Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari



Download 6,95 Mb.
bet241/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Asab markazlari - markaziy asab tizimining muayyan refleksini yuzaga chiqarishda yoki muayyan funksiyani boshqarishda ishtirok etgan neyronlar yig‘indisidir. Asab markazlarining anatomik va fiziologik ta’riflari mavjud. Asab markazining anatomik ta’rifi deganda, uning murakkab bo‘lmagan ma’lum bir refleksini boshqaruvchi neyronlar yig‘indisi ekanligi tushuniladi. Bunday asab markazi uncha murakkab bo‘lmagan reflekslarni boshqaradi, masalan, tizza refleksi. Bu refleksning markazi umurtqa pog‘onasining 2-4 bel segmentlarida joylashgan.
Asab markazining fiziologik ta’rifi deganda esa bir necha markaziy asab tizimida turli funksional darajalarda va murakkab harakatlarni ta’minlovchi asab markazlarining yig‘indisi nazarda tutiladi. Masalan, ovqatlanish bilan bog‘liq xatti- harakatlarni amalga oshirishda juda ko‘p a’zolar ishtirok etadi (ovqat hazm qilish bezlari, mushaklar, qon va limfa tomirlari va boshqalar). Bu a’zolarning faoliyati asab tizimining turli joylaridan keluvchi asab impulslari tomonidan boshqariladi. Ovqatlanish jarayonida turli asab markazlari ma’lum bir foydali natijani olish uchun funksional birlashadilar. Fiziologik asab markazlari markaziy asab tizimining turli pog‘onalarida — orqa miyadan bosh miya po‘stlog‘igacha joylashgan. Asab markazlari o‘zaro juda ko‘p sondagi sinapslar bilan birikkan bo‘lib, bu narsa ularning asosiy xossalarini belgilaydi. Asab markazlarining asosiy xossalari quyidagilardir: qo‘zg‘alishning bir tomonlama o‘tkazilishi, uning sekinlab o‘tkazilishi, qo‘zg‘alishlarning tuplanishi (summatsiyasi), qo‘zg‘alish ritmining o‘zgarishi (transformatsiya), faoliyat koldig‘i, asab markazlarining charchashi, tarangligi, ular funksiyalarining kislorod bilan ta’minlanishga bog‘likligi va h.k.

Nerv markazlarining fiziologik xususiyatlari: qo‘zg‘alish va tormozlanish, taassurotlarni summatsiyalash, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, irradiatsiya, induktsiya, A.A.Uxtomskiyning dominanta qonuni.


Tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri berilgan ta’sirlarga nisbatan qo‘zg‘alish hosil qilib, unga javob qaytarishdir. Natijada tirik organizmda qo‘zg‘alish yoki tormozlanish ro‘y beradi. Ichki va tashqi muhitdagi qo‘zg‘alish yoki tormozlanishni keltirib chiqaradigan agentlarni ikki guruhga- adekvat va noadekvat ta’sirlarga bo‘lish mumkin. Adekvat ta’sirlar maxsus retseptor va hujayralarga ta’sir etib, o‘ziga xos qo‘zg‘aluvchanlik hosil qiladi. Boshqacha qilib aytganimizda, adekvat ta’sirlovchilar maxsus (spetsifik) qo‘zg‘alish keltirib chiqaradi.
Masalan: ko‘rish retseptorlari uchun yorug‘lik nuri, eshitish retseptorlari uchun tovush to‘lqinlari adekvat ta’sirlovchilardir. Qolgan barcha qitiqlagichlarni noadekvat ta’sirlovchilar deyiladi. Noadekvat qitiqlagichlarga organizm moslashmagan bo‘ladi.
Bularga misol qilib yuqori kuchlanishdagi elektr tokini, kuchli mexanik ta’sirni va boshqalarni olish mumkin. Noadekvat ta’sirlarga qaraganda, adekvat ta’sirlarga javob reaksiyasi tez va mukammalroq bo‘ladi.
Bu ta’sirlarning barchasi organizmga ta’sir etganda uch xil funksional holatni keltirib chiqaradi: fiziologik tinchlik, qo‘zgalish va tormozlanish.
Fiziologik tinchlik holati deganda maxsus faol holat tushuniladi. Bu vaqtda organizm tashqaridan va ichkaridan berilishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarga qarshi tayyorgarlik ko‘rib turadi. Shuning uchun ham fiziologik tinchlik holatni nisbiy fiziologik tinchlik deb atash maqsadga muvofiqdir.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish