oshiriladi.
Fuqaro bir yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyini o‘zgartirsa, u yangi ish
joyidagi buxgalteriyaga dastlabki ish haqi olguniga qadar belgilangan shakl bo‘yicha
joriy yilda to‘langan daromadlar hamda ushlab qolingan soliq summasi haqidagi
ma‘lumotnomani taqdim etishi shart.
Yangi ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha soliqni hisoblab
chiqarish taqvim yili
boshidan ilgarigi va yangi ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan jami daromaddan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi.
Avvalgi ish joyidan ma‘lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq to‘lovchining
identifikatsiya raqami taqdim etilmagan hollarda soliq solinadigan daromaddan eng
yuqori stavka bo‘yicha soliq undiriladi. Ma‘lumotnoma keyinroq taqdim etilsa, u holda
undirilgan umumbelgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilinadi.
Avvalgi asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarining
xodim tomonidan
bajarilishi bilan bog‘liq mukofot va boshqa to‘lovlar unga ishdan bo‘shatilganidan
so‘ng to‘langan bo‘lsa, mazkur mukofot va to‘lovlar umumbelgilangan tartibda ularni
to‘lash chog‘ida jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqqa tortiladi. Bu
fuqarolarga to‘langan daromadning hamda ushlab qolingan soliqning umumiy summasi
haqida korxona, muassasa, tashkilot bir oy muddatda istiqomat
joyidagi davlat soliq
xizmati organiga ma‘lum qilishi shart.
Asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan mehnat haqi to‘lovlari va boshqa
to‘lovlardan jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish yil
boshidan o‘sib boruvchi yakun bilan soliq solinadigan
jami daromad summasidan
ularni hisoblab yozishning borishiga qarab (agar bunday daromadlar to‘langan bo‘lsa),
belgilangan stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar asosiy bo‘lmagan ish joyidagi mehnat to‘lovi bo‘yicha daromad oluvchi
jismoniy shaxs buxgalteriyaga eng yuqori stavka bo‘yicha daromadidan soliq ushlab
qolinishi
haqida ariza topshirsa, daromadlarni to‘lovchi yuridik shaxslar soliq
to‘lovchining arizasiga ko‘ra soliqni ushlab qoladilar.
Asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromad olgan jismoniy
shaxslar daromadidan
olingan daromadlar, qilingan xarajatlar va ushlangan soliq summasi to‘g‘risidagi
taqdim etilgan deklaratsiya ma‘lumotlari bo‘yicha soliq
xizmati organi tomonidan
daromad solig‘i yakuniy summasi hisoblab chiqariladi. Rezident jismoniy shaxslarning
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida (shu jumladan asosiy ish joyidan) olgan
daromadlaridan daromad solig‘i yakuniy summasini hisoblab
chiqarish ham xuddi
shunday tartibda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va budjetga
o‘tkazish uchun yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda yuridik
shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog‘liq jarima va penyalarni
budjetga to‘lashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: