7-SINF 1-чорак
GIMNASTIKA (2 soat)
mavzu: Umumrivojlantiruvchi mashqlar. (2 soat)
Buyumlarsiz mashqlar bajarish, egilishlar, burilishlar, o‘tirib-turishlar, sakrashlar, aylanma harakatlar, raqs qadamlari; buyumlar (arg‘amchi, to‘plar, gimnastik tayoqcha, gantellar, gardishlar va o‘rindiqlar) bilan mashqlar; gimnastik devorda mashqlar bajarish. Juft bo‘lib mashqlar bajarish.
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (8 soat)
mavzu: Yurish. (1 soat)
Har xil tezlikda (20-30 daqiqa) davomida yurish. Har xil qadam kengligi va tezligi bo‘yicha o‘zgartirib yurish.
mavzu: Yugurish. (3 soat)
Tepalikka pastlikka yugurish. Past-baland joylarda kross yugurish (O‘g‘il bolalar 800 m, qizlar 500 m). Bir me’yorda past tezlikda 8 daqiqa davomida yugurish. Past startdan 60 masofaga yugurish. To‘siqlar osha yugurish. Estafeta 4x60 metr yugurish mashqlari. 4x10 metrga mokisimon yugurish.
mavzu: Kross tayyorgarlik. (2 soat)
Guruh bo‘lib yugurish. Kross masofasidagi qattiq, yumshoq, qum va maysali joylardan yugurish. 2000 metrli masofa bo‘ylab kross yugurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |