Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Topshiriqlarni qiyinlashtirish shartlari va nagruzka-larni oshirish shakllari



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/275
Sana30.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#93737
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   275
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Topshiriqlarni qiyinlashtirish shartlari va nagruzka-larni oshirish shakllari. 
 Kuchiga yarashalilik, individuallashtirish va sistemali-lik prinsiplarida biz jismoniy tarbiya jarayonida 
talablarni oshirishning ayrim shartlari ustida to‘xtaldik. Talablarni oshirish yangi vazifalar va unga boliq bo‘lgan 
yuklamalarning shuullanuvchilar uchun kuchiga yarasha qilib tanlash, organizmga keragidan ortiq talab qo‘ymaslik, 
jinsi, yoshi xamda individ-ning boshqa xususiyatlariga mos kelsagina, ijobiy natijalarga olib kelishi mumkinligini 
tushunib oldik. Yana asosiy shartlaridan biri ketma-ketlilik (mashqlarning birini-biri-ga moslab ulash, o‘zaro boliqlik), 
mashulotlarning munta-zamliligi va nagruzkani dam olish bilan optimal navbatlash-tirish bilish xisoblanadi. 
Shu o‘rinda puxtalilikning axamiyatini xam eotibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. Bunda gap jismoniy 
sifatlarni rivojlantirish asosida yotuvchi egallangan malaka va ko‘nikma-larning puxtaligi va organizmning moslashuvi 
(adaptatsiyasi)ni puxtaligi ustida boradi. Nisbatan yangi, murakkab va oir mashqlarga o‘tish shakllangan 
malakalarning mustaxkamlanishi darajasi va nagruzkalarga moslashuvi orqali borishi lozim. Mustaxkamlanmagan 
malaka nagruzkaning kattaligidan tez buzilishi mumkin (shuningdek, interferensiya taosiridan xam). Chunki yangi 
mashqlarga o‘tish paytida xam shu xolga duch kelish mumkin. Bu, o‘z navbatida, yangi malakalarning shakllanishiga 
to‘siq bo‘ladi, sababi malakalar oyoqqa turish uchun yetarli darajadagi tayanchni topa olmaydilar. Shu bilan bir 
qatorda, nagruzka dinamikasi va morfofunksional o‘zgarishlar orasida xavfli muvofiqlik vujudga kelishi mumkin.  
U yoki bu nagruzkaga organizm birdaniga yoki ozgina vaqt ichida (maolum daqiqalarda) moslashmaydi. 
Shuullanganlikning yangi, nisbatan yuqori darajasiga ko‘tarilishiga imkon beruvchi adaptatsiya davri uchun maolum 
vaqt o‘tib ulgurishi kerak. Turli funksional va strukturadagi o‘zgarishlar uchun, ko‘rsatib o‘til-gandek, bir xil vaqt 
(muddat) talab qilinmaydi. 
M. Perish sxemasi bo‘yicha eng avvalo muskullar va bezlar tarkibida fizik-ximik o‘zgarishlar, shuningdek, nerv 
sistema-sining boshqarish funksiyasida xam maolum o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Nerv muskul tizimining aktiv 
xujayralarida funksio-nal va strukturaviy o‘zgarishlari uchun nisbatan uzoqroq (kamida bir xafta) vaqt eng ko‘pi esa, 


bir oy, tayanch bolov apparati xujayralaridagi o‘zgarishlarga moslanish uchun kerak bo‘ladi. Moslashuvning bu kabi 
muddatlari albatta nagruzkalarning xajmiga xam boliqdir. 
Xulosa qilib aytganda, nagruzkalar dinamikasi turlicha shakllar tavsiya qiladi: asta sekin to‘ri chiziq bo‘ylab, 
poonasimon, to‘lqinsimon shaklda oshirilishi taolim jarayoni amaliyotiga kiritilgan. 
To‘ri chiziq bo‘ylab oshirish o‘z ichiga nagruzkani xaftadan-xaftaga mutanosib ravishda, moslab asta-sekin 
oshi-rish, mashulotlar orasidagi interval axamiyatli darajada katta bo‘lmasligi eotiborga olinishga aytiladi.  
Nagruzka dinamikasini poonama-poona oshirish qatora-siga o‘tkazilgan bir necha mashulotlarda nisbatan 
stabillashuv sodir bo‘lganidan so‘ng navbatdagi poonaga o‘tish tushuniladi. Navbatdagi poonaga “sakrash” paytida 
to‘ri chiziq bo‘ylab oshirishga nisbatan nagruzka dinamikasi aytarli keskin oshiriladi; lekin bunda organizmdagi 
nagruzkaga moslanish jarayonlarining borishini yengillashtiruvchi stabillashuv xola-ti nisbatan sezirarli ifodalanadi. 
Nagruzkaning ana shunday shakldagi dinamikasi nisbatan axamiyatli bo‘lgan darajadagi yuklamalarni o‘zlashtirish 
imkonini osonlashtiradi. 
Yuklamani asta-sekin oshirishning to‘lqinsimon dinami-kasi shunday xarakterlanadiki, avvaliga aytarli past, 
birmuncha sekin, lekin bir tekisda asta-sekin berib borilayotgan nagruzkada birdaniga keskin ko‘tarish qilinadi va asta-
sekin pasaytirilib eng oldingi, dastlabki boshlangan nagruzkaga qaytiladi. Chunki, funksional moslashuv orqada 
qolishi mumkin. Moslashuv belgilari kuzatilgach, nagruzka yanada katta “to‘lqin” bilan oshiriladi. Bunda asta-
sekinlikni buzilmas-ligi muximdir. Shunday qilib nagruzka xajmi va intensiv-ligini eng katta to‘lqinga olib chiqib 
yuklama miqdorini oshirish mumkin. 
Umuman, uzoq muddat (bir necha yillar) davom etgan mashulotlarda nagruzkaning dinamikasi xaqiqatdan xam 
to‘l-qinsimon yoki unga o‘xshash shaklga (formaga) kiradi. 
Boshqa so‘z bilan aytganda, jismoniy tarbiya jarayonining nisbatan uzoq davom etmagan davrlarida, agar u 
qanchalar qisqa bo‘lsa, nagruzkaning to‘ri chiziq bo‘ylab va poonasimon tarzda oshirishning umumiy darajasi xajmi 
va intensivligi shuncha yuqori bo‘lishi mumkin. 
Bu sodir bo‘ladigan qator tabiiy fiziologik jarayonlar sabablari bilan belgilanadi va ular moxiyat jixatidan 
yetakchi rolp o‘ynaydi: birinchidan, organizm fizioloik jarayonlari-ning tabiiy ritmini ifoda etuvchi xizmat xolatining 
davriy tebranishi va xayotning umumiy rejimi, faoliyati; ikkinchidan, moslashuv jarayonlarining qonuniyati; 
uchinchidan, nagruzka xajmi va intensivligini oshirishdagi qarama-qarshiliklardir.  
Keyingi ikki xolatga aniqlik kiritamiz. Organizm shakli (formasi) va vazifasi (funksiyasi)ning stabilligi o‘ziga 
xos kuchga ega bo‘lib, turli organ va sistemalardagi moslashuv jarayoni bir vaqtning o‘zida bo‘lmay, qayta qurishga 
moslashish dinamikasi, nagruzka dinamikasidan “orqada” qolgandek bo‘ladi: avvaliga nagruzkalar oshiriladi, so‘ngra 
yangi oshirilgan talablar orqali kelib chiqarilgan moslashuv jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Agar mashulotdan mashulotga 
yoki belgilangan mashulotlarning bir seriyasidan boshqa seriyasiga nagruzka ortiraverilsa nagruzkaning umumiy 
xajmini yuqoriligiga ko‘ra, ertami-kechmi baribir organizmning imko-niyati va unga qo‘yilayotgan talablar orasida 
uzulish sodir bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun nagruzkani umumiy xajmi-ning to‘lqinsimon «ko‘tarish” va 
“pasaytirish”larni qo‘llab nisbatan kechroq moslashuvchi organizmdagi o‘xshash xolatni vujudga keltirishimiz lozim. 
Yuklamaning xajmi va intensivligi, boshqachasiga, jismoniy ishning miqdoriy yiindisi va uning zo‘riqish bilan 
bajarilishi darajasi orasidagi ziddiyat birvarakayiga maolum chegaraga, qirraga egaligi bilan ifodalanadi. 
Xajmning keyinchalik oshirilishi mashqning yoki mashu-lotning intensivligi, stabillashuv, so‘ngra uning 
pasayishi bilan boliq yoki uning aksi bo‘lishi mumkin: Zarur bo‘lgan darajada intensivlikni oshirish uchun qaysidir 
etap davomida stabillashtirish va nagruzka xajmini oshirmaslikka to‘ri keladi. 
Biroq, jismoniy tarbiya jarayonida xajm xamda inten-sivlikni umumiy tendensiyasini oshirib borish bir oz 
ushlanishiga to‘ri keladi, bo‘lmasa, jismoniy sifatlarning doimiy va xar tomonlama rivojlanishini taominlab bo‘lmaydi. 
Bu qarama-qarshilik nagruzka dinamikasi yordami bilan xal qilinadi. Xar bir to‘lqin vaqti bilan bir-biriga 
tushmaydigan xajm dinamikasi va intensivlik dinamikasi ajralgandek bo‘ladi. Boshlanishida agar vaqtning katta 
bo‘laklari xususida gapirilganda (xafta yoki oy nazarda tutiladi) nagruzkalarning xajmi nisbatan ko‘paytirilishi sodir 
bo‘ladi; bunda inten-sivlikning tempi unchalik oshirilmaydi. So‘ngra maolum darajadagi stabillashuvdan so‘ng xajm 
qisqartirilib, inten-sivlik shu etap uchun eng yuqori darajada ko‘tariladi. “To‘lqinlarning xajm va intensivligi 
pasayishi” – yengillash-gan yakunlovchi daqiqa xisoblanadi. So‘ngi to‘lqinlar xuddi shu tuzilishda bo‘ladi. Lekin 
nagruzka o‘sishining umumiy tenden-siyasi yuqori darajada o‘tadi.  
Bu tendensiya ko‘p yillik mashulotlar davomida saqla-nadi, maolum vaqt o‘tishi bilan u umumiy tendensiya 
bo‘la olmay qoladi (funksional, adaptatsiya imkoniyatlari kuchli pasayishi-ning kuchayishining xisobiga) va yillik 
mashulotlarning ayrim etaplari ramkasida qo‘llaniladi. Shunday qilib shu kungacha nagruzkaning umumiy dinamikasi 
ko‘p yillik aspekti “to‘lqinsimon” tarzda qo‘llanilishi amaliyotda ko‘proq kuzatil-moqda. 
Nagruzalarning to‘lqinsimon oshirilishi - xaftalik, oylik, yillik fon asosida bo‘lib, unga xam to‘ri chiziqli, xam 
poonasimon shakldagi nagruzkalarning fonidan foydalanish jismoniy tarbiyaning turli etaplaridagi konkret vazifalar-
ning xal qilinishi sharoiti bilan boliq. Nagruzkani to‘ri chiziq bo‘ylab oshirishda, umumiy darajasi nisbatan yuqori 
bo‘lmagan nagruzkalar va ayniqsa, asta-sekinlik bilan ishga tortishda qo‘llaniladi. Poonama-poona dinamika 
yuqoridagi-ning aksi, bajarilgan ishlar bazasida shuullanganlikning oshishini stimullashtirish vazifasi xal qiladi. 
 



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish