Bitiruv malakaviy ishisining mavzusi bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar uslubiyoti: bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda adabiyotlar hamda internet materiallarini tahlil etish pedogogik nazorat eksprementlar o’tkazish tibbiy—biologik hamda ruxiy nazorat uslublaridan, testlar va jismoniy rivojlanishni amaliy nazorat o’tkazish va ularni natijalarini matematik statistik taxlil etish uslublari keng foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishida ilimiy yangiliklar va ularni asoslanganligi: bitiruv malakaviy ishi xulosalariga muvofiq talabalar jahon standartlariga mos keluvchi mutaxassislar bo’lib etishlarida jismoniy tarbiya, sport va sog’lomlashtirish jarayonlarining axamiyati katta. Shu bilan birga o’quvchi va talabalar o’quv jarayonida tashkil etilgan jismoniy tarbiya, sport va sog’lomlashtirish tadbirlari ularni jismoniy rivojlanishini to’liq ta’minlay olmaydi. Shuning uchun talabalarni jismoniy tarbiya va sport bilan mustaqil shug’ulanish tadbirlarini tashkil etish jismoniy tarbiya, sport va sog’lomlashtirish tadbirlari o’tkazishda jismoniy mashqlar bilan keng va samarali shug’ullanish hamda mustaqil mashg’ulotlarda ishtirok etish, o’quvchilarni jismoniy rivojlanishini ta’minlay oladi. Shuningdek tabiat omillari bo’lgan suv, quyosh va xavoning sog’lomlashtiruvchi ta’siri yordamida organizmni chiniqtirish bilan birga kasalliklarga chidamliligi va sog’lom bo’lishlarini ta’minlaydi.
Bitiruv malakaviy ishisi ilmiy tadqiqot natijalarini amaliy ahamiyati va tadbiqi: Bitiruv malakaviy ishisi natijalarini o’quvchi va talabalarni ta’lim tarbiya jarayonlariga tadbiq etish, ularni jismonan barkamol va ma’naviy etuk qilib tarbiyalash bilan birga, ularda jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllanishi, jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish malaka va ko’nikmalarini ortib borishi, muntazam tabiat omillari suv, quyosh, xavo ta’sirida chiniqtirish muolajalarini qabul qilish bo’yicha amaliy bilimlar shakllanadi. Bitiruv malakaviy ishisi mavzusi bo’yicha olib borgan ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyot natijalari bo’yicha o’quvchi va talabalar ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya, sport va sog’lomlashtirish tadbirlari bilan birga yashash joylarida jismoniy harakatlar va sport mashg’ulotlari bilan mustaqil shug’ullanish bo’yicha uslubiy tavsiyalar berish mumkin. Sport turlari hamda umumiy jismoniy tayyorgarlik bo’yicha mashqlar, chiniqtirish muolajalari bilan ta’lim muassasalari, yashash joylari va oilada mustaqil shug’ullanish bolalarni jismoniy barkamol va ma’naviy etuk bo’lib tarbiyalanishlarini ta’minlaydi. Shu bilan birga yashash joylari va oilada ijodiy mexnat bilan shug’ullanish bolalarni hayotga va kasbga tayyorlashning asosiy vositalaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarida amaliy mashg’ulotlar olib borish jarayonida jaroxatlanishlarni oldini olish hamda jaroxatlanganda malakali birinchi tibbiy yordam ko’rsatish muhim vazifa bo’lib xisoblanadi. Mashg’ulotlar jarayonlarida gigienik va texnik qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari va sport turlari bilan mustaqil shug’ullanishda jismoniy mashqlar, sport turlarining maxsus harakatlari hamda tabiat omillari suv, quyosh va havo muolajalari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Shuningdek ularning ish qobiliyati va harakatlanishi doimo yuqori bo’ladi. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari hamda chiniqtirish muolajalari bilan mustaqil shug’ullanish mashg’ulotlarini tashkil etishda oila raxbarlari, kattalar hamda jismoniy tarbiya va sport murabbiylarining axamiti katta bo’ladi.
Jismoniy mashqlar va sport harakatlari bilan mustaqil shug’ullanishda jismoniy fazilatlarni rivojlantirish hamda jismoniy harakatlarga o’rgatish hamda jismoniy harakat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish asosiy vazifa qilib belgilanadi. Olingan natijalarga muvofiq kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari talabalari bilan tashkil etiladigan jismoniy tarbiya, sport va sog’lomlashtirish tadbirlari ularni jismoniy barkamol ma’naviy etuk qilib tarbiyalash bilan birga zamon talablariga muvofiq bo’lgan mutaxassislar bo’lib etishlarini kafolatlaydi. Mamlakat taraqqiyotiga o’z xissasini qo’shadi. Jismoniy tarbiya sport va sog’lomlashtirish tadbirlarini keng miqiyosda olib borish va olib borilayotgan tadbirlarni axoliga hamda jamiyatimiz kelajagini yanada rivojlantirishga o’z xissasini qo’shishini taminlamog’imiz darkor. Shundagina vatanimizda jahonga mashxur bo’lgan sportchilarni hamda murabbiylarni etishtirib chiqishimiz mumkin va sport sohasida ko’plab davlatlar orasida o’z o’rnimiz va o’z nufuzimizga erishishimiz mumkin.