Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi


Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/139
Sana22.07.2022
Hajmi1,32 Mb.
#836123
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   139
Bog'liq
4aac197b9862bee10c3328de4cd64a92 JISMONIY TARBIYA VA SPORT NAZARIYASI VA METODOLOGIYASI

 Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar
 
1. Саломов Р.С. Спорт машғулотнинг назарий асослари – Тошкент., Ўз ДЖТИ, 2005 йил - 
238 б.
2. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., “Iqtisod -moliya” 
2008 yil - 300 b.
3. Матвьев Л.П. Теория и методика физического воспитание Москва – 2005 г. 
Qo’shimcha adabiyotlar 
1. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш Тошкент., 
Ўз ДЖТИ, 2005 й - 171 б.
2. Туленова Х.Б. Малинина Н.Н., Умумривожлантирувчи машқларни ўргатиш методикаси, 
ТДПУ, 2005 й 
3. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси Тошкент., 
ЎзДЖТИ, 2005 йил - 300 б.
Xorijiy adabiyotlar
1.Bcunen G., Claessens A., Lefere J., Ostyn M, Reuson R., Simons J. So-matotype as related to age 
peak velosity in height, weight and static strength in boys // Hum. Biol.- 1987.- №4.- P. 
2.Campboll S.B. Benaviour problems in preschool children: clinical and developmental issues. New 
York: Guilford Press, 1990. 
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz 
2. www.pedagog.uz 
3. 
www.ziyonet.uz


82 
Mavzu. So'z, grafik, matematik-statistik uslublaridan foydalanishni takomillashtirish.
 
Reja: 
1.Dars jarayonida so'z, grafik moduli eksperement metodi, labaratoriya eksperementi.
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy izlanish uslublaridan foydalanadi. 
Hozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo’lib, qo’shma fanlarning tadqiqot 
uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va ijtimoiy-tarixiy izlanish 
uslublariga ko’proq ehtiyoj sezilayotganligi ahamiyatga molik.
Jismoniy tarbiya nazariyasining 
asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - 
nazariy tahlil va 
umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik hisoblashdan iboratdir.
Ilmiy tadqiqotda nazariy tahlil va umumlashtirish usuliyati 
Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to’la tahlil qilish va 
umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to’liq o’rganib chiqish juda qiyin. U har 4-5 
yilda yana shunchadanga ko’payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqidagi 
maqolalar bir necha marotaba ko’paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - “bibliografiya” fani 
tadqiqotchining ishini engillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro’yxatini 
tuzib chiqadi. 
Retrospektiv uslub 
orqali sistemaga solish ma’lum davr ichidagi mavjud 
adabiyotlarning ilmiy yo’nalishi bo’yicha yangiliklarga qisqa izoh beradi. 
Bundan tashqari, tadqiqotchi “
bibliografik
tavsifno-ma
”dan ham foydalaniladi. Tavsifnoma 
yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirgan 
holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi. 
Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi bo’lib, 
tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri 
bilan taqqoslaydi. 
Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir usuliyati 
hujjat materiallari ustida ishlashdir

Jismoniy tarbiyaning ko’p tomoni amaliy mashgulotlar uchun tuzilgan rejalar, kundaliklar, 
konspektlar, hisobotlar va shunga o’xshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan 
holda tuzilgan bo’ladi. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o’rganish kutilmagan natijalarni berishi 
mumkin. Masalan, jahonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shugullanish rejalarini 
solishtirish, malakali sportchilarning kundalik-lari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yuklarning hajmi, 
miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga manba bo’lishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot uchun 
musobaqa materiallari
, ko’p yillik trenirovkalarning natijalarini 
o’rganish ham tadqiqot ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. 
Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xil 
anketalar
ham 
hujjat materiallari 
bo’lib xizmat qilishi 
mumkin. Tuzilgan savollarga “ha” va “yo’q” deb javob berish ham ko’p xulosalarga olib keladi.
Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot usuliyati 
Tadqiqotchi qo’llayotgan bu usuliyatning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o’zi 
tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Hayotdagi kuzatishdan farqli o’laroq, bu usuliyat kuzatish 
predmetini aniq o’rganadi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga 
oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni izlanishda qo’llashi oson kechadi. Maxsus bayoennomalar, 
yozuvdagi shartli ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi 
kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina bogliq bo’lmasligi lozim, chunki o’rganilayotgan dalillar, 
ularni natijalari ko’pchilikda turlicha fikr hosil bo’lishiga olib keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni 
shundaki, bir vaqtni o’zida bir necha kuzatuvchi bir ob’ektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi. 
Bunda ayrim apparatlar o’sha harakatning bajarilishini qayta takrorlashi yoki tadqiqot o’lchoviga 
qarab uni foto, kinospyomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar) orqali kuzatish lozim 


83 
bo’lgan xulosalarni qiladi. Bunday xulosalar ob’ektiv bo’ladi. Uni ijrosidagi kamchiliklar yoki 
yangiliklarni takroriy ko’rish imkoni bor. Lekin qator sport turlari, harakat faoliyati va harakat 
aktini baholashda baxslar, munozaralar qilishga to’gri keladi. Xulosalar sub’ektiv bo’lib yakuniy 
xulosa natijasiga salbiy ta’sir qilish hollari ham uchraydi. 
Hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi harakatlarni ijrosi bajarilishidagi ayrim dalillar va 
ular haqidagi xulosalarda noaniqlikga yo’l qo’yilishi mumkin. Masalan, badiiy gimnastika, 
akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va boshqalarda harakatni ifodalanishi bayoni faqat ko’z 
bilan baholanadi. Qator hakamlarning har qaysisi o’z fikrini o’zicha bayon qiladi, umumiy xulosa 
shunga qarab chiqariladi. Bunday kuzatish usuliyati tadqiqotchi yoki kuzatuvchida o’ta kuchli 
salohiyatni talab qiladi. 
Keng tarqalgan, aniq hisobga olish usuliyatlaridan biri 
xronometrlashdir
. «Xrono»-vaqt, 
«metr» ulchov demakdir. Bunda harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija tahlil 
qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo’lgan vaqt yoki darsni, 
trenirovka mashgulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlash 
mashgulotning asosiy vaqtini samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish