Miyacha. Bosh miyaning bu qismi ikkita yarimsharlardan iborat bo‘lib, impulslarni teri mushaklari paylaridan, orqa miya- miyacha ko‘prigi va uzunchoq miya yadrolari orqali oladi.
Miyachaga uzunchoq miyadan yana vestibo‘lyar impulslar, o‘rta miyadan esa ko‘rish va eshitish impulslari kelib turadi. Miyacha yarim sharlar po‘stlog‘i bilan maxsus yo‘llar orqali bog‘langan. Miyachaning asosiy vazifasi organizmda turli-tuman murakkab harakatlarni boshqarib, ularni koordinatsiya qilib borishdir. Hayvon miyachasi olib tashlansa organizmda harakat faoliyati buzila boshlaydi. Bunday holatlar quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: atoniya mushak tonusining keskin pasayib ketishi va tonusning noto‘g‘ri taqsimlanishi: astaziya-tinch tura bilmaslik holati, barcha mushaklar va organlar tartibsiz, ishonchsiz harakat qila boshlaydi, asteniya-mushaklarning tez charchab qolishi, ataksiya-kordinatsiyalangan harakat faoliyatining buzilishi.
Miyacha bolalarda bir oz yuqoriroqda joylashgan bo‘lib, bosh miya qutisini ensa qismini to‘ldirib turadi. Yangi tug‘ilgan bola miyachasining vazni 20,5-23 g, 6 oylik bolada 62-65 g bo‘ladi. Miyachaning oq moddasi kulrang moddasiga nisbatan tez rivojlanib, 7 -8 yoshdan keyin uning o‘sishi tugallanadi.
Miyacha mushaklarning uyg‘un qisqarishini va harakatlar taranglashishini boshqaradi. Tana holati haqidagi vestibo‘lyar, ko‘ruv, eshituv va proprioretseptorlardan keladigan axborot miyachaga borib, uyg‘unlashadi, natijada skelet mushak harakatlarining silliqligi ta’minlanadi. Katta yarim sharlar miyacha faoliyatini hamda miyachadagi vegetativ funksiyalarni boshqaradi. Harakatlarni muvofiqlashtirish, mushaklar tarangligini idora qilish, tana vaziyati va muvozanatini saqlash, ya’ni aniq va nozik murakkab harakatlarni boshqarish funksiyalarini miyacha idora etadi.
Miyacha kasallanganda gavda va qo‘l-oyoq mushaklarining tarangligi sustlashadi, ko‘pincha qo‘l-oyoqlar qaltirab, odam uyg‘un harakatlar qila olmaydi. Bunday holatdagi harakatlar maet odamning harakatini eslatadi (3-8 raem). Miyachasi shikastlangan odamlarda ko‘pincha nutq buziladi, ular so‘zlarni bo‘lib -bo‘lib, duduqlanib talaffuz qilishadi.
Miyacha bundan tashqari oshqozon-ichak faoliyati ishiga, qon va qon aylanishiga ham faol ta’sir etadi. Demak, shunday qilib, miyacha barcha qo‘zg‘aluvchanlikni integratsiya qilib turadi.
Miyacha ishi ustidan miya yarim sharlari po‘stlog‘i doimo nazorat qilib turish xususiyatiga ega.
Endi tug‘ilgan bolalarda miyacha uncha rivojlangan bo‘lmaydi, u uzunchoq formada bo‘lib, ancha baland joylashgan. Bola tug‘ilganidan keyin miyacha tezlik bilan o‘sadi. 1-2 yosh orasida miyacha ancha rivojlanib katta odamlarnikiga o‘xshab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |