Tekis egilish
Reja:
1.Asosiy tushunchalar
2.Sof egilishda normal kuchlanishlarni aniqlash
3.Normal kuchlanishni hisoblash
Sterjenlarning markaziy cho'zilish siqilishini va vallarning buralishini tahlil qilib, ularning deformatsiyagacha bo'lgan bo'ylama toʻgʻri o'qi deformatsiyadan keyin ham to'g'riligicha qolishiga ishonch hosil qilgan edik. Ammo to'sinlar egilishining tavsifli xususiyati shundaki, o'zaro parallel ko'ndalang kesimlarning bir-birlariga nisbatan og'ishi va bo'ylama o'q ustida yotuvchi barcha nuqtalarning vertikal ko'chishi natijasida to'g'ri chiziqli geometrik o'q egri chiziqqa aylanadi. To'sinlar egilganda barcha kesimlarda ichki kuch faktorlaridan faqat ko'ndalang kuch Q va eguvchi moment M lar hosil boʻladi. Tashqi yuklarning qo'yilishi va to'sinlarning mahkamlanish usullariga ko'ra egilishlar turli xil bo'lishi mumkin.
Agar barcha tashqi yuklar (tayanch reaksiyalari ham) to'sin bo'ylama o'qidan o'tuvchi bitta tekislikda yotsa va bu tekislik simmetriya tekisliklari bilan ustma ust tushsa, u holda egilish ham mazkur simmetriya tekisligida sodir boʻladi; odatda bunday egilish tekis egilish deb yuritiladi. Tashqi yuklarning qo'yilishi va to'sinlarning mahkamlanish usullariga qarab tekis egilish sof va ko'ndalang egilishlarga ajratiladi. Sof egilishda to'sinning ko'ndalang kesim yuzalarida kesuvchi kuch nolga teng boʻlib, eguvchi moment o'zgarmas miqdorga teng bo'ladi; ko'ndalang egilishda esa kesim yuzalarida eguvchi momentdan tashqari kesuvchi kuch ham paydo bo'ladi. 2.36-shaklda tasvirlangan to'sinlarning kesuvchi kuch va eguvchi moment epyuralarini tahlil qilib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin (to'sinlarning xususiy og'irliklari e'tiborga olinmagan): 2.36-shakl, a da tasvirlangan to'sin faqat sof egilishga qarshilik ko'rsatadi; 2.36-shakl, b da tasvirlangan to'sinning faqat o'rta qismi sof egilishga, chap va o'ng qismlari esa ko'ndalang egilishga qarshilik ko'rsatadi. To'sinning ko'ndalang kesimlaridagi ichki zo'riqishlarni mazkur kesimlerd paydo bo'luvchi kuchlanishlar muvozanatlaydi. Aniqrog'i, eguvchi momen normal kuchlanish, kesuvchi kuchni esa urinma kuchlanish uvozanatlaydi.
Normal kuchlanish faqat eguvchi momentga, urinma kuchlanish esa kesuvchi kuchga bog'liq ekan, degan xulosa kelib chiqadi:
o= 0(M)
Bu xulosa normal va urinma kuchlanishlarni alohida aniqlashga, ya'ni sof va ko'ndalang egilishlarni bir-birlaridan mustaqil o'rganishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |