Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari jarayonida ta’lim berishning o’ziga xos xususiyatlari mundarija



Download 198,5 Kb.
bet6/26
Sana30.04.2022
Hajmi198,5 Kb.
#597966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
шарипов мажид

Jismoniy tarbiya tadbirlari. O’quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalash bo’yicha ish shakllari quyidagilar: Jismoniy tarbiya darslari; o’quv kuni tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari: ertalabki badan tarbiya, darsda jismoniy madaniyat daqiqalari, tanaffusdagi harakatli o’yinlar; jismoniy tayyorgarlik va sport to’garaklari, mashg’ulotlari, sport musobaqalari va bayramlari, sayyohlik yurishlari va turizm, oilada va yashash joylarida jismoniy tarbiya tadbirlari bilan shug’ullanish.
O’quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalashda o’quv kuni tartibidagi jismoniy madaniyat tadbirlari muhim rol o’ynaydi. Ulardan asosiylari quyidagilar: ertalabki badan tarbiya, dars vaqtida o’quvchilarni toliqishdan saqlash uchun o’tkaziladigan jismoniy madaniyat daqiqalari va tanaffuslardagi harakatli o’yinlar bilan uyushgan holda o’tkazish. Yuqoridagi tadbirlarning barchasi o’quv kuni davomida jismoniy tarbiyaning muayyan vazifalarini hal etishga, o’quvchilarni o’quv mashg’ulotlari jarayonidagi aqliy faoliyatiga tayyorlashga qaratilgandir.
O’quv kun tartibi davomida o’tkaziladigan jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari bilan bir qatorda, darsdan tashqari ishlar ham muhim o’rin tutadi. Jismoniy tarbiyaga oid darsdan tashqari ishlar maktablardagi jismoniy tarbiya o’quv ishlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga yordam beradi. Bu ish jismoniy tayyorgarlik va sport to’garaklarida, bolalar guruhlarida ekskursiya va sayyohlik yurishlar, o’yinlar, sayrlar shaklida sport ko’ngil ochishlari, musobaqalar, jismoniy madaniyat tadbirlari va bayramlarini uyushtirish yo’li bilan o’tkaziladi. O’quvchi va talabalarning yashash joylari va oilada jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash uchun ota-ona va kattalar rahbarligida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini, o’yin va musobaqalar bellashuvlar, hamda foydali mehnat bilan shug’ullanishini tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya tamoyillari. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida bir qator tamoyillar mavjud. Ulardan jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillari, uslubiy tamoyillari, sport turlarining xususiy tamoyillarini keltirib o’tish mumkin. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
1. Jismoniy tarbiyaning mexnat va amaliyot bilan aloqasi.
2. Shaxsni xar tamonlama kamol toptirish.
3. Jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirish vazifasi.
Jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy jismoniy tayyorgarlik bilan aloqasi: Bu tamoyil jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatini, odamlarni faoliyatga, hayotga tayyorlashdan iboratligini ifodalaydi. Jismoniy tarbiyaning barcha sistemalarida bu qonuniyat o’ziga xos ifodasini topadi. Jismoniy tarbiyaning bu tamoyilini amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport bilan qaerda, qanday sharoitda shug’ullanganda ham shug’ullanuvchilarni mexnatga va mudofaaga tayyorlashni ta’minlanish kerak. Bizga ma’lumki, jismonan yaxshi rivojlangan insongina samarali mexnat qila oladi shu bilan birga u o’zini, oilasini, yashash joyini qolaversa Vatanini ximoya qilishga tayyor bo’ladi. Jismonan rivojlangan o’smirlar qanday sharoitga moslasha oladi. Xarbiy xizmatda yoki favqulodda xodisalarda jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan, jismoniy fazilatlari rivojlangan inson o’ziga va o’zgalarga ham yordam bera oladi. Kuchli, chidamli va chaqqon hamda harakat malaka va ko’nikmalari etarli darajada shakllangan kishilar esa boshqalarga qaraganda yangi mexnatni harakatlarni tez o’zlashtiradilar. Xozirgi davr xarbiy tayyorgarligi yuqori jismoniy tayyorgarlikni talab etadi. Bu talablar yoshlarni maxsus xarbiy amaliy tayyorgarlik mashg’ulotlar bilan shug’ullanishni bosh omili deb belgilaydi . Jismoniy tarbiyaning mexnat faoliyatiga tayyorlash tamoyili jismoniy tarbiyani yangi va hilma—hil amaliy mexnat bilan uzviy bog’liq ravishda takomillashayotganini ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni va qishloq xo’jaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlanishi ishchilarni og’ir mexnatdan xalos etib ularni o’zlarini sog’lomlashtirish ustida ko’proq shug’ullanishga imkoniyat yaratdi. Mexnat qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar u jismoniy harakatni va jismoniy tayyorgarlikni talab etadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, to’g’ri tashkil etilgan mexnat ham insonni jismoniy barkamolligi omilidir. Jismoniy tarbiya va sportning amaliy ahamiyati hayotda bevosita qo’llaniladigan harakat ko’nikmalarini xosil etishdan iborat. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish natijasida ko’nikma amaliy bo’lsa, ya’ni sport yoki gimnastika mashg’ulotlari sharoitlaridan mexnat va xarbiy vaziyatga ko’chiriladigan bo’lsa, unday jismoniy tarbiya amaliy tarbiya bilan bog’langandir. Xozirgi kunda zamonaviy xarbiy texnika taraqqiyoti inson aralashuvisiz ham juda katta imkoniyatlarga ega edi. Xozirgi davrda xar bir inson o’zini, oilasini qolaversa jamiyatini o’z kuchi va matonati bilan ximoya qilishga qodir bo’lishi kerak. Shuning uchun maxsus xizmat qismlarida sport tayyorgarlik mashg’ulotlariga katta e’tibor beriladi. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari yakka kurashlar, xar qanday sharoitda yashab qolish hamda xar qanday joylarda harakatlanish qobiliyatlarini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan bo’ladi.

Download 198,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish