Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari



Download 6,95 Mb.
bet215/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Sog‘liqqa ta’sir etuvchi omillar. Sog‘lom turmush tarzini shakllantiradigan muammolar, sog‘lom turmush tarzini harakterlovchi nuqtai nazar.Hayot tarziga odamning asosiy faoliyatlari bo‘lgan mehnat faoliyati ijtimoiy faoliyat, psixologik, intellektual harakat faolligi, munosabatlar, turmushdagi o‘zaro munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Akademik N.P.Lisitsin hayot tarzi tushunchasiga muhim omil bo‘lgan tibbiy aktivlikning 3 ta yo‘nalishini ko‘rsatadi.
1-odamlarni aktivlik harakteri-intellektual, jismoniy
2-aktivlik doirasi-mehnat, mehnatdan tashqari
3-faollik turlari ishlab chiqarish ijtimoiy ta’limiy madaniy turmushdagi faoliyat, jismoniy, tibbiy faollik Turmush tarzi – odamlarni ma’lum muhit sharoitidagi faoliyati bo‘lib, bularga ekologik sharoit, ta’lim, psixologik holat, muhit, turmush, o‘z uyini qurish kiradi. Turmush-tarzi tartib, daraja, sifat va hayot shakli bilan o‘zaro bog‘langan. Bu tushunchalar 4 ta toifa bilan birlashgan: iqtisodiy-sizning material yutug‘ingiz qanday; sizning ijtimoiy iqtisodiy hayot tarzingiz qanday; ijtimoiy psixologik-sizni hayotingiz shakli qanday. Bu toifalar odam sog‘ligiga ta’sir etadi.Salomatlik nimalarga bog‘liq? Inson salomatligi-ijtimoiy, atrof-muhit va bioiliogik omillarning murakkab o‘zaro aloqasi natijasidir (Robbins, 1980). Salomatlikka turli ta’sirlarning hissasi quyidagicha:
irsiyat-20%, atrof-muhit-20% , tibbiy yordam saviyasi-10% , turmush tarzi-50%.
Turmushda ishlatiladigan salomatlik bilan bog‘liq atamashunoslik salomatlik darajasi turlicha bo‘lishini hamma tan olayotganligi haqida guvohlik beradi. Kundalik hayotda ko‘pincha “sog‘lig‘i zaif”, “sog‘lig‘i mustahkam” va h.k iboralar ishlatiladi. Mustahkam salomatlikka ega inson kasalliklarga chidamli bo‘ladi. Salomatlik darajasi moddiy ta’minlanganlikka bog‘liqmi?Moddiy ta’minlanganlik darajasi turmush tarziga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz . Oddiy sog‘lom fikr va tadqiqotlar natijalari salomtalikni saqlash mustahkamlash bazaviy hayotiy talablar qondirilgandagina mumkin bo‘lishi haqida guvohlik beradi, rivojlangan mamalakatlarda o‘rtacha yashash yoshini oshirishning dastlabki bosqichida iqtisodiy o‘sish va insonlarning farovonligini yaxshilash bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqligi tasodifiy emas. Hozirgi paytda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda kishi boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadning aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir guruhlardan 6-10 barobarga farq qilishi salomatlik ko‘rsatkichlarida 3-4 barobarga farq qilishiga olib keladi.Kam daromadli kishilar tez-tez kasal bo‘lishadi, profilaktika yordamiga kam murojaat qilishadi,o‘limning yuqori ko‘rsatkichlariga ega . Aholining yuqori daromatlik guruhlari tibbiy yordam profilaktika turlariga tez-tez murojat qilishadi.Biroq ma’lum moddiy taminlanganlikka erishilgach( o‘rta sinif daromadlari) umuman aholi salomatligiga va xususan har bir inson salomatligiga, birinchi navbatda moddiy imkoniyatlar emas, balki salomatlik maqsadida ulardan foydalanish usullari ta’sir eta boshlaydi. Keyingisi ta’lim darajasiga sezilarli darajasida bog‘liq bo‘ladi. Bir xil yosh-jins guruhlari solishtirganda ta’lim darajasi yuqori shaxslarda o‘lim ta’lim darajasi past guruhlardan 1,5-4 marta past. Shuningdek, o‘rtacha yashash yoshi o‘rtasidagi farqlar haqidagi ma’lumotlar ham xuddi shunday. Ta’lim darajasi yuqori shaxslarning uzoq umr ko‘rishi birinchi navbatda mehnat sharoiti bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Onaning tibbiy savodsizligi bolaning o‘limiga bevosita ta’sir etadi: qiyin variyantlarda (unversitet, tugallanmagan o‘rta ma’lumot, savodsizlar) bolalar o‘limining ko‘rsatkichlarni 4 martadan ko‘proqqa farq qiladi. Kasallikni ko‘pincha salomatlikka qarama-qarshi holat sifatida qoraladi: Butunjahon salomatlik jamiyati lug‘ati bo‘yicha kasallik “me’yoridagi” holatdan har qanday sub’ektiv va ob’ektiv og‘ishidir”.Kasallik kelib chiqishi sababi quyidagilar.
-oraganizmning (funksional tizim, organ yoki to‘qimaning) kam harakatchanligi, bu o‘z navbatida me’yoriy qo‘zg‘atishga past reaksiya qiluvchi chiniqmaganlikka olib keladi;
-uyg‘unlashgan boshqaruvning buzilishi hamda zaharli moddalarni to‘planib qolishiga olib keladi.
-zaharlanish, radiatsiya natijasida hujayralarning zararlanishi;
-tashqi muhitning o‘zgarishi, teri, mushaklar, ichki organlarning hujayralarning funksiyalarini tuzilishiga olib keladi; Ruhiyatning buzilishi, asab omili (stess) ta’siri natijasida paydo bo‘ladi.
Organizmdagi kasallik organlarining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan funksiyalar o‘zaro ta’sirining buzilishi hisoblanadi.Ortiqcha kuchanish, ya’ni dam olmasdan intensiv harakat qilish natijasida yuzaga kelishi mumkin. Qator hollarda kasalliklar organizmning hamda immunitet tizimining haddan ziyod javob reaksiyasi sifatida yuzaga keladi, ular yuqumli-allergik kaaslliklar deb ataladi.Shunday qilib ko‘p ovqat yeyish, kam harakatlilik, ruhiy kuchlanishlar yoki “stresslar”, chiniqishning yo‘qligi kasallik, potologiya yuzaga kelishining asosiy sababalari hisoblanadi.Patologiya (kasallik) – kichik tizimlar funksiyasi yuz berganda qonuniyatlari o‘rganuvchi kasalliklar haqidagi fan.
Umumiy potologiya quyidagi bo‘limlardan tuzilgan:
- kasallikni davriylashtirish; uning yuzaga kelish sabablari; rivojlantirish va sog‘lomlashtirish mexanizimi; konstutitsiya, irsiyat, reaktivlikning ahamiyati.
Kasallik organizimni me’yordagi holatidan potologik holatdan olib keladi va uning faoliyatini buzilishi kuzatiladi.Kasallik kechishiga qarab o‘tkir, va surunkaliga ajraladi. O‘tkir kasalliklar to‘satdan ko‘p (bir necha) belgilari paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi.Yarim o‘tkir kasalliklar odatda, sekinroq kechadi va bir necha oy davom etishi mumkin bo‘lgan surunkali holiga o‘tishi mumkin bo‘lgan surunkali holiga o‘tishi mumkin.Tashqari (ekzogen) omillar bu noto‘g‘ri ovqatlanish, radiatsiya, haddan tashqari isib ketishi yoki haddan tashqari sovuqqotish, va h.k. bo‘lib ular kasallik chiqaruvchi omillarga qarshi immunitetning ( qarshilik ko‘rsatgichining) pasayishiga olib keladi. Potogenizm turli darajada molekulyar, to‘qima, organ, va tizim darajasi organizm reaksiyasining o‘zgarishga olib keladigan kasallikning kelib chiqish, rivojlanishi mexanizimini o‘rganadi. Ma’lumki, organizimda barcha hujayra va to‘qimalarning faoliyati bir biri bilan uzviy bog‘langan, shuning uchun ham kasallik butun tanaga tarqaladi va kasallikni emas, bemorni davolash kerak.
Har bir kasallik quyidagi davrlar bo‘yicha rivojlanadi:
- latent yoki yashirin davr;
- kasallikni birinchi alomatlari ( prodromak) davri;
- kasallik avj olgan davr;
- kasallikni tugallanish, tuzalish davri;
Kasallanish paytida organizimda har xil o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Avvalo, assimilatsiya jarayonlari- turli moddalarning organizm tamonidan o‘zlashtirilishi va ularning to‘qimalar uchun zarur bo‘lgan birikmalariga aylanishi. Dissimilatsiya- bu tirik materiyaning parchalanish jarayonidir ( murakkab birikmalarining parchalanishi, energiyaga boy birikmalarda energiya ajralishi).Distrofiya, atrofiya, shamollash, qon aylanishining buzilishi va b. potologiya turlari hisoblanadi. Distrofiya- to‘qima( hujayra) almashinuvining buzilishi bo‘lib, to‘qimalarda ( hujayralarning) oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, meniral moddalar yoki tuzlar almashinuvidan kelib chiqib, umumiy yoki qisman, tug‘ma yoki keyin paydo bo‘lgan tizimiy o‘zgarishlar bilan kuzatiladi.Atrofiya- organ va to‘qimalar funksiyalarning pasayishi va hajmining kichrayishi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish