Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i reja



Download 308,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana04.03.2022
Hajmi308,22 Kb.
#482939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGI MM

8. 
Jismoniy 
shaxslar 
daromad 
solig'ini 
hisoblash 
uslubiyatini 
takomillashtirishda ilg'or xorij tajribalaridan foydalanish yo'llari. 
Jismoniy 
shaxslar daromad solig'ini xorij tajribasi asosida maqbullashtirish yo'nalishlari 
to'g'risida to'xtalib o'tamiz. Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq borasida 
fikr yuritilganda, masalaning mohiyati albatta soliq stavkasiga borib taqaladi. 
Mamlakatimiz soliq amaliyotida bugungi kunda uning 4 pog'onali, ya'ni 0, 7,5, 16,5, 
22,5 foizli stavkalari amal qilmoqda. Ba'zi iqtisodshilar Rossiya Federatsiyasi tajribasi, 
ya'ni yagona soliq stavkasini qo'llash maqsadga muvofiq deb hisoblashadi. Lekin bu 
tadbirni amalga oshirish ham soliq sub'ektlari, ham budjet uchun ijobiy natijalar 
beradimi, degan savolga hamisha ham javob ololmaymiz. 
Yagona soliq stavkasini joriy qilish taklif qilinganda, byudjet kamomadiga yo'l 
qo'ymaslik uchun uning miqdorini respublikada mavjud o'rtasha soliq yukinidan kelib 
shiqqan holda 18 foiz qilib belgilash talab etiladi. Bu 64,5 foiz soliq sub'ekti uchun 
soliq yuki 5 foizga, hamda 23,4 foiz soliq sub'ekti uchun esa o'rtasha 2,1 foizga o'sishi 


yoki kam ta'minlangan aholi qatlami jabr ko'rishini anglatadi. Yagona soliq stavkasini 
pastroq qilib belgilash mumkinmi, degan savolga esa soliq sub'ektlari soni yoki 
daromadlarining legallashishi orqali erishsa bo'ladi, deb javob berish mumkin. 
Harakatdagi daromad solig'iga 3 pog'onali stavkalarining joriy qilinganligini 
ijtimoiy nuqtai-nazardan adolatli deb hisoblash mumkin, ammo bu borada soliq 
stavkalari o'rtasidagi farqni daromad shakllanishiga imkon beradigan darajada 
belgilash maqbul holatni yuzaga keltiradi. 
Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish sohasida o'z eshimini 
kutayotgan masalalardan biri-daromad summasidan ba'zi xarajatlarni shegirish tartibini 
ishlab shiqish va joriy etish hisolanadi. Bu barsha soliq sub'ektlari daromadiga 
qo'llaniladigan soliqqa tortilmaydigan miqdorni hamda alohida soliq sub'ekti ijtimoiy-
iqtisodiy holatidan kelib shiqqan holda joriy qilinadigan shegirmalardir. Masalan, 
Yaponiya soliq tizimida aholi yalpi daromadga nisbatan quyidagi shegirmalar joriy 
qilgan: 
- tibbiy xizmat bilan bog'liq xarajatlar uchun shegirma. Soliq sub'ektining o'zi yoki 
birga yashaydigan oila a'zolari salomatligi uchun sarflangan mablag'ning 2 mln. 
yenagasha bo'lgan miqdorda shegirma; 
- nogironlarga joriy qilingan shegirma. Soliq sub'ektining o'zi, turmush o'rtog'i 
yoki uning qaromog'idagi oila a'zosi nogiron bo'lgan holda har bir nogiron uchun 270 
ming yena (og'ir holatda bo'lsa 400 ming yena) miqdorida shegirma; 
- qariyalar uchun shegirma. Soliq sub'ekti 65 yoshdan oshgan bo'lsa va yillik 
daromadi 10 mln. yenadan oshmasa 500 ming yena miqdorida shegirma; 
-mehnat faoliyati bilan band bo'lgan talabalar uchun shegirma. Agar soliq sub'ekti 
mehnat faoliyati bilan band talaba bo'lsa, ma'lum hollarda (masalan, yillik daromadi 
650 ming yenadan oshmasa) 270 ming yena miqdorida shegirma; 
- boquvshisini yo'qotganlik uchun shegirma. Agar soliq sub'ektining turmush 
o'rtog'i olamdan o'tgan yoki ajrashgan va qariyalar uchun shegirma qo'llanmagan holda 
270 ming yena, agar qaramog'ida farzandi bo'lsa, qo'shimcha 80 ming yena miqdorida 


shegirma; 
-mol-mulkni sug'urtalashga yo'naltirilgan mablag'ning 15 ming yena miqdorida 
shegirma; 
- soliq sub'ektining o'zi yoki yaqinlarining hayotini sug'urtalashga yo'naltirilgan 
mablag'ning 50 ming yena miqdorida shegirma va shu kabi boshqa shegirmalar. 
Soliq solinmaydigan eng kam miqdor kategoriyasiga o'z mohiyati va ahamiyatiga 
ko'ra standart shegirma deb ataluvshi shegirma – AQSh qonunshiligida nazarda tutilgan 
imtiyoz yaqindir. Standart shegirma soliq solinmaydigan eng kam miqdor bilan baravar 
ravishda qo'llanib kelinadi. U soliq solinmaydigan eng kam miqdor singari qat'iy qayd 
etilgan summada, masalan, 5,5 ming dollar bilan (yolg'iz soliq to'lovshilar uchun), 11 
ming dollar bilan (er-xotinlar uchun) va 2 ming dollar bilan (bir uy xo'jaligidagi har bir 
shaxs uchun) ifodalanadi. Masalan, to'rt kishidan iborat bir oila – 8 ming dollar standart 
shegirmaga ega
2
. AQShdagi imtiyozning muhim farqi shundan iboratki, soliq to'lovshi 
standart shegirma o'rniga o'z shiqimlarini moddalar bo'yisha hisoblash usulini qo'llash 
mumkin. Bu xarajatlarni yalpi daromaddan shiqarib tashlashga ruxsat etiladi (tibbiy 
xizmat va dori-darmon sotib olish xarajatlari; tish do'xtiri xizmatlariga haq to'lash; 
ipoteka krediti bo'yisha to'lanadigan foizlar va shu kabilar). 
Bizda bu xildagi xarajatlar soliqqa tortiladigan daromaddan shiqarib 
tashlanmagan. Chunki hozirsha, bizning nazarimizda, mamlakatimiz iqtisodiyoti 
bunday imtiyozli xarajatlarga tayyor emas. Bu aholining daromadlarini soliqqa tortishni 
yanada takomillashtirish yo'lida yangi bosqish bo'lishi mumkin edi. 
Eng murakkab masala – soliqning eng kam va eng yuqori stavkalar to'g'risidagi 
masaladir. Bizning nazarimizda, avvalo eng yuqori va eng kam stavkalar nisbati 
nimalarga bog'liqligini aniqlab olish nazariy jihatdan muhimdir. Bu erda asosiy omil – 
jamiyatning tabaqalarga bo'linishi, eng badavlat 10% aholi bilan eng kambag'al 10% 
aholi daromadlari o'rtasidagi tafovutdir. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda bu koeffitsient 
2
Qarang: К. Макконел, С. Брю, Экономикс: Принципи, проблеми и политика. В 2 т.: Пер. с 
англ. 11-го изд., Т.1. – М.: Республика, 2002. – с.120.


ansha katta hisoblanadi. Shu sababli daromad solig'ining eng yuqori va eng kam 
stavkalari o'rtasida katta tafovut o'zini oqlaydi. 
Bizga ma'lumki, barsha rivojlangan mamlakatlarning aksariyat qismida aholidan 
daromad solig'i ko'payib boruvshi (progressiv) usulda davlat byudjetiga tortiladi (bizda 
ham shu usulda), ammo AQShda bunday usul mustasnodir. U erda aholidan olinadigan 
daromad solig'i regressiv usulda amalga oshiriladi. Bu holatni quyidagi jadval orqali 
yorqin namoyon etish mumkin (4.2-jadvalga qaralsin). 

Download 308,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish