8-mashq. Kuchni rivojlantirish uchun mashqlar kompleksi:
a) 1 daqiqa davomida bajariladigan majmuaviy kuch mashqi:
ushbu mashq 1 daqiqa davomida bajariladi. Bunda, dastlabki “Diqqat” komandasi va “Mashqni bajarishga KIRISHILSIN” ijro komandasi berilgach: dastlabki 30 soniya davomida – yuqoriga qarab yotgan holda, qo‘llar belga keltirilgan, oyoqlar juft uzatilgan dastlabki holatdan qo‘l uchi oyoq uchiga keltirilgan tarzda bukilish amallari maksimal ko‘p marotaba bajariladi (ayni vaqtda oyoqlarning sezilarsiz bukilishiga yo‘l qo‘yiladi. Dastlabki holatga qaytganda kurak erga tegishi shart);
30 soniya o‘tib, “VAQT” ijro komandasi berilgach, navbatdagi 30 soniya davomida – qo‘llar erga tayangan holat qabul qilinib, dam olish uchun tanaffus qilmay, tana uzatilgancha, qo‘l bukish va to‘g‘rilash amali maksimal ko‘p marotaba bajariladi (qo‘llar, ko‘krak qafasi erga tekkunga qadar bukiladi).
Birinchi yosh guruh harbiy xizmatchilari, OHTMning uchinchi va undan yuqori bosqich kursantlari uchun 8a mashqining me’yori:
mashqning nomi: kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi (marotaba);
mashqning raqami: 8a mashq;
kiyim rusumi: 2,3;
Do'stlaringiz bilan baham: |