Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i reja



Download 308,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana04.03.2022
Hajmi308,22 Kb.
#482939
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGI MM



JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’I 
 
Reja: 
 
1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyati, soliq 
to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi. 
2.Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi. 
3.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromadsolig‘i stavkalari. 
4.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar. 
5.Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadiga soliq solishning xususiyatlari. 
6.Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. 
7.Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi. 
8. Jismoniy shaxslar daromad solig'ini hisoblash uslubiyatini takomillashtirishda 
ilg'or xorij tajribalaridan foydalanish yo'llari. 
Tayanch so’z va iboralar:
jismoniy shaxs,rezident jismoniy shaxs,norezident 
jismoniy shaxs, soliq to’lovchilar,jami yillik daromad,soliq ob’ekti, soliq sub’ekti, soliq 
stavkasi, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblash tartibi, soliqni to’lash muddatlari
 
 
1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyati, soliq 
to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi. 
Ma‘lumki, soliq qonunchiligida soliqqa tortish 
maqsadida soliq to‘lovchilar ikkiga bo‘lingan, ya‘ni yuridik va jismoniy shaxslarga. 
Jismoniy shaxslarga – yuridik shaxs maqomini olmagan O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi.
Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida budjet tushumlaridan salmoqli 
o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idir. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – davlat budjeti daromad 
manbalaridan biri bo‘lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos 
xususiyati shundaki, soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi. 


Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar va yig‘imlar budjet 
daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i 1991 yilda budjet tushumlarining 6,7 foizini tashkil etgan 
bo‘lsa, 2009 yilda 13,1 foizni tashkil etgan. 2018 yilgi davlat budjeti parametrlari 
bo‘yicha ushbu soliq davlat budjeti daromadlarining 8,4 foizni, to‘g‘ri soliqlar ichida 
esa 40,6 foizini tashkil etgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari deb 
(364-modda) quyidagilar e’tirof etiladi: 
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar; 
2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston 
Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar. 
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga bo‘linadi. 
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan 
yoxud tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki 
undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston 
Respublikasining rezidenti deb qaraladi. 
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning 
O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan 
olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq 
solinadi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi soliq solish ob‘ekti hisoblanadi. 
Soliqqa tortiladigan baza bo‘lib, jismoniy shaxslarning jami daromadidan soliq 
qonunchiligiga ko‘ra belgilangan chegirmalarni ayirib tashlagandan keyingi qoldiq 
summa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston Respublikasining 
rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i summalari O‘zbekiston 
Respublikasida 
soliqni 
to‘lashda 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
xalqaro 


shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. 
Hisobga olinadigan summalarning miqdori jismoniy shaxslarning O‘zbekiston 
Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad 
solig‘i summasidan oshmasligi lozim. 

Download 308,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish