ahamiyatga ega. 
Ulardan birinchisi, "kombinatsiyalaming instinkti" ijtimoiy o‘zgarish 
tendensiyasini aks ettiradi; ikkinchi, "agregatlami saqlashda qat'iylik",
1 Pareto V. Traiffi de sociologie giraurale // P aieto V. Oeuvres complntes. Geirnve, 1968. Т. XII. § 875.
289


u ijtimoiy shakllaming o‘zgarmasligi tendensiyasini, konservatiznmi 
anglatadi.
Bir jamiyatning "qoldiq"lari, odatda, boshqasining "qoldig‘i"dan 
ancha farq qiladi. Ular muayyan jamiyatning bir qismi sifatida shu 
jamiyat doirasida biroz o‘zgarishi mumkin. Ammo ulaming har bir 
jamiyatdagi turli qatlamlardagi taqsimoti juda o‘zgaruvchan.
"Qoldiq" - bu insonning mantiqiy bo‘lmagan harakatlarini 
"mantiqiylashtiradigan" 
"nazariya"laming 
doimiy, 
barqaror 
elementidir. Ular "his-tuyg‘u"lami bevosita namoyon etib, ulaming 
mavjud qatlami tubida yotadi.
Paretoning ta’kidlashicha, "qoldiq"ning oltita sinfi G‘arbning ikki 
ming yillik tarixi davomida barqaror qolgan. Shu bilan birga, har bir 
sinf ichidagi quyi sinflar unchalik barqror emas; ulardan ba’zilarining 
kuchayishi boshqalarining zaiflashuvi bilan qoplanishi mumkin.
Pareto g‘oyalarining mashhur bo'lishiga Amerika sotsiologi 
Talkott Parsons katta hissa qo'shgan1. U "qoldiq"laming ikki 
kategoriyasini ajratadi: instinktlar bilan, ya’ni biologik impulslar 
bog‘liq "qoldiq"lar va normativ "qoldiq"lar, ya’ni boshqacha 
aytganda, qadriyatlar. Pareto esa "qoldiq"laming bu ikki toifasini 
farqlamaydi. Paretoning "qoldiq" instinktni (hissiyot va h.k.) namoyon 
qiladi, deganda "borligini bildiradi", degan ma’noni nazarda tutadi.
Qachonki u qadriyatni namoyon etganda bu: verbal yoki ritual 
xulq-atvomi ifodalaydi. Paretoga ko‘ra, «hosila» yoki «derivatsiya» 

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish