Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish shakli va usullari



Download 6,95 Mb.
bet166/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

11.4. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish shakli va usullari
O‘rta va katta yoshlilarda ko‘pincha sog‘lig‘larida ozmi-ko‘pmi o‘zgarishlar bo‘lgani uchun ularning guruhlarida o‘tkaziladigan darslar ham har xil bo‘lishi mumkin. Chunki ayrim a’zolarida ko‘pincha har xil o‘zgarishlar bo‘ladi. Katta yoshlilarda sog‘lomlashtirish maqsadida mashg‘ulotlarni har xil usullari va chiniqtirish omillari qo‘llaniladi: ertalabki gigiyenik gimnastika, jismoniy mashqlar bilan individual shug‘ullanish, miqdorli-o‘lchab yurish, jismoniy tarbiya pauzalari, jismoniy tarbiya daqiqalari, sportni ba’zi-bir turlari bilan shug‘ullanish, lekin shifokor va murabbiydan bu alohida diqqat-e’tiborni talab etadi.
Ertalabki gigiyenik gimnastika.Qari yoshdagilarning kun tartibida ertalabki gigiyenik gimnastika albatta bo‘lishi kerak. Qon aylanish va nafas olish a’zolarining funksional holatini pasayishi natijasida tungi uyqudan uygonish juda uzoq davom etadi. Mushak ishlariga moslashish, ancha normal izdan chiqqan bo‘ladi, shu sababli tanani ohistalik bilan tayyorlashga to‘g‘ri keladi. Bu vazifani ertalabki gigiyena gimnastikasi hal etadi. Ertalabki gigiyenik gimnastikasi kompleksiga 6-9 mashq, kiritiladi (nafas mashqlari, qo‘l va oyoqlar uchun mashqlar, tana uchun mashqlar), bular o‘rtacha yoki sekin tempda bajariladi. Har bir mashq, 4-6 marta qaytariladi. Har bir mashqlar orasida 5-15 soniya tanaffus qilinib tinch nafas olinadi. Yangi mashqqa o‘tishda ham pauza shart. Mashqlarni juda tez tempda bajarish, nafas olishni va charchashni to‘xtatadigan mashqlar, gantel, toshlar bilan mashq qilishi tavsiya etiladi.
Ko‘rish a’zolarida ancha o‘zgarish bo‘lganligi uchun ko‘zga – ko‘z mushaklariga (ko‘zni yuqoriga, pastga o‘ngga, chapga qarash, ko‘zni kuch bilan ochish va yumish boshni frontal tekislikda aylantirish) mashqlari tavsiya etiladi. Shu mashqlardan har biri 3-4 martadan takrorlanib ertalabki gigiyenik mashqlari kompleksi boshlanadi.
Yurish.Qariyalar uchun yurish eng zarur jismoniy tarbiya hisoblanadi. Yurishni yengil me’yorlash, hamma sharoitda qo‘llash mumkinligi, katta sog‘lomlashtirish ta’siri qariyalarda eng asosiy mashq, deb qabul etilgan. Endi jismoniy mashqlar qilgan shaxslarga 2-3 km masofagacha yurishdan boshlanadi.
Yurishdan so‘ng 5-10 daqiqa dam olish kerak, o‘zini yaxshi sezganlar esa qaytarishi mumkin. Sekin-asta masofa ko‘paytiriladi. Yurish tempi oldin sekin (daqiqaiga 80-100 qadam), tekis nafas olish kerak. Yurish uchun tekis yo‘l, toza havo, ko‘kalamzor joy tanlanadi. Yurishni ertalab yoki kechqurun uyqudan 1-1,5 soat oldin bajarish (kerak) faol dam olish vositasiga bog‘liq; yayov yurish, konkida, chang‘ida uchish, qayiqda suzishlar ham kiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan hamma tavsiyalarga amal etilsa sog‘lomlashtirish samarasi yaxshi bo‘ladi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish