4.2-jadval
AQShda soliq to'lovshi jismoniy shaxsning oilaviy maqomiga qarab soliq
stavkasining o'zgarishi
3
Yillik daromad bazasi $
Soliq summasi%
1. Birgalikda soliq deklaratsiyasini to'ldirayotgan er-xotinlardan
-0 dan 29750 gasha
15.0
-29751 dan to 71900 gasha
28.0
-71901 dan to 171090 gasha
33.0
-171090 va yuqorisiga
28.0
2. Oila boshlig'idan
-0 dan 23900 gasha
15.0
-23900 dan 61650 gasha
28.0
-61650 dan 123790 gasha
33.0
-123790 dan yuqorisiga
28.0
3. Yolg'iz soliq to'lovshidan
-0 dan 17850 gasha
15.0
-17850 dan 43150 gasha
28.0
-43150 dan 89560 gasha
33.0
-89561 dan yuqorisiga
28.0
Jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortish amaliyotida soliq stavkasi miqdorini
progressiv (ko'payib boruvshi) usuli bilan birgalikda, aholining ayrim qatlamlari uchun
regressiv (kamayib boruvshi) usulidan ham foydalanish lozim. Soliqqa tortishni bu
3
Беляев Ю.А. Бюджетний федерализм: зарубежний опит. –М.: Финанси, 2007 г.
uslubining ahamiyatli tomoni shundan iboratki, daromad o'sib borgan sari soliq stavkasi
miqdori muvofiq ravishda kamayib boradi. Bu esa hozirgi kundagi davlatning ijtimoiy
siyosatiga mos keladi.
AQShda shaxsiy daromad solig'ining yuqori (33%) stavkasi daromad 148250$ dan
oshganda so'ng qo'llaniladi, ammo o'rtaga yillik soliq stavkasi 28 %dan oshmaydi.
Chunki buning eng xususiyatli tomoni shundaki, 33%li stavkadan keyingi stavka 28
%likdir. Mazkur stavkaning tadbiq etilishi 250000$ dan boshlab qo'llanilmoqda,
shunday bo'lsada o'rtaga yillik soliq stavkasi 28% dan oshmagan. Bunday pasayib
boruvshi stavkani qo'llashdan davlat hesh qanday iqtisodiy zarar ko'rmaydi, shu bilan
bir qatorda aholining daromad solig'iga bo'lgan ruhiy ishonsh yo'qolmay soliq
to'lashdan qoshish holatlari deyarli kuzatilmaydi. Ushbu soliq yuki aholi daromadida
boshqa egri soliqlarga nisbatan kam bo'lishligi kuzatiladi.
4.2-jadvaldan ma'lum bo'layaptiki, AQShda federal shaxsiy daromad solig'ining
maksimal stavkasi 33% ni tashkil qilsada, lekin eng oxirgi stavkasi 28%ni tashkil
qilmoqda.
Chunki soliq to'lovshi sub'ektlar, xoh u yuridik shaxs bo'lsin, xoh u jismoniy shaxs
bo'lsin, soliqlarni to'lashdan qoshishga urinadi, daromadlarni oshirishning yashirin
yo'llarini qidiradi yoki bo'lmasa soliq to'lovshi va ma'lum soliq inspektorlari o'rtasida
o'zaro manfaatli kelishuvlarga ham olib kelishi mumkin va h.k.
Umuman olganda, turmush darajasini aniqlashga bag'ishlangan tadqiqotlarda aholi
daromadlarini inflyatsiyaga to'g'rilab, nominal emas, real daromadlarni aniqlash joiz,
ya'ni bunda daromad soliqlari va boshqa turdagi majburiy to'lovlar shiqarib tashlanishi
kerak»
4
.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, AQShda aholidan olinadigan daromad solig'ini asosiy
farqi kamayuvshan (regressiv) usulda soliqqa tortiladi. Bizda esa daromadning oshishi
bilan soliq stavkasi ko'payib boruvshi, ya'ni progressiv usulda. Bizning fikrimizsha,
4
M.Yunusov. O’zbekistonda soliq siyosatining dolzarb muammolari //Bozor, pul va kredit. – 2004.
- №2.-13-bet.
ma'lum bir davrlardan so'ng, bizda ham daromad solig'iga tortishning regressiv usulidan
foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday usul, birinshi navbatda, ma'naviyat va
ma'rifat sohasida faoliyat ko'rsatayotgan aholi qatlamiga (shoirlar, yozuvshilar,
bastakorlar va h.k.) ijobiy ta'sir ko'rsatsa, ikkinshi navbatda jami aholining psixologik
kayfiyatida ham ijobiy iz qoldiradi.
O'zbekistonda hozirgi vaqtda boshqa shart-sharoitlar mavjud bo'lib, daromadlar
ko'proq jamg'arish omillari hisobidan emas, balki narx omillari hisobidan o'smoqda. Bu
erda rag'batlantiruvshi omillar boshqasha harakat qiladi. Shu sababli o'tish davri
mobaynida o'ta yuqori daromadlar uchun eng yuqori stavkalar belgilanishi to'g'ridir.
Bozor xo'jaligi normal izga tushib borishiga qarab, boylik va kambag'allik
o'rtasidagi farq sekin-asta qisqarib borishini kutish mumkin. Shunda soliqning ortib
borishini kamaytirish ham haqqoniy bo'ladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i tartibini takomillashtirish
masalalaridan biri bo'lgan soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdorni aniqlash va soliq
ortib borishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslariga nisbatan yuqorida bildirilgan fikrlarning
inobatga olinishi, aholidan olinadigan daromad solig'i tartibini davr talabiga moslab
takomillashtirishga o'zining munosib hissasini qo'shadi.
Ko'pshilik mamlakatlar soliq siyosatida, yuqorida qayd etib o'tilganidek, daromad
solig'i tuzilishining «global» va «shedulyar» tizimlaridan foydalanish keng yo'lga
qo'yilib kelinmoqda. Keng qamrovli «global» tizimda soliq qaysi manbadan kelib
tushishiga qaramasdan yalpi daromaddan olinishini ko'zda tutsa, «shedulyar» tizimi esa
daromadni uning kelib shiqish manbalari bo'yisha (ish haqi, renta, dividendlar, foiz va
h.k.) oldindan qismlarga bo'lib shiqishni, keyin daromadning har bir turi bazasidan
tegishli stavka bo'yisha soliq undirishni nazarda tutadi.
O'zbekiston Respublikasi qonunlari daromadlarning passiv va faol daromadlarga,
ya'ni mol-mulkdan olingan daromadlarga va ishlab shiqarish faoliyatidan olingan
daromadlarga bo'lishni nazarda tutmaydi. Turli manbalardan olingan daromadlarga (yalpi
daromadga) yagona stavkalar bo'yisha soliq solinadi. «Global» yoki boshqasha qilib
aytganda, soliq solishning sintetik tizimi tatbiq etiladi.
Fuqarolarning daromad manbalari sir saqlanishi tamoyiliga amal qiladigan
ko'pgina mamlakatlarda faqat deklaratsiyalar bo'yisha soliq to'lashdan foydalanib
kelingan.
Endilikda mazkur mamlakatlarda ilgarigi qarashlar qayta ko'rib shiqilib, soliqni
hisoblash va to'lashning aralash tartibiga (daromad manbaidan to'lashga va deklaratsiya
bo'yisha to'lashga) o'tilmoqda va bunga soliq to'lashdan bo'yin tovlashlarga kurashning
kushaytirilishi sabab bo'lmoqda.
Jismoniy shaxslardan daromad solig'i olishning deklaratsiyali tizimini joriy qilish
to'g'risida mustaqillikdan oldin fikr yuritilganda, universal daromad solig'i tizimiga
o'tish uchun bir qator tashkiliy, ta'limiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish kerakligi
haqida gapirilgan edi
5
.
Bu muammolarning hammasi unshalik oddiy bo'lmasdan ko'pinsha sertashvish
hisoblanadi. Shuning uchun ham bu sohada shoshma-shosharlik qilish ishga faqat zarar
etkazishi mumkin. Shunday qilib, bu o'rinda soliq solishning yangi tizimini kompleks
tarzda amal qilishini e'lon qilib qolmasdan, shu bilan birga uning samarali bo'lishini
ta'min etish uchun hali ko'p va jiddiy ishlar olib borish talab qilinadi.
Respublikamiz iqtisodiyoti bozor yo'lidan borayotganligi sababli soliq
to'lovshilarning daromadlarini hisobga olishning deklaratsiyali usulini to'g'ri deb
oqlayotgan rivojlangan mamlakatlarning jahon tajribasini uloqtirib tashlamasdan, u
bilan birgalikda integratsion jarayonlarga qo'shilish zarurligini hisobga olgan holda
mazkur usulga o'tishning istiqbolli ekanligini nazarda tutish kerak. Biroq, bizning
nazarimizda, bu usulga darxol emas, balki sekin-astalik bilan o'tish o'zini oqlaydi.
5
Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. –T.: Akademiya, 2002. – 87 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |