Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari



Download 6,95 Mb.
bet250/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Bosh miya yarim sharlari.  Katta yarim sharlar filogenetik jihatdan markaziy nerv tizimining eng yangi, rivojlangan qismi bo‘lib, ular odamda hayvonlarnikidan tubdan farq qiladi. Katta yarim sharlar bosh miyani ko‘plab turuvchi juft a’zo bo‘lib, ikkala yarim shar bir-biri bilan qadoqsimon tana yordamida tutashgan. Katta yarim sharlar satxida turli buramalar ko‘pligidan yuzasi 1,7-2,0 m2 gacha yetib boradi. O‘ng va chap yarim sharlar miya umumiy og‘irligining 80% ini tashkil qiladi. Neyronlarning umumiy soni 12-18 mlrd atrofida bo‘lib, ular 6 qavatni tashkil qiladi. Miyaning har bir yarim shari funksional jihatdan 4 bo‘lakka (peshona, tepa, orqa va chakka) ajratiladi.
Katta yarim sharlar funksiyasi. Katta yarim sharlarsiz tug‘ilgan (aentsefal) bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tibbiyot amaliyotida mavjud. Aniqlandiki, aentsefal bolalarda katta yarim sharlar o‘rnida faqat ma’lum bir suyuqlik bilan to‘lgan miya pufakchalari bo‘ladi. Aentsefal bolalardan bittasi 3 yil-u 9 oy yashaganligi fanga ma’lum. U bola tovush va yorug‘lik signallariga hech qanday reaksiya bermagan, u hech kimni tanimagan, so‘zlashmagan, umuman, unda hech qanday fe’l-atvorga xos bo‘lgan harakatlar unda kuzatilmagan.
Katta yarim sharlarning turli qismlari har xil funksional ahamiyatga ega.
Bola organizmining o‘sishi va rivojlanishi jarayonida bosh miya bir qator morfologik va funksional o‘zgarishlarga uchraydi: undagi egatlarning holati, nerv hujayralarining joylashishi, po‘stloq qismi turli bo‘limlarining bir-biriga nisbati va hokazo. Bunday o‘zgarishlar 5-6 yosh orasida eng ko‘p bo‘ladi va 15-16 yoshga kelib tugallanadi. Katta odamlar bosh miya yarimsharlarining po‘stloq qismi 2-3 mm qalinlikka ega bo‘lib, o‘rtacha 14 milliard nerv hujayralari to‘plamidan iboratdir. Odamlarda yarimsharlar po‘stlog‘i turli xil shakldagi 6 qavat hujayralardan iborat. Po‘stloqda egatlar, g‘adir-budirlar ko‘pligi uchun uning yuzasi ancha keng bo‘ladi (0,2 m2). Bevosita po‘stloq osti qismida oq modda joylashgan bo‘lib, u nerv tolalaridan iborat, po‘stloq hujayralarini bir-biri bilan, miyaning boshqa qismlarini po‘stloq bilan bog‘lab turadi. Po‘stloqdagi neyronlar, asosan, ikki xil bo‘ladi, ya’ni piramidasimon va yulduzsimon nerv hujayralari. Yulduzsimon neyronlar po‘stlog‘idagi asosiy neyronlar hisoblanib, ularning asosiy vazifasi ta’sirni qabul qilish va uni qo‘shni nuqtalarga, markazlarga o‘tkazishdir. Piramidasimon hujayralar katta va kichik bo‘lib, ular efferent markazlar hisoblanadi. Odam miya po‘stlog‘i kuchli rivojlangan neyronlararo aloqaga ega. Bu aloqa 18 yoshgacha kuchli rivojlanadi. Po‘stloq nerv hujayralarini alohida-alohida sinchiklab o‘rganish unda uch xil: birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi maydonlar borligini ko‘rsatadi.
Birlamchi maydonlarda eng katta nerv hujayralari mavjud bo‘lib, ular periferiyadagi sezgi va harakat organlari bilan bog‘liq. Bu nerv hujayralari ontogenezda eng avval rivojlanadi. Birlamchi maydonchalarda har bir sezgi organining sathi bor. Bu dastlab I.P.Pavlov maktabi tomonidan isbotlab berildi (peshona qismidagi, markaziy qismdagi harorat, og‘riq, mushak, bo‘g‘in maydonlari, chakka qismda eshitish maydoni, ensa qismida ko‘rish sathi va boshqalar). Bu maydonchalar periferiyadan kelgan qitiqlanishlarni alohida-alohida analiz qilish xususiyatiga ega.
Ikkilamchi maydonlar analizatorlarning nerv yo‘llari bilan birlamchi maydon orqali bog‘lanadi. Ular qabul qilingan informatsiyalarni umumlashtirish uchun xizmat qiladi.
Agar birlamchi maydonchalar zararlansa yoki ishdan chiqsa psixik karlik, psixik ko‘rlik va hakozalar vujudga keladi. Agar ikkilamchi maydonchalar zararlansa kishi eshitib ko‘rsa ham taassurotlarning asl mohiyatiga tushuna olmaydi.
Uchlamchi maydonchalar periferiyadan eng uzoqdagi markazlar bo‘lib, ular faqat odamlardagina bor, xalos. Uchlamchi maydonchalar yarimsharlar po‘stlog‘ining yarmisini egallab olgan bo‘ladi. Uchlamchi maydonchalarning asosiy tuzilish elementi yulduzsimon hujayralardir. Uchlamchi maydonchalarda mavjud bo‘lgan nerv hujayralarining tolalari chap va o‘ng yarim sharlarni bir-biri bilan bog‘lab turadi. Shuning uchun ham ikkala yarimsharlarni bir-biri bilan bog‘lashda bu nerv hujayralarining ahamiyati juda katta. Bu maydonchadagi nerv hujayralari eng oxirida yetilib, eng oliy analiz va sintez ishlarini olib boradi. Barcha harakat reflekslarning rejalashtirilishi, nutqining rivojlantirilishi uchlamchi maydonchalarning faoliyatiga bog‘liq. Agar uchlamchi maydonchalar tug‘ma holda zararlangan bo‘lsa yoki rivojlangan bo‘lmasa, bola gapira olmaydi, oddiy harakat komplekslarini o‘rgana olmaydi.
Miya yarim sharlari po‘stlog‘ining faoliyatini o‘rganishda elektroentsefalografik (elektrofiziologiyaning miya biotoklarini o‘rganuvchi qismi) tekshirishlar ancha qo‘l keladi.
Elektroensefalogrammani (EEG) hayvonlarda maxsus elektrodlar yordamida, odamlarda esa bosh qutisining yuza qismidan yozib olishadi. Odamda EEGning chastota va amplitudasi miya yarimsharlar po‘stlog‘ining funksional holatida o‘z aksini topadi. Organizm harakat qilmasdan tinch turganida (ko‘pincha ko‘z yumuq bo‘lganida) alfa ritm (har daqiqasiga 8-12 tebranish ro‘y beradi), biron narsa to‘g‘risida faol holda o‘ylansa beta-ritm (daqiqasiga 13 martadan ziyod tebranish), uxlaganda teta-ritm (daqiqasiga 4-7 tebranish), qattiq uxlaganda, narkoz ostida delta-ritm (daqiqasiga 1-3 tebranish) lar qayd qilinadi.
Elektroensefalogrammada jismoniy ham aqliy ish vaqtida po‘stloq nerv hujayralarining o‘zaro munosabati o‘z aksini topadi. Turli xil jismoniy ishlar vaqtida yarimsharlar po‘stlog‘i kelishib, sinxron ishlaydi.



Vegetativ nerv sistemasining o‘ziga xos xususiyatlari. Vegetativ nerv tizimi ichki a’zolar faoliyatini hamda modda va energiya almashinuvini boshqarib, organizmni o‘zgarib turgan ichki va tashqi muhitning sharoitiga moslashtiradi. Vegetativ nerv tizimi uzunchoq miya, gipotalamus yadrolari va limbik tizim markazlari nazorati ostida bo‘ladi (raem 3-11).
Vegetativ nerv tizimi ichki a’zolarni, qon tomirlarini, teri silliq mushaklarini, Yurak va bezlarni innervatsiya qiladi. Vegetativ nerv tizimidagi tolalar skelet mushaklariga ham boradi va skelet mushaklarining qisqarishiga ta’sir qilmay, ulardagi modda va energiya almashinuvini oshirib, ish qobiliyatini kengaytiradi.
Vegetativ nerv tizimidagi efferent yo‘l ikkita neyrondan iborat. Bu vegetativ nerv tizimiga xos bo‘lgan belgidir. Vegetativ nerv tizimining tolalari markaziy nerv tizimidagi yadrolardan chiqib, albatta, periferik nerv tugunlarida — vegetativ gangliyalarda uziladi. Bu tolalar preganglionar tolalar deb nomlanadi. Vegetativ gangliyalardagi efferent yo‘lning ikkinchi ioyronlari turli ichki a’zolarga borib, ular postganlionar moyronlar deb nomlanadi. Somatik nerv tizimida vegetativ nerv tizimidan farqli o‘laroq efferent nerv tolasi markaziy nerv tizimidan innervatsiya etuvchi a’zogacha uzilmasdan boradi. Vegetativ nerv tizimining tolalari somatik nerv tizimidagi tolalarga nisbatan qo‘zg‘aluvchanligi va impulslarning tarqalish tezligi (bir soniyada 1 — 30 m) kichik bo‘lib, qo‘zg‘alishning latent davri esa kattadir.
Tuzilishi va funksional xususiyatlari asosida vegetativ nerv tizimi — simpatik va parasimpatik nerv tizimlariga ajratiladi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish