JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’I
Reja:
1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining
mohiyati, soliq
to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi.
2.Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi.
3.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromadsolig‘i stavkalari.
4.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar.
5.Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadiga soliq solishning xususiyatlari.
6.Soliqni hisoblab chiqarish tartibi.
7.Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi.
8. Jismoniy shaxslar daromad solig'ini hisoblash uslubiyatini takomillashtirishda
ilg'or xorij tajribalaridan foydalanish yo'llari.
Tayanch so’z va iboralar:
jismoniy shaxs,rezident jismoniy shaxs,norezident
jismoniy shaxs, soliq to’lovchilar,jami yillik daromad,soliq ob’ekti, soliq sub’ekti, soliq
stavkasi, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblash tartibi, soliqni to’lash muddatlari
1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyati, soliq
to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi.
Ma‘lumki, soliq qonunchiligida soliqqa tortish
maqsadida soliq to‘lovchilar ikkiga bo‘lingan, ya‘ni yuridik va jismoniy shaxslarga.
Jismoniy shaxslarga – yuridik shaxs maqomini olmagan O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi.
Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida budjet tushumlaridan salmoqli
o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idir.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i –
davlat budjeti daromad
manbalaridan biri bo‘lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos
xususiyati shundaki, soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar va yig‘imlar
budjet
daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i 1991 yilda budjet tushumlarining 6,7 foizini tashkil etgan
bo‘lsa, 2009 yilda 13,1 foizni tashkil etgan. 2018 yilgi
davlat budjeti parametrlari
bo‘yicha ushbu soliq davlat budjeti daromadlarining 8,4 foizni, to‘g‘ri soliqlar ichida
esa 40,6 foizini tashkil etgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari deb
(364-modda) quyidagilar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston
Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar.
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan
yoxud tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki
undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston
Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy
shaxslarga ularning
O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan
olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq
solinadi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi soliq solish ob‘ekti hisoblanadi.
Soliqqa tortiladigan baza bo‘lib, jismoniy shaxslarning
jami daromadidan soliq
qonunchiligiga ko‘ra belgilangan chegirmalarni ayirib tashlagandan keyingi qoldiq
summa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston Respublikasining
rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i summalari O‘zbekiston
Respublikasida
soliqni
to‘lashda
O‘zbekiston
Respublikasining
xalqaro
shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi.
Hisobga olinadigan summalarning miqdori jismoniy shaxslarning O‘zbekiston
Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo‘yicha hisoblab
chiqarilgan daromad
solig‘i summasidan oshmasligi lozim.