Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Gigiyena termini yunoncha “hygienoz”



Download 6,95 Mb.
bet204/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Gigiyena termini yunoncha “hygienoz” so‘zidan olingan bo‘lib, shifobaxsh, salomatlik keltiruvchi, degan ma’noni bildiradi. Bu terminning kelib chiqishini, shuningdek, afsonaviy salomatlik xudosi “Gigieey” bilan ham bog‘lashadi, u tibbiyot xudosi Esqo‘latning qizi bo‘lib uni gulday ochilib, ilon o‘ralgan idishni tutgan holatda tasvirlashadi.Qadimgi yunonlarda ilon donishmandlik ko‘rsatgan.U zaxar ichib hayot ichimligini zararsizlantirgan. Ilon o‘ralgan idish qadim zamonlardan buyon tibbiyotning emblemasi bo‘lib kelmoqda.Gigiyena termini bilan bir qatorda sanitariya termini xam mavjud, u lotincha Sanitas, ya’ni salomatlik demakdir. Kundalik hayotda bu terminlarni aynan bir xil deb hisoblashadi, bu unchalik to‘gri emas, chunki gigiena-bu fan, sanitariya esa gigiyena talablarini praktikada amalga oshiradi.Masalan,gigiena ishlab chiqqan talablarga xonaning havosi suzish basseyndagi suv va boshqalar javob beradigan bo‘lishi kerak; bu talablarni amalga oshirish uchun esa sanitariya tadbir-choralari ko‘riladi: ventilyatsiya, suvni tozalash kabilar.Gigienaning asosiy vazifasi tashqi muhitning kishi sog‘ligiga va ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganishdir.Odam organizmi tashqi muhitning ma’lum sharoitida normal hayot kechirishi mumkin.Uni tabiat, satsial, maishiy ishlab chiqarish va boshqa omillarning murakkab kompleksi sifatida tushinish mumkin. Ularsiz inson hozirgidek yashay olmaydi.Tashqi muhitning normal odatdagidek sharoitining o‘zgarishi, ya’ni organizmning moslanuvchanlik qobiliyatidan oshib ketishi uning tashqi muhit bilan hosil bo‘lgan o‘zaro munosabatini izdan chiqarishi va kasallanishga olib kelishi mumkin.Meterologik faktorlarning keskin o‘zgarishi, havoning chang, zararli gazlar bilan ifloslanishi, yomon yashash sharoiti, sifatsiz suv, uzoq vaqt mobaynida haddan ortiq jismoniy va ruhiy zo‘riqish va boshqalar-bularning hammasi faktor sifatida har xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. I.M.Sechenov va I.P.Pavlovning organizm bilan muhitning ajralmas birligi va tashqi muhitning o‘zgarib turadigan sharoitlariga organizmning moslashishida markaziy nerv sistemasining yetakchi ro‘li haqidagi ta’limoti tashqi faktorlarning ta’siri haqidagi avvalgi tasavvurlarni ancha kengaytirdi. Shu fakt aniqlanganki, ko‘p faktorlar nafas olish organizmlari, teri, ovqat hazm qilish yo‘llari orqali ta’sir etishdan tashqari bevosita sezgi va bosh miya po‘stlog‘i orqali organizmga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu-keskin ifodalangan ta’sirlardan boshlab va kam sezilarli lekin uzoq vaqt ta’sir qilganda, odamlar sog‘ligiga zarar keltira oladigan hamma tashqi muhit ta’surotlarini hisobga olish kerakligini ko‘rsatadi. Intensivligi kam bo‘lgan bunday faktorlarning natijasi charchash diqqatning susayishi ish qobilyatining pasayishidan iborat bo‘lishi mumkin.Tashqi muhitni o‘rganish asosida mehnat va turmushning optimal sharoitlarini ta’minlab beradigan gigiyenik tavsiyalar va normalar ishlab chiqiladi. Gigiyenaning diqqat ob’ektiga aholining butun bir guruhlari kiradi, shuning uchun sanitariya tadbirlari ommaviy harakteriga ega bo‘ladi va yolg‘iz bir kishining emas balki barcha jamiyat talablarini qondiradi.Gigiyenaning boshqa muhim vazifasi organizmning tashqi muhitning salbiy ta’siriga qarshiligini oshirish, insonning umumiy sog‘ligini va jismoniy rivojlanishini, ish qobilyatini oshirish va vaqtidan oldin qarish protsesslarining oldini olish bo‘yicha amaliy rejalarni ishlab chiqarishdan iboratdir. Vosita va usullarga: chiniqish, jismoniy mashq va ishni ratsional usulda o‘tkazish ish va dam olishning to‘gri rejimi ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena kiradi.Gigiyena masalalarini hal etishda har xil tekshirish usullaridan foydalaniladi. Hayotda gigiyenik sharoitlarning eng oddiy usuli sanitariya tasviri hisoblanadi. U tashqi muhit faktorlarining xalq sog‘ligiga ehtimol tutilgan ta’sirini ifodalab beradi. Ular aholi yashaydigan punkt, sport zali, maktablar, suv bilan ta’minlaydigan manbalar va boshqa joylarning sanitariya ahvolini shu joyning o‘zida kuzatish orqali tuziladi. Buning uchun odatda sanitariya tekshirish kartasida foydalaniladi, unda asosiy masalalar aniqlab qayd qilinadi. Aniqroq va ob’ektiv tekshirish metodi eksperemental tekshirish metodi hisoblanadi, bunda har xil laboratoriya usullari qo‘llaniladi. Masalan, fizikaviy, ximyaviy, bakterialogik va boshqalar u yoki bu belgi bo‘yicha tekshirilayotgan ob’ektning sanitariya holatini harakterlaydi. Analiz natijalari tegishli gigiyena normalari bilan taqqoslanadi va shunga asoslanib tekshirilayotga ob’ekt bo‘yicha xulosa chiqariladi.Tashqi faktorlarning odam organizmiga ta’sirini bevosita fiziologik, bioximik va klinik tekshirish metodlari yordami bilan amalga oshiriladi. Zarurat tug‘ilgan holda tajriba hayvonlar ustida o‘tkaziladi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish