Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


-modul. Umumiy sport patologiyasi asoslari



Download 6,95 Mb.
bet208/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

14-modul. Umumiy sport patologiyasi asoslari

Sog‘liq va kasallik haqida nazariy ma’lumotlar. Shikastlanishdan so‘ng asab, mushak va suyak to‘qimalari tizimining tiklanishi haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. Tayanch-harakat a’zolari jarohati va jarohatlarning a’zoda joylashuvi tartibini 1963- yilda S.YA.Freydlin quyidagicha tartibda aniqlashni tavsiya qildi.


Bolalar jarohati to‘g‘risidagi fan 30-yillardan boshlab taraqqiy eta boshladi. 1950 -yillarga kelib bu fan ortopediya bilan bog‘liq holda o‘rganila boshlandi.
G.YA.Epshteyn va N.M.Obodanlar tomonidan 1964 yili bolalar jarohatining tasnifi ishlab chiqildi. Bu tasnifda bolalarda:
1)tug‘ilish paytida, 2)kundalik turmushda, 3)transport vositalaridan, 4)maktab (mexnat, jismoniy tarbiya darsi va tanaffus paytida), 5)sport bilan shug‘ullanganda, 6)o‘quv-ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik ishlari davrida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jarohat sabablari yoritilgan.
Keyingi yillarda turli mualliflar «Ortopediya, travmatologiya va protezlash» borasida bolalar jarohati tasnifi to‘g‘risida ko‘pgina maqolalar chop etdilar. S.M.Juravlev bu makolalarni atroflicha o‘rganib chiqib kerakli xulosa chiqardi.
Hozirgi paytda bolalarda jarohatlanishning quyidagi tasnifi qabul qilingan.
1.Kundalik hayotda, uyda, ko‘chada (transport vositalariga aloqasi bo‘lmagan) ro‘y beradigan baxtsiz hodisalar tufayli kelib chiqadigan jarohatlar.
2.Transport vositalari (mashina, traktor, mototsikl, velosiped, tramvay, trolleybus va boshqalar) bilan urilish tufayli kelib chiqadigan jarohatlar.
3.Maktabda, tanaffus, mehnat va jismoniy tarbiya darsi paytida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jarohatlar.
4.Sport musobaqalarida jarohatlanish. Bunday jarohatlanish tashkil qilingan turli xil o‘yin musobaqalari natijasida ro‘y beradigan baxtsiz hodisa tufayli yuzaga keladi.
Hozirgi paytda jarohatlanishlar kundalik hayotda 82,6%, maktabda 7,7%, sport musobaqalarida 3,3%, transportda 1,3% va boshqalarda 5,1% uchramoqda.
Ortopedik kasalliklar tasnifi. Ortopedik kasalliklar natijasida tayanch-harakat a’zolari shaklidagi o‘zgarishlar va jarohatlar ularning paydo bo‘lish vaqti, sabablari, anatomik o‘zgarish belgilari hamda zararlangan to‘qimalar holatiga qarab tasniflanadi. Kasallik tug‘ma, tug‘ilish paytida va undan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Bunga esa homila rivojlanishi davridagi salbiy ta’sirlar, onaning jarohatlanishi va ba’zi bir kasalliklar (raxit, poliomielit va boshqalar) sabab bo‘ladi. Anatomik o‘zgarishlar va to‘qimalarning o‘zgarishiga oyoq-qo‘lning kalta yoki uzun bo‘lishi, o‘qlarining qiyshayishi, mushaklarning atrofiyaga uchrashi, mushak-pay apparatining falajlanishi, bo‘g‘imda bo‘ladigan patologik o‘zgarishlar kiradi.
Ko‘pchilik olimlar a’zolar shaklining o‘zgarishlarini tug‘ma va orttirilgan ekanligini bayon etadilar.
V.D.CHaklin (1957) tayanch-harakat kasalliklarini 3 guruhga bo‘ladi:
1.A’zolar shaklining tug‘ma o‘zgarishlari va a’zolarning noto‘g‘ri rivojlanishi (anomaliya) va suyak o‘sishi davridagi kasalliklar.
2.Suyak va bo‘g‘imlar jarohati va yallig‘lanish kasalliklari.
3.Bo‘g‘im uchun maxsus bo‘lmagan kasalliklar, o‘smalar, falajlar.
R.R.Vreden esa tayanch-harakat a’zolarining tug‘ma kasalliklarini ikki guruhga: birlamchi, ya’ni homilaning organogenez (1-2 oy) va ikkilamchi, ya’ni organogenezning oxirgi davrlarida yuzaga keluvchi kasalliklarga bo‘ladi.
M.V.Volkov va G.M.Ter-Egiazarovlar ortopedik kasalliklarni 4 guruhga bo‘ladilar. Bularga a’zolar shaklining tug‘ma o‘zgarishlari, sistema kasalliklari, osteoxondropatiya va skelet o‘smalari, tayanch-harakat a’zolarining turli kasallikdan keyingi asoratlari, tayanch-harakat a’zolari jarohati va ularning asorati kiradi. Sog‘liq va kasallik haqida nazariy ma’lumotlar. Organizmning sog‘lomligi bilan kasalligi hayotda bir-biri bilan almashinib turadi. Kasal odam sog‘ayishi, aksincha, sog‘lom organizm kasalga chalinishi mumkin. Sog‘lom odam hamisha mehnat qilishi, jamiyat ishida qatnashib turishi bilan kasal organizmdan farqlanadi. Sog‘ odam baquvvat va ruhiy tetik bo‘ladi. Kasallik A.A.Ostroumov (1844-1908) ning iborasicha, organizm holati bilan atrof muhit o‘rtasidagi muvozanatning natijasidir. Lekin organizmdagi o‘zgarishlar atrof muhit ta’siridan tashqari o‘zining holatiga, a’zolarining o‘zaro munosabatiga va mavjud bo‘lgan o‘zgarishlarga moslashish qobiliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Sog‘lom odam organizmi turli sharoitga (ishlaganda, sport bilan shug‘ullanganda) moslashadi, yurak urishi kuchayib qon aylanishi, nafas olishi tezlashadi, modda almashish kuchayadi. Bunday holat fiziologik normal holat hisoblanadi. Kasalliklar turlicha bo‘lib, ularning har birini o‘ziga hos alomat (simptom)lari bo‘ladi. Jumladan, organizm harorati o‘zgarib, et uvishishi, quvvatsizlik, terida o‘zgarish paydo bo‘lishi, og‘riq paydo bo‘lib, ko‘ngil aynishi, ich ketishi yoki qayt qilish kabi alomatlar kuzatiladi.Binobarin, kasallik organizmning normal holatini buzishi tufayli u atrof-muhitga moslasha olmay, mehnat qobiliyati pasayadi. Kasallik ta’sirida kasallangan a’zo morfologiyasining o‘zgarishi patomorfoz deb ataladi.
Organizm kasallangan vaqtda odamning ruxiy holati muhim ahamiyatga egadir. Odamning haddan tashqari ruhiy azoblanishi yoki qo‘rqishga ham kasallik sababchi bo‘ladi. Kasallik davri quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
1.Yashirin (inkubatsion yoki latent)davri turli kasalliklarda turlicha (grippda 24-36 soat, qizamiq kasalida 2-6 kun va h.k.)bo‘lib, bu vaqtda organizmdagi mikroblarning ko‘payishini va uning ta’sirini odam bilmaydi. Shuning uchun kasallikning bu davrini yashirin davr deb ataladi. Bu davr kasallikning oldini olishda katta ahamiyati bor.
2.Kasallik boshlangan (prodromal) davr. Bu vaqtda kasallikning birinchi belgilari ko‘rina boshlaydi. Ishtaha yo‘qolib, odam bo‘shashadi, harorat ko‘tariladi.
3.Kasallikning kuchaygan davri. Bu vaqtda har bir kasallikning o‘ziga xos belgilari rivojlanib, organizmda patologik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Bu belgilar (simptom) va o‘zgarishlar har xil kasallikda (terlama, zotiljam va h.k.)turli vaqtda o‘tadi. Kasallikdagi patologik o‘zgarishlar odamning sog‘ayishi vaqtida yo‘qoladi. Kasallik davri o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir va cho‘ziluvchan (surunkali) davrlarga bo‘linadi. O‘tkir boshlangan kasallik odatda bir necha kun yoki hafta davom etadi. Kasallikning o‘rtacha o‘tkir davri oylab, surunkali davri esa yillab davom etadi. Ba’zida kasallik qaytalanishi yoki asosiy kasallikga boshqa kasalliklar qo‘shilishi mumkin. Ko‘pincha kasallangan odam butunlay sog‘ayadi. ba’zida qisman sog‘ayish yoki o‘lim bilan tugashi ham mumkin. Odam butunlay sog‘ayganda kasallik belgilarining barchasi yo‘qolib, organizm o‘z vazifalarini normal bajarish holatiga qaytadi. Qisman sog‘ayganda esa bemor tanasida kasallikning ba’zi asoratlari simptomlari (yo‘tal, nafas siqishi va h.k.) saqlanadi. O‘lim-a’zo funksiyalarining butunlay to‘xtashidir. O‘lim uch bosqichda bo‘ladi:
a)agoniya (agonia-ko‘rish so‘zidan) vaqti bir necha minutdan 2-3 kechayu-kunduzgacha davom etishi mumkin.
Bunda markaziy nerv sistemasining faoliyati buzilib, bemor to‘xtab-to‘xtab nafas oladi, yurak urishi zaiflashadi. Harorati pasayib, hushidan ketadi, reflekslar so‘na boshlaydi.
b)klinik o‘lim agoniyadan so‘ng boshlanib, qon aylanishi, nafas olish tamomila to‘xtaydi. Reflekslar yo‘qoladi. Lekin to‘qimalarning modda almashishi bir necha minut davom etadi. Ba’zida organizmning hayoti qayta tiklanishi mumkin.
v)biologik yoki haqiqiy o‘limda ba’zi a’zo va to‘qimalarning hayotini tiklab bo‘lmaslik darajasida patologik o‘zgarishlar bo‘ladi. Ammo murdadan ajratib olingan a’zolarni (qon yuborib tiriltirib) boshqa odamlarga ko‘chirib o‘tkazish (plantatsiya) qilish mumkin. Ammo bosh miya hujayralarida odam o‘limidan bir necha minut o‘tgandan so‘ng tiklab bo‘lmaydigan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘layotgan odamning hayotini (klinik o‘limdan sung 5-7 minut orasida) tiklash uchun bir qancha tadbirlar qo‘llaniladi. Jumladan, o‘layotgan odam yuragi uqalanadi, sun’iy nafas oldiriladi, yurakka bevosita adrenalin yuboriladi, yurak muskuliga elektr toki ta’sir qildirib, uning faoliyatini tiklash mumkin. Maxsus asboblar yordamida arteriyaga (yurakka tomon) kislorodga boy qon quyiladi. Bunda qon birinchi navbatda bosh miya tomirlariga boradi, aks holda miya po‘stlog‘i hujayralari tiklanmas darajada patologik o‘zgarib, odam tirilmaydi. Tabbiy o‘lim-keksaygan organizm funksiyalarining asta-sekin so‘nishi orqali vujudga keladi. Lekin juda qari odamlar xam kasallikdan o‘lganliklari uchun tabiiy o‘lim juda kam uchraydi. Bevaqt o‘lim-jarohatlanish, zaharlanish yoki suiqasddan va kasallik oqibatida bo‘ladi.
To‘satdan o‘lish-kutilmaganda soppa-sog‘ odamda yuz bergan o‘limga aytiladi. Bunday o‘lim ko‘pincha miyaga qon quyilishi yoki yurak infarkti oqibatida yoki katta diametrli qon tomirlarning yorilishi bilan qonning tez oqishi tufayli sodir bo‘ladi. Yuqumli kasallik yoki ba’zan operatsiya vaqtida narkozdan ham yurak to‘satdan to‘xtashi kuzatiladi.
O‘limdan keyin atrof muhit ta’sirida murdada o‘ziga xos o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Jumladan, teri va shillik pardalar quriydi. Ko‘z nuri xirralashadi. O‘limdan 4-6 soat o‘tgach murda mushaklari qisqarib qotadi, qotgan murda 24 soatdan keyin yumshaydi. Ammo uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng sodir bo‘lgan o‘limda jasad sekinlik bilan qotadi. Murdada qon arteriya tomirlaridan vena qon tomirlariga o‘tib iviydi. Qonning gavdadan pastki tomonlariga oqishi natijasida terida qora-ko‘kimtir dog‘lar (murda dog‘lari) paydo bo‘ladi.
Murdaning aynishi (buzilishi) murdadagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati orqali vujudga keladi. Issiqlik va namlik murdaning aynishini tezlatadi. Yoz kunlarida murda buzilishi tezlashadi, past haroratda esa sekinlashadi. Murdadagi o‘zgarishlarga qarab o‘lish sabablarini, vaqtini uning o‘lish paytidagi holatini aniqlash mumkin. Murdada sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan patologiyaning tanatologiya bo‘limi shug‘ullanadi.
Kasalliklar kelib chiqishida organizmning o‘ziga xos xususiyatlari
Odam organizmi tashki va ichki muhit omillari ta’siri ostida yashaydi. Bu holat reaktivlik deyiladi. Bir xil ta’sirot ba’zi odamga mutlaqo ta’sir etmasligi (reaksiya bermasligi) mumkin. Sog‘lom organizmning faol harakati va faoliyati, doimo tashqi muhit ta’sirotlariga javoban moslashadi. Odamning reaktivligi hayvonlardan farqli o‘laroq uning oliy nerv sistemasi faoliyati bilan ikkinchi signal sistemalariga bog‘liqdir. Yaxshi so‘z odamga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatsa, yomon so‘z, aksincha, kasallik chiqarishi mumkin. Binobarin, reaktivlik organizmni tashqi muhitning zararli ta’sirlaridan muhofaza qilish va uni tashqi muhit sharoitiga moslashtirishidan iborat.
Organizmning reaktivligi nihoyatda xilma-xil bo‘lib, irsiyatga, konstitutsiyaga va boshdan kechirgan kasalliklarga bog‘liqdir.
Individual reaktivlik-irsiyatga, yoshga, jinsga, ovqatlanish va yashash sharoitiga (harorat, namlik va kislorod miqdoriga) bog‘liq bo‘lib, fiziologik va patologik turlari tafovut etiladi. Fiziologik reativlik sog‘lom organizmning individual reaksiyalari bilan belgilanadi. Jumladan, gripp ayrim odamlarda og‘ir reaksiya bersa, boshqalarda yengil o‘tadi.
Patologik reaktivlik kasallanish vaqtida organizmning zaiflashishi tufayli paydo bo‘ladi. Jumladan, kasallik paytida isitma, harsillash, terlashlar organizmning muhofazaga moslashishi orqali vujudga keladi. Lekin ular kasal organizmning hayot va mehnat faoliyatini cheklab qo‘yadi.
Muhofaza reaksiyalarini normal fiziologik funksiyalar bilan bog‘langan bo‘lib, ularni bir-biridan ajratish qiyin bo‘ladi. Masalan, sport bilan shug‘ullanganda nafas olish, yurak urishi tezlashishi (normal fiziologik reaksiya), kasallikda esa muhofazaga moslashishi reaksiyasi bo‘ladi.
Muhofaza reaksiyalariga travma tufayli paydo bo‘lgan to‘qima nuqsonining bitishi, yuqumli kasalliklarda immunitet paydo bo‘lishi, qusish, siyish, terlash kabilar kiradi. Muhofaza reaksiyalarida nerv sistema yetakchi vazifani bajaradi.
Muhofaza tormozlanish-bosh miya faoliyati (qo‘zg‘alish va tormozlanish) orqali bajariladi. Bosh miya qo‘zg‘alishi nihoyatda kuchli va oliy darajasiga chiqqach, tormozlanishiga o‘tadi. Bosh miya po‘stlog‘idagi hujayralar I.P.Pavlovning ta’kidlashicha, tez qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, tez charchaydi. Shuning uchun ular yemirilishning oldini oluvchi tormozlanish bo‘ladi. Jumladan, uxlash bosh miya hujayralarining umumiy tormozlanishi bo‘lib hisoblanadi.
Uzoq muddatli qo‘zg‘alishda hujayralarda moddalar almashinuvi zo‘rayib, ularni holdan toydiradi. Bunday sharoitda muhofazali tormozlanish yuzaga keladi. Muhofazali tormozlanish ko‘pincha patologik jarayonlarda paydo bo‘lishi kuzatiladi. Muhofazali tormozlanishni uyqu vositasida kuchaytirish mumkin. Shuning uchun ba’zi bosh miya kasallliklarida bemorni ko‘proq uyqu bilan davolanadi. Immunitet (grekcha - ozod bo‘lish) - organizmni yuqumli narsalardan yoki yot bo‘lgan moddalardan tozalash faoliyatiga aytiladi. Odatda, yuqumli kasallik bilan og‘rigan odam organizmda ana shu kasallikka immunitet paydo paydo bo‘lishi sababli ikkinchi marta u bu kasallikka chalinmaydi. Olimlar organizmning ana shu xususiyatlaridan foydalanib, kasalliklarni paydo bo‘ladigan mikroblarni kuchsizlantirib organizmga yuborish bilan uni kasalliklardan saqlab qolganlar. Ma’lum bo‘lishicha, har bir organizm o‘ziga tushgan yot to‘qima yoki moddalarning o‘zidan ajratgan moddalar bilan yo‘qotish xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, qoplovchi to‘qimalar namlanib o‘zidan zaxarli moddalar ishlab chiqarib organizmni mikroblardan himoya qiladi. Binobarin, immunitet organizmni genetik jihatdan barcha yot narsalardan himoya qilish sistemasidir. Organizmda yot maxsus immunologik javobni beruvchi antitelolar rivojlanishini ta’minlovchi modda paydo bo‘lganda yot antigen ular bilan qo‘shiladi. Antitelolar organizmda limfatik sistemalarda ishlanib antigenlarni bog‘lab zararsizlantiradi.
Antigenlarni organizmga turli tirik yoki o‘ldirilgan mikroblar, viruslar va boshqa organizm to‘qimalarini yuborish orqali yuzaga chiqariladi. Ko‘pchilik antigenlar Oqsillar yoki uglevodlardir. Shuningdek,sun’iy yo‘l bilan ham antigenlar olish mumkin.
Antigen faolligining bu xususiyatlari vaksinalar yaratishda muhim ahamiyatga egadir.
Fiziologik sharoitlarda organizm o‘zining normal to‘qimalariga qarshi antitelolar chiqarmaydi. Ammo o‘z hujayralarida odatdan tashqari yangi antigen paydo bo‘lganda unga qarshi antitelolar ishlab chiqaradi. Xavfli o‘smalarning rivojlanishi ana shunday sodir bo‘ladi.
Antitelolar-organizmda antigenlar paydo bo‘lishiga javoban hosil bo‘ladi. Antitelolar qon plazmasida bo‘lib, bunga gumoral antitelolar deyiladi. Bulardan tashqari limfatik sistema ham antitelo rivojlanishida faol qatnashadi. Immun reaksiyalar limfotsit pardalaridan paydo bo‘lgan hujayra antitelolari orqali sodir bo‘ladi. Bunday hujayra antitelolari a’zolarning ko‘chirib o‘tkazish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Ammo yot hujayralar ba’zan gumoral antitelolar (immunglobulinlar) ta’sirida ham halok bo‘ladi.
Transplantatsion immunitet autologik a’zo yoki to‘qima ko‘chirilib o‘tkazilgandan so‘ng ma’lum vaqtgacha yashashi va ishlashi mumkin. O‘sha turdagi boshqa organizmdan (gemologik) yoki boshqa turdagi organizmdan (geterologik) olingan a’zo esa ajralib halok bo‘ladi. Bu ko‘chish retsipient (xo‘jayin) egasi bilan transplantant o‘rtasida immunologik qurish natijasida yuz beradi. Dastlabki ikki kechayu-kunduzda gomotransplantatlarni organizm yot sifatida sezmaydi. Keyinchalik esa transplantatda makrofag paydo bo‘ladi. 4-9 kundan so‘ng limfoid to‘qimalar reaksiyasi boshlanadi. Shuning uchun a’zo va to‘qimalarning transplantatsiyasida retsepientning transplantatga nisbatan qarshi immun reaksiyasini yengish uchun turli choralar ko‘riladi. Tolerantlik ba’zi odamlar organizmining ma’lum antigenlarga reaksiya ko‘rsata olmasligidir. Bunday hodisa limfatik sistemaning shakllanish davrida organizmning o‘z to‘qimalariga qarshi antitelolar ishlab chiqaradigan limfotsitlar oilasi halok bo‘lishidan vujudga keladi. Jumladan, limfoid to‘qimalar rivojlanish davrida yot antigenlar kiritilsa, reaksiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan limfotsitlar oilasi halok bo‘ladi-da, organizmda antegenlarga nisbatan tolerantlik vujudga keladi. Transplantatning «xo‘jayniga» qarshi reaksiyasi transplantatsion immunitetga bog‘liq.



Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish