Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi: Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari jarayonida ta’lim berishning xususiyatlarining maqsadi o’quvchi va talabalarni organizmini jismoniy rivojlantirish va sog’lom turmush tarzi kechirish talablariga o’rgatishdan iborat bo’ladi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya sport va sog’lomlashtirish tadbirlari mutaxassislik mashg’ulotlarini ijobiy o’zlashtirishga katta yordam beradi. O’quvchi va talabalar jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya darslari, sport to’garak mashg’ulotlari, sport sog’lomlashtirish musobaqalari va bayramlari shakllarida bo’ladi. Ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari talabalar yotoqxonasida ommaviy holda, yashash joylari va oilada mustaqil holda bajariladi. Ilmiy ish xozirgi kunda ilk bor qilinayotgan ishlardan bo’lib unda o’quvchi va talabalarning jismoniy tarbiya va sport, sog’lomlashtirish tadbirlarining yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdagi axamiyati taxlil etiladi. Bu jarayonni takomillashtirish shakllari o’rganib chiqiladi.
Bitiruv malakaviy ishisining maqsadi va vazifalari: ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport, sog’lomlashtirish tadbirlarini takomillashtirish ularning yosh avlodni jismonan barkamol inson qilib tarbiyalashdagi ahamiyatini ortirish. Bitiruv malakaviy ishisida ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport, sog’lomlashtirish tadbirlari xisoblangan ertalabki badan tarbiya, jismoniy tarbiya darslari, sport to’garaklaridagi mashg’ulotlar, sport musobaqalari va bayramlarida hamda jismoniy mashq bilan mustaqil shug’ullanish va tabiat omillari yordamida chiniqib borish masalalarini o’rganish Bitiruv malakaviy ishisining maqsad va vazifasi qilib belgilangan.
Bitiruv malakaviy ishini tadqiqot ob’ekti va predmeti: Bitiruv malakaviy ishisi ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyot ishlarida Buxoro davlat universiteti talabalarining jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari jarayonlari o’rganilgan.
Bitiruv malakaviy ishini xorijda va maxalliy adabiyotlarda o’rganish darajasi: Bitiruv malakaviy ishisiga oid ilmiy tadqiot ishlari xorijda va mamlakatimizda ko’plab o’tkazilganiga qaramay bu sohada ilmiy tadqiqot ishlari olib borish maqsadga muvofiqdir. Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida jismoniy mashqlar va tabiat omillarini chiniqtirish va jismoniy rivojlantirish ta’siri keng o’rganilgan. Xozirgi kunda jismoniy mashqlarning yangi shakl va uslublari takomillashib bormoqda. Shuningdek tabiat omillarining sog’lomlashtiruvchi kuchidan keng foydalanish o’quvchilarni jismoniy barkamol, sog’lom va kasalliklarga chidamlilik qilib tarbiyalashga yordam bera oladi. Talabalar jismoniy rivojlanishini taxlil etish ularni zamonaviy talablarga muvofiq mutaxassislar darajasiga etishlarda jismoniy tarbiya va sport, sog’lomlashtirish tadbirlarining rolini o’rganish muxim axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |