Bosh miya- umurtqali hayvonlar va odamda markaziy nerv tizimining oldingi va eng rivojlangan bo‘limidir. Bosh miya orqa miya singari oq (neyron usimtalari) va kulrang (neyron tanachalari) moddalardan iborat bo‘lgan to‘qimadir. Bosh miyada o‘rtacha 14 mlrd nerv hujayrasi borligi hisoblab chiqilgan bo‘lib, uning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil qiladi.
B osh miya organizmni tashqaridan o‘rab turgan muhit bilan o‘zaro aloqalarini idora qilib turadi, odam fe’l -atvor reaksiyalarini boshqaradi va barcha to‘qimalar,
a’zolar va funksional tizimlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Bosh miya kalla suyagi bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, unda miya o‘zagi va katta yarim sharlar farqlanadi.
Bola tug‘ilganida uning bosh miyasi ancha rivojlangan bo‘lib, umumiy tana og‘irligining 1,3 qismini tashkil qiladi. O‘g‘il bolalarda endi tug‘ilgan paytda bosh miya qizlarnikidan bir oz katta bo‘ladi. Tug‘ilgan bola bosh miyasidagi egatlar, o‘simtalar katta odamlarnikidek bo‘lsa-da, ularning chuqurchalari, uzunligi, balandligi ancha past bo‘ladi. 9 oylik bolalarda bosh miya massasi endi tug‘ilgandagiga qaraganda ikki baravar ziyod bo‘ladi. Bir yashar bolaning bosh miyasi umumiy tana og‘irligining 1,11, 1,12 qismini tashkil qiladi. 3 yoshlik bolalarda bosh miyaning og‘irligi endi tug‘ilgandagiga qaraganda 3 marta oshib, umuman tana og‘irligining 1,12,1,14 qismini tashkil qiladi. 20 yoshga kelib bosh miya og‘irligi dastlabki massaga ko‘ra 4-5 marta oshadi va umumiy tana og‘irligining 1,40 qismini tashkil qiladi. Bosh miya massasining oshib borishi bilan miya qutisining ham proportsiyasi o‘zgarib ketadi.
Uzunchoq miya va Varoliev ko‘prigi miya sopining davomi bo‘lib hisoblanadi. Bosh miyaning bu qismi murakkab reflektor aktlarni amalga oshirib, orqa miyani yuqori qismlari bilan bog‘lab turadi. Uzunchoq miya orqali eshitish va vestibo‘lyar retseptorlardan yuqoriga ko‘tariluvchi nerv tolalari o‘tadi. Tana mushaklari va buyrakdan kelgan afferent tolalar uzunchoq miyada tamom bo‘ladi. Uzunchoq miya va Varoliev ko‘prigidan 7 juft bosh miya nervlari chiqadi. Ular terini, bosh mushaklarini va bir qator ichki organlar faoliyatini idora qiladi. Uzunchoq miyadagi to‘rtinchi miya qorinchasining tubida nafas olish markazi joylashgan. Shu markazga yaqin joyda yana yurak qon tomirlari markazi joylashgan bo‘lib, bu nerv hujayralar to‘plami yurak va qon tomirlari faoliyatini idora qiladi. Bundan tashqari, uzunchoq miyada yana ovqat hazm bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan markazlar hamda aksirish, yo‘talish, kiprik qoqish, ko‘z yoshi ajratish markazlari joylashgan. Uzunchoq miya yana barcha harakat reflekslarini ham boshqarib boradi.
Uzunchoq miyaning o‘tkazuvchi funksiyasi uning tarkibidagi nervlarga bog‘liq. Bosh miyada hammasi bo‘lib 12 juft nerv tolalari bo‘lib, undan 8 jufti (5-12 juftlar) uzunchoq miyadan chiqadi. Bosh miyadan turli a’zolarga va aksincha, orqa miyadan bosh miyaga axborot shu nervlar orqali uzatiladi. Bosh miyaning yuqori bo‘limlari uzunchoq miyaning reflektor funksiyasini boshqaradi.
Homila 16-17 haftalik bo‘lganida uzunchoq miyada nafas olish markazi shakllanadi, 21-22 haftalarda nafas chiqarish nerv markazi shakllanib tugaydi. Uzunchoq miya va miya ko‘prigida hayot uchun zarur bo‘lgan markazlarning deyarli barchasi ona qornida shakllangan bo‘ladi. Yangi tug‘ulgan bolada nafas, himoya reflekslari (aksa urish, yo‘talish, qayt qilish, yo‘tish) yaxshi rivojlangan.
7 yoshga kelib uzunchoq miyadagi yadrolarning yetilishi tugallanadi.
Uzunchoq miya va Varoliev ko‘prigida hayot uchun zarur bo‘lgan markazlar juda ko‘pligi uchun ham endi tug‘ilgan bolalarda bosh miyaning bu qismi ona qornida shakllangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |