Turli sport turlarida sport sport bilan bo‘gliq shikastlanishlarning o‘ziga xosligi.
Turli sport turlarida sport o‘yinlarini o‘tkazish davrida jarohatlanish gigiyena qoidalariga va mashg‘ulotning moddiy-texnik qoidalariga amal qilmagan paytda sodir bolishi mumkin.Masalan,futbol maydoning tekis bo‘lmasligi,sport maydonlarida yot narsalarning bo‘lishi,nam tuproq,zal polining sirpanchiqligi,sport anjumanlari va inshootlarining buzuqligi,kiyim va payabzalning yetishmasligi,himoya moslamalarini tan olmaslik va boshqalar jarohatlanishga olib keladi.Shuning uchun mashg‘ulot joylarini va mahsus himoya moslamalaridan to‘gri foydalanishni sinchiklab tekshirish katta ahamiyat kasb etadi.Ko‘p boshqa sport turlarida va sport o‘yinlari vaqtida travmatik jarohatlanishga o‘yinchilarning texnik tayyorgarligini yetishmasligi, organizm nosog‘lom bo‘lgan sportchilarnnig,shuningdek ,yaqinda kasallikdan qaytgan yoki jarohatlanganlarni trenirovka va musobaqalarga qo‘yish sabab bo‘ladi.Jarohatlanishning sababchisi o‘yinchilarning raqibiga nisbatan qo‘pol,qoidada man qilingan harakatlar qilishidir.Sportchilar orasida kerakli tarbiyaviy ish olib borish va musobaqa davrida sudialikka katta talab qo‘yiladi.
Tez-tez uchraydigan sport bilan bo‘gliq shikastlanishlar.
Bularga boylamlarning cho‘zilishi. Bo‘g‘im sohasida uni cho‘zib yuboradigan va hatto boylamlarni uzib yuboradigan zo‘r keladigan harakatlar natijasida kelib chiqadi.Boylam cho‘zilganda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Shikastlangan soha tezda shishadi va bo‘g‘im funksiyasi ancha buziladi, qon tomirlari uzilishi oqibatida qo‘shni bo‘g‘im bo‘shlig‘iga qon quyiladi (gemartroz).Boylamlarning cho‘zilishi yoki uzilishi boldir oyoq panjasi bo‘g‘imida, tizza va tirsak bo‘gimlarida ko‘p uchraydi. Boylam cho‘zilganda, bo‘g‘im sohasiga bosib turadigan bog‘lam qo‘yish kerak. Og‘ir hollarda gipsli bog‘lam qo‘yiladi.Qon oqishlar ham ko‘p uchraydi.
Tomirlar jarohatlanganda qon oqish sodir bo‘ladi. Tashqi va ichki qon oqishlar tafovut qilinadi. Ichki qon oqishda qon bo‘shliqlarga, to‘qimalarga to‘plansa, tashqi qon oqishda qon organizmdan tashqariga quyiladi. To‘qimalarga qon quyilganda gematomalar hosil bo‘ladi. Ichki qon quyilish yoki qontalashlar ham bo‘ladi. Masalan, nafas yo‘llaridan qon oqishi (qon tupurish), bachadondan siydik yo‘llaridan qon ketishi kuzatiladi. Plevra, qorin bo‘shliqlariga, yurak haltasi bo‘shlig‘iga qon quyilishi mumkin. Miyaga ham qon quyiladi.Jarohatlangan tomirga qarab arterial, venoz va kapillyar yoki parenximatoz qon oqishlar tafovut etiladi. Shikastlangan a’zolardan esa aralash (arterial va venoz) qon oqadi.Qon oqishlar tomirlar devorining yorilishi yoki yemirilishi (jarohatlanishi shuningdek, tomirlar devorining ko‘zga ko‘rinadigan buzilishlarsiz bo‘lishi mumkin.Tomirlar devorining yorilishi ko‘pincha uk-snaryad jarohati, kesilishlar natijasida bo‘ladi. Tomirlar devorining yemirilishi yarali kasallarda (me’da, ichak yaralari, o‘pka sili), yiringli jarayonlarda yuzaga keladi. Ba’zida kapillyar devorining o‘tkazuvchanligi ko‘payishi natijasida to‘qimalarga qon (guanapes) quyiladi. Quyiladigan qon asta-sekin parchalanib pigment hosil qilib shimiladi. Ammo pigment esa qon quyilgan to‘qimani qo‘ng‘ir tusga kiritadi. Qon oqishining oqibati qon oqishining tezligi va joyiga bogliq. Agarda qonning kuchi katta bo‘lmasa, tromb hosil bo‘lib, qon oqishi to‘xtaydi. Bunga qon bosimining pasayishi, yurak qisqarishining kamayishi yordam beradi.Yirik tomirlardan qon (aorta va uning yirik shoxlaridan) oqishi xavfli (30 % ga yaqin qonni yo‘qotish o‘lim bilan tugaydi) dir. Bunday qon yo‘qotishda qon bosimi keskin pasayib, qon aylanishi to‘xtaydi. Qo‘l-oyoq tomirlaridan 50-60% qon yo‘qotilganda o‘lim sodir bo‘ladi. Ko‘p qon ketib, qon bosimi keskin pasaysa (kollaps) bemor es-xushini yo‘qotib, tomir urishi arang seziladi. Oyoq-qo‘llari sovub muzdek ter bosadi. Qon oqishi to‘xtagandan so‘ng tiklanish boshlanadi. Bunda arteriya tomirlari qisqarib (spazm) bosim ko‘tariladi.Venada esa aksincha bosim tushib qon aylanishini yengillashtiradi.Yurak urishi va nafas olish tezlashib, to‘qimalarga kislorod yetkazib berish yaxshilanadi. Bulardan tashqari jigar va talok (qon deposi) dan qon chiqib tomirlardagi qonga qo‘shiladi.To‘qimalardagi suyukliklar (odam organizmida to‘qima suyukligi qonga nisbatan 3 marta ortiq) chiqib qon hajmini oshiradi.Shunday qilib qon yo‘qotilgandan 8 soat o‘tgach, uning hajmi 50% tiklanadi.Qon yo‘qotishdan keyin qon ishlab chiqarish (kumikdan) kuchayadi. Eritrotsitlar soni 30 - 50 kun o‘tgach normaga keladi. Odam ko‘plab qon yo‘qotganda qon o‘rnini bosuvchilarni quyib bosimni oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |