Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Nerv markazining fiziologik xususiyatlari



Download 6,95 Mb.
bet242/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Nerv markazining fiziologik xususiyatlari.
Qo‘zg‘alish va tormozlanishning yuzaga kelishi va kechishida nerv markazlarida o‘ziga xos holatlar, xususiyatlar vujudga keladi. Dastavval shu narsani qayd qilish kerakki, nerv markazlari orqali qo‘zg‘alishning o‘tish vaqti nerv tolasiga qaraganda davomliroqdir. Chunki bunday yo‘l bilan javob olishda asosiy vaqtni sinapslar oladi. Nerv markazlari orqali ta’sirning o‘tishi reflektor yoyda neyronlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha davomli bo‘ladi. Nerv markazlarida turli xil qitiqlagichlarni yig‘ish yoki summatsiya qilish xususiyati bor. Shuning uchun ham pog‘ona osti kuchi bilan bir necha bor impulslar berilsa, ular markazda to‘planib, javob reaksiyasi paydo bo‘ladi. Nerv markazlarining qitiqlagich xarakteriga ko‘ra qo‘zg‘aluvchanligi va labilligini o‘zgartirish xususiyati muhim fiziologik ahamityaga ega, ya’ni kuchsiz qitiqlagichlar ham har tomonlama analiz qilinadi.
Nerv markazlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan ya’na biri shuki, qitiqlagich o‘z ta’sirini to‘xtatganidan keyin ham qo‘zg‘alish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bunday iz qolish holati nerv tizimining turli qismlarida turlichadir, masalan, orqa miyada ancha kam, uzunchoq miyada ko‘proq va miya yarim sharlar po‘stlog‘ida juda davomlidir. Biron narsaning esda qolishi nerv markazlarining mana shu iz qoldirish xususiyatga bog‘liq.
Qo‘zg‘alish- tirik to‘qima, hujayra yoki ular to‘plamining u yoki bu ta’sirga nisbatan nisbiy tinchlik holatidan qo‘zg‘alish holatiga o‘tishidir. Qo‘zg‘alish mahalliy va tarqaluvchan bo‘ladi. Mahalliy qo‘zgalish faqatgina ta’sirlangan joy atrofi bilan chegaralansa, tarqaluvchan qo‘zg‘alish butun bir nerv, mushak yoki a’zo bo‘ylab tarqaladi.
Har bir tirik tizimning tinchlik holatidan qo‘zg‘aluvchanlik holatiga o‘tishi uchun ta’sir etadigan kuchlar ma’lum pog‘onaga o‘tishi kerak. Pog‘ona kuchi biror bir ta’sirlovchini ta’sir etganda dastlabki eng kuchsiz qo‘zg‘alishni yuzaga keltiradigan kuch bo‘lib, u mahalliy yoki harakat potensialini vujudga keltira oladi. Oqibatda mushaklar qisqarishi, bezlar shira ajratishi va boshqalar ko‘zatilishi mumkin. Pog‘ona kuchidan past kuchlarni pog‘ona osti kuchi deyilib, uning ta’sirida faqat mahalliy potentsial o‘zgaradi, lekin to‘qima yoki hujayrada spesifik qo‘zgalish hosil bo‘lmaydi. Berilgan ta’sirga nisbatan olingan javobga qarab ta’sir kuchlari maksimal, submaksimal va hokazo bo‘lishi mumkin. Fiziologik tekshirishlarda, asosan, qo‘zg‘aluvchanlik aniqlanadi, u esa ta’sirning pog‘ona kuchi bilan o‘lchanadi. Qo‘zg‘alishni aniqlashda ta’sirning pog‘ona kuchidan tashqari, uni ta’sir qilish vaqtining ham muhim roli bor. Bu sohada olimlar uzoq yillar davomida ko‘pgina kuzatishlar olib borganlar. Natijada ta’sirning kuchi va uning ta’sir etish vaqti o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi egri chiziq aniqlangan. Ta’sir etuvchi kuch bilan qo‘zg‘alishni yuzaga keltirish uchun ketgan vaqt o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud, ya’ni ta’sir etuvchi kuch qanchalik ko‘p bo‘lsa, qo‘zg‘alishni yuzaga keltirish uchun ketgan vaqt shuncha qisqa bo‘ladi. Lekin bu bog‘liqlik ham ma’lum bir chegaragacha boradi va undan keyin ta’sir kuchi bilan unga nisbatan javob uchun ketgan vaqt ma’lum qonuniyatga bo‘ysunmaydi.
Dastlabki qo‘zg‘alish hosil bo‘lishi uchun eng minimal ta’sir kuchiga (chegaralanmagan vaqt ichida) reaboza deyiladi. Bir reabozaning dastlabki qo‘zg‘alishini chiqarish uchun kerak bo‘ladigan ta’sir etish vaqtiga foydali vaqt deyiladi.
Fransuz fiziologi Lapikning taklifi bilan ikki marta kuchaytirilgan reabozaning dastlabki qo‘zg‘alishini chaqirish uchun ketgan vaqt xranoksiya deb yuritila boshlandi. Tabiiy holatda xranoksiyani aniqlash uchun eng yaxshi ta’sirlovchi bu doimiy tok kuchidir. Chunki uning o‘lchamlari oson va ko‘p sharoitlarga to‘g‘ri keladi (kuchi, kuchlanishi, formasi va boshqalar).
Yangi tug‘ilgan bolalarda xranoksiya katta odamlarnikidan bir necha marta yuqori bo‘ladi.
Bunday farq bola tug‘ilganidan keyin taxminan 12 soatlarcha kuzatilib keyin asta-sekin kuchsizlana boshlaydi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish