Sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya gigiyenasi faninnig maqsadi-jismoniy madaniyatni va sportni, sog‘likni mustahkamlash kasalliklarni profilaktikasi va jismoniy mehnatni oshirish uchun butun chora tadbirlarini maqsadga muvofiq ishlatishdir. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi va trenerlar trenirovkani va jismoniy madaniyat darsini to‘g‘ri tashkil qilish uchun tibbiyot bilimi zarurdir.
Sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya gigiyenasi faninnig vazifasi: jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanuvchi odamlarning sog‘ligini muntazam kuzatib borish.Sportchilarning diagnostikasi, davolanishini va jarohatlanish kasalliklaridan ogohlantirish; har xil yoshdagi va jinsdagi odamlarning sog‘lomlashtirish effektiga erishish; jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanuvchilarning funksional holatlarni kontrol qilish; bu chora tadbirlarni sport vrachi olib borishi lozim. Organizmning sog‘lomligi bilan kasalligi hayotda bir-biri bilan almashinib turadi. Kasal odam sog‘ayishi, aksincha, sog‘lom organizm kasalga chalinishi mumkin. Sog‘lom odam hamisha mehnat qilishi, jamiyat ishida qatnashib turishi bilan kasal organizmdan farqlanadi. Sog‘ odam baquvvat va ruhiy tetik bo‘ladi.Kasallik A.A.Ostroumov (1844-1908) ning iborasicha, organizm holati bilan atrof muhit o‘rtasidagi muvozanatning natijasidir. Lekin organizmdagi o‘zgarishlar atrof muhit ta’siridan tashqari o‘zining holatiga, a’zolarining o‘zaro munosabatiga va mavjud bo‘lgan o‘zgarishlarga moslashish qobiliyatiga xam bog‘liq bo‘ladi.Sog‘lom odam organizmi turli sharoitga (ishlaganda, sport bilan shug‘ullanganda) moslashadi, yurak urishi kuchayib qon aylanishi, nafas olishi tezlashadi, modda almashish kuchayadi. Bunday holat fiziologik normal holat hisoblanadi. kasalliklar turlicha bo‘lib, ularning har birini o‘ziga hos alomat (simptom)lari bo‘ladi. Jumladan, organizm harorati o‘zgarib, et uvishishi, quvvatsizlik, terida o‘zgarish paydo bo‘lishi, og‘riq paydo bo‘lib, ko‘ngil aynishi, ich ketishi yoki qayt qilish kabi alomatlar kuzatiladi. Binobarin, kasallik organizmning normal holatini buzishi tufayli u atrof-muhitga moslasha olmay, mehnat qobiliyati pasayadi. Kasallik ta’sirida kasallangan a’zo morfologiyasining o‘zgarishi patomorfoz deb ataladi. Agar sport tibbiyoti o‘z taraqqiyotining birinchi o‘n yilliklarida tibbiy nazoratda o‘z e’tiborini sportchilarning harakat organlarining shikastlanishiga qaratgan bo‘lsa, hozirgi kunda yangi, valeologik yo‘nalish paydo bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalish hayotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning natijasida qator kasalliklarning kelib chiqishi va o‘sishi asosida tug‘ilmoqda. Hozirgi kunda eng yomon kasalliklar sifatida yurak-qon kasalliklari, onkologik va oshqozon-ichak kasalliklari tilga olinmoqda. Yurak-qon kasalliklari asosida ateroskleroz va uning rivojlanishiga sabab bo‘luvchi patologik holatlar yotadi. Bular- semizlik, qand kasalligi, arterial gipertoniya, harakatning cheklanganligi, ruhiy stresslar va ovqatlanishning buzilishi va boshqalar.N.I.Arinchin usuli bo‘yicha bizning tadqiqotchilarimiz tomonidan yuqori kurs talabalarida gipertoniya kasalligining tomir - patogenik shakliga o‘tib ketishi xavfi aniqlangan.Rossiya va chet el mutaxassislarining o‘tkazgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra aerobik mashqlar arterial bosimning pasayishiga yordam berar ekan. Bu esa yurak - qon tizimi ishining normal-lashuviga va ortiqcha vaznning kamayishiga olib keladi. Masalan, muntazam kaloriyali ovqatlanish sharoitida 20 daqiqa tez yurish, 15 daqiqa velosiped haydash va 10 daqiqa yugurishni o‘z ichiga olgan jismoniy yuklama har yili 5 kg vazndan qat’iy xalos bo‘lish imkonini beradi. Fransuzlarda ajoyib maqol bor: ogohlantirilgan inson -qurollangan inson. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar turli kasalliklarning oldini olishning samarali vositasi hisoblanadi. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish yaxshi kayfiyat, yuqori ishchanlik, axloqiy vazminlik asosidir.Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish valeologiyaning asosi bo‘lgan salomatlikka, talaba organizmining harakat va funksional imkoniyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar organizmning tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga qarshiligini oshiradi va shu sababli salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda samarali vosita hisoblanadi.Shuning uchun sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar jarayonning asosi bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan yoshlarni tarbiya qilish mazmuni yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashga yordam beruvchi, o‘zaro bog‘liq aniq vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bular:
talabalar salomatligini mustahkamlash, jismoniy rivojlantirish, chiniqtirish, ish qobiliyatini oshirish;
muntazam jismoniy mashg‘ulotlarga ehtiyojni, jismoniy yetuklikka, yaratuvchanlik va mustaqil davlatimizni himoya qilishga intilishni tarbiyalash;
mustaqil davlat quruvchilarining yuqori axloqiy sifatlarini tarbiyalash, o‘z salomatligi haqida qayg‘urish nafaqat shaxsiy balki jamiyat oldidagi burch ekanligi haqidagi tushunchani shakllantirish;
sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini hosil qilish;
sog‘lomlashtirishning, kasalliklarni oldini olishning turli shakl, usul va vositalaridan foydalanishni o‘rgatish;
bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, kundalik harakat rejimini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatish;
harakat xususiyatlarini rivojlantirish.
O‘quvchi yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash masalalarini hal etish yosh avlodni jismonan va ma’nan voyaga yetkazish, rivojlanib kelayotgan davlatning faol quruvchilarini har tomonlama tarbiyalashning asosi hisoblanadi.
Yoshlar salomatligi muammosi qator sabablarga ko‘ra dolzarb hisoblanadi. Talaba yoshlar mustaqil davlat rahbar xodimlarining asosiy rezervi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti yosh mutaxassislarning bilimi, mohirligi va ularni o‘qitish tizimiga bog‘liq. Yoshlar ma’lum bilimlarni salomatlikni mustahkamlovchi, o‘quv va mehnat faoliyatining unumdorligini oshiruvchi sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya vositalari va usullari bo‘yicha egallashlari kerak. Rivojlanish bosqichi va ahamiyati.
Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sport tibbiyoti rivojlanish davrlarga bo‘linishi:umum ta’lim maktab o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda katta, o‘rta va kichik me’yordagi tibbiyotga taaluqli, tavsifi. Maktabda jismoniy tarbiyani to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarning o‘sayotgan organizmiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan jismoniy tarbiyaning turli-tuman vositalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunda bir qator shart-sharoitlar,eng avvalo, yuqorida aytib o‘tilganidek,o‘quvchilarning yoshiga hos anatomik-fiziologik xususiyatlari, sog‘lik holati va jismoniy tayyorgarligi darajasi muhim ahamiyatga ega boladi. Meditsina ko‘riklari va jismoniy tayyorgarligi ma’lumotlari natijalariga asoslanib, o‘quvchilarning jismoniy mashqlari uchun quyidagi meditsina gruppalariga bo‘linadilar: asosiy, tayyorlov va maxsus. Asosiy meditsina gruppasiga-jismoniy tayyorgarligi yaxshi bo‘lgan,ya’ni yugurish, sakrash, o‘rmalash va boshqalarda o‘rtacha va yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan sog‘lom o‘quvchilar kiradi. Bu gruppadagi o‘quvchilar jismoniy tarbiyaning to‘la programmasini bajaradilar, sport bilan shug‘ullanishlari va turli xildagi jismoniy musobaqalarda qatnashishlari mumkin.Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga kirish yoki sport trenirovkalariga qatnashib, keyinchalik ittifoq, respublika musobaqaga qatnashishga ruxsat etish uchun ular maxsus meditsina ko‘rigidan o‘tishi shart.Tayyorlov meditsina gruppasiga-sog‘ligida bir oz o‘zgarishi bo‘lgan va jismoniy rivojlanishdan,jismoniy tayorgarlikda orqada qolayotgan o‘quvchilar kiradi.Bu gruppadagi o‘quvchilar trenirovkalarga va musobaqalarga qo‘yilmaydi.Ular uchun jismoniy tarbiya normativlarini topshirish shart emas.O‘quv mashg‘ulotlari ham cheklanadi, xususan nariyatda mashq qilish,yugurish,sakrash ham cheklanadi.Uzoq piyoda yurish va chang‘ida yurish,fudbol o‘ynash zo‘riqish talab qilinadigan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish man qilinadi.Maktabda tanaffuslar orasida va o‘qishdan keyin harakatchan o‘yinlar o‘ynash hamda umumiy jismoniy tarbiya seksiyalarida qo‘shimcha shug‘ullanish tavsiya qilinadi.Maxsus meditsina gruppasiga-Salomatlik holatida anchagina o‘zgarishlar bo‘lgan o‘quvchilar kiradi.Ular bilan jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlarni darsdan tashqari vaqtda xaftada 3 marta 30 minutdan o‘tkazish tavsiya qilinadi.Gruppalar yoshga qarab (1-4 sinflar,5-8 siflar,9-10 sinflar) 15 kishidan tuziladi Ular bilan kasallik tashxisidan keyin umumiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.Maxsus tayyorgarlikka muhtoj bo‘lgan poliklinikalar yoki dispanserlari davo fizkulturasi kabinetlarida shug‘ullanadi.O‘quvchilarni tayyorlov yoki maxsus gruppalarga mal’um bir muddatga kiritiladi.So‘gligi yaxshilanishi bilan ular boshqa gruppalarga o‘tkaziladi va hakozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |