Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


-modul. Sportchilarni kasallanishi va jarohatlanishi



Download 6,95 Mb.
bet209/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

15-modul. Sportchilarni kasallanishi va jarohatlanishi
So‘glik va kasallik haqida tushuncha. Sog‘liq-odamning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari yig‘indisi,uning uzoq umr ko‘rishining va jamiyatimiz baxt-saodat uchun yuqori mehnat unumdorligi,mustahkam ahil oila yaratish,bolalarning tug‘ilishi va tarbiyasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblanadi. Haqqoniy maqol bor: ”Sog‘liging-boyliging”, ”Sog‘liqni yoqatsang-hammasini yo‘qatasan”. Kundalik aniq rejim sogliqni mustahkamlovchi yordam beradi. Ovqatlanish,uyqu,gigiyenik prosedura va boshqalarni odat bolib qolgan muayyan bir vaqtda o‘tkazgan maqul.Aniq rejim tufayli organizm normal nagruzka his etadi, sarflangan kuch tezroq va to‘liqroq tiklanadi, organizm kamroq ishdan chiqadi.Aktiv harakatchanlik organizmni mustahkamlaydi.Sanoatda va qishloq xo‘jaligida mehnatning ulishi borgan sari qisqarib bormoqda, transport vositalari rivojlanmoqda, televideniya odamning tomoshaga bo‘lgan ehtiyojini ma’lum darajada ta’minlamoqda. Rejimga rioya qilmaslik, kam harakat qilish, shaxsiy gigiyenasi qoidalariga amal qilmaslik,vaqtida ovqatlanmaslik,chekish,ichish va boshqa zararli odatlar sog‘liqni zaiflashtiradi.Buning uchun o‘zini nazorat qilish malakasini egallashi,har qanday sharoitda odatlangan rejimga rioya qilishi,bir turdagi faoliyatdan ikkinchisiga o‘z vaqtida o‘tish malakasini hosil qilishi kerak.Organizmning sog‘lomligi bilan kasalligi hayotda bir-biri bilan almashinib turadi. Kasal odam sog‘ayishi, aksincha, sog‘lom organizm kasalga chalinishi mumkin. Sog‘lom odam hamisha mehnat qilishi, jamiyat ishida qatnashib turishi bilan kasal organizmdan farqlanadi. Sog‘ odam baquvvat va ruhiy tetik bo‘ladi.
Kasallik-A.A.Ostroumov (1844-1908) ning iborasicha, organizm holati bilan atrof muhit o‘rtasidagi muvozanatning natijasidir. Lekin organizmdagi o‘zgarishlar atrof-muhit ta’siridan tashqari o‘zining holatiga, a’zolarining o‘zaro munosabatiga va mavjud bo‘lgan o‘zgarishlarga moslashish qobiliyatiga ham bog‘lik bo‘ladi.Sog‘lom odam organizmi turli sharoitga (ishlaganda, sport bilan shug‘ullanganda) moslashadi, yurak urishi kuchayib qon aylanishi, nafas olishi tezlashadi, modda almashish kuchayadi. bunday holat fiziologik normal holat hisoblanadi. Kasalliklar turlicha bo‘lib, ularning har birini o‘ziga xos alomat (simptom)lari bo‘ladi. Jumladan, organizm harorati o‘zgarib, et uvishishi, quvvatsizlik, terida o‘zgarish paydo bo‘lishi, og‘irlik paydo bo‘lib, ko‘ngil aynishi, ich ketishi yoki qayt qilish kabi alomatlar kuzatiladi. Binobarin, kasallik organizmning normal holatini buzishi tufayli u atrof-muhitga moslasha olmay, mehnat qobiliyati pasayadi. Kasallik ta’sirida kasallangan a’zo morfologiyasining o‘zgarishi patomorfoz deb ataladi.Organizm kasallangan vaqtda odamning ruxiy holati muhim ahamiyatga egadir. Odamning haddan tashqari ruhiy azoblanishi yoki qo‘rqishiga ham kasallik sababchi bo‘ladi. Kasallik davri quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
1.Yashirin (inkubatsion yoki latent) davri - turli kasalliklarda turlicha (grippda 24-36 soat, qizamik kasalida 2-6 kun va h.k.)bo‘lib, bu vaqtda organizmdagi mikroblarning ko‘payishini va uning ta’sirini odam bilmaydi. Shuning uchun kasallikning bu davrini yashirin davr deb ataladi. Bu davr kasallikning oldini olishda katta ahamiyati bor.
2. Kasallik boshlangan (prodromal) davri. Bu vaqtda kasallikning birinchi belgilari ko‘rina boshlaydi. ishtaha yo‘qolib, odam bo‘shashadi, harorat ko‘tariladi.
3. Kasallikning kuchaygan davri. Bu vaqtda har bir kasallikning o‘ziga xos belgilari rivojlanib, organizmda patologik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Bu belgilar (simptom) va o‘zgarishlar har xil kasallikda (terlama, zotiljam va h.k.)turli vaqtda o‘tadi. Kasallikdagi patologik o‘zgarishlar odamning sog‘ayishi vaqtida yo‘qoladi. Kasallik davri o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir va cho‘ziluvchan (surunkali) davrlarga bo‘linadi. O‘tkir boshlangan kasallik odatda bir necha kun yoki hafta davom etadi. Kasallikning o‘rtacha o‘tkir davri oylab, surunkali davri esa yillab davom etadi. Ba’zida kasallik qaytalanishi yoki asosiy kasallikga boshqa kasalliklar qo‘shilishi mumkin. Ko‘pincha kasallangan odam butunlay sog‘ayadi. Ba’zida qisman sog‘ayish yoki o‘lim bilan tugashi ham mumkin. Odam butunlay sog‘ayganda kasallik belgilarining barchasi yo‘qolib, organizm o‘z vazifalarini normal bajarish holatiga qaytadi. Qisman sog‘ayganda esa bemor tanasida kasallikning ba’zi asoratlari simptomlari (yo‘tal, nafas siqishi va h.k.) saqlanadi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish