Qo‘zga’lishning bir tomonlama o‘tishi. Asab tolasi bo‘yicha impulslar ikki tomonga qarab o‘tadi. Markaziy asab tizimida esa qo‘zg‘alish fakat bir tomonlama tarqalishi kuzatiladi, ya’ni qo‘zg‘alish retseptor neyronidan oraliq neyronga va undan effektor neyrongacha o‘tadi. Bu hodisa asab markazlarida qo‘zg‘lishning bir tomonlama o‘tishi deb nomlanadi. Asab impulslarining bir tomonlama o‘tishini turli reflektor faoliyatlarda kuzatish mumkin. Qo‘zg‘alish impulslarining bir tomonlama o‘tishi markaziy asab tizimida sinapslarning xossalariga bog‘lik, chunki sinapslarda qo‘zg‘alish faqat bir tomonlama asab oxiridan mediatorni ajratuvchi presinaptik membranaga, undan postsinaptik membrana yo‘nalishida tarqaladi.
Qo‘zg‘alishni sekinlashib o‘tkazish. Qo‘zg‘alish asab tolalariga nisbatan asab markazlaridan sekin o‘tadi. Asab markazlarida qo‘zg‘alishning sekinlashib o‘tkazilishi sinapslardagi elektr impulslarning kimyoviy yo‘l bilan uzatilishga bog‘liq. Kimyoviy signallarni o‘tkazish tezligi elektr signallariga nisbatan ming marotaba sekinroqdir. Qo‘zg‘alishning sinaptik ushlanishi sinaps tugunida impulslarning to‘planishi, mediatorning sinaptik oraliqda to‘planishi, ion o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi va harakat potentsialining o‘zgarishidan vaqtidan kelib chiqadi. O‘rtacha bitta neyrondan ikkinchisiga qo‘zg‘alish impulsining o‘tkazish tezligi 1,5 ms ni tashkil kiladi. Har bir reflektor faoliyatini amalga oshirishda minglab sinapslar va neyronlar ishtirok etadi va qo‘zg‘alishlarni o‘tkazish tezligi millisoniyalarning ulushlariga teng. Shunday qilib, refleks yoyida sinapslar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, refleks vaqti shunchalik uzayadi. Undan tashqari, mediator ajralishi, uni sinaptik oralik orqali diffuziyalanishi, postsinaptik membrananing o‘zgalishi uchun ancha vaqt talab etiladi. Bolalar markaziy asab tizimida qo‘zg‘alishning sekin o‘tishi kattalarga nisbatan yaqqolroq ko‘rinadi. Charchash holatida esa qo‘zg‘alishni o‘tkazish muddati yana ham cho‘ziladi
Markaziy nerv tizimida tormozlanish. Tormozlanish- ham faol jarayon bo‘lib, oragnizm maxsus funksional holatining kuchlanishi yoki tamoman to‘xtalishi tufayli yuzaga keladi.
Tormozlanish hodisasini I.M. Sechenov 4672 yilda kashf etgan. Baqa bosh miyasi ko‘ruv dumboqlari sohasidan kesilib, katta yarim sharlari olib tashlanadi. Shundan so‘ng baqaning keyingi oyoqlarini sulfat kislota eritmasiga botirilsa, oyoqlarini tortib olish refleksining vaqti o‘lchanadi. Bu refleks orqa miya markazida yuzaga keladi, refleks vaqti esa nerv markazining qo‘zg‘aluvchanligini ko‘rsatadi.
Ko‘ruv dumboqlarining qirqilgan joyiga osh tuzining kichiq kristali qo‘yilsa, refleks vaqti keskin darajada uzayib ketadi. Shu faktga asoslanib, I.M.Sechenov baqa bosh miyasining talamus sohasida orqa miya reflekslarini tormozlovchi nerv markazlari bor,- degan xulosaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |