7.2. Ixtisoslashgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari. Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari
7.2.1. Ixtisoslshgan va kompleks sport maktablarining
bosqichlari
Avval ta’kidlanganidek, sport maktablari turli sport tashkilotlari, jamiyatlari va davlat idoralariga mansubdir. Qaysi sohada bo’lmasin, sport maktablarining turlari, tashkiliy tuzilishlari, faoliyatlari umumiy qoida va tartiblar /Nizomlar/ asosida amalga oshiriladi. Shu sababdan ularni ikki yo’nalishga ajratish mumkin:
Ixtisoslashtirilgan sport maktablari.
Kompleks sport maktablari.
Ixtisoslashtirilgan sport maktabi ham o’z navbatida, bir necha bosqichlardan iborat. Uning asosiy xususiyati shundaki, unda faoliyat sportning fakat bir turi buyicha olib boriladi. Bunda quyidagi bosqichlarga amal qilinadi:
Turli yoshdagi /6-14/ bolalar tayyorlov guruhlari.
Oliy sport mahorati.
Olimpiya o’rinbosarlari.
Birinchi bosqichdagi bolalar va o’smirlar sport maktablari /sport turlariga qarab/ asosan jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar hamda sportning texnik-taktik mazmunlarini o’rgatish bilan faoliyat ko’rsatadi.
Ikkinchi bosqichdagi sport maktablarida sportning texnik-taktik mazmunlarini singdirgan holda turli yirik musobaqalarga tayyorgarlik davri o’tkaziladi.
Uchinchi bosqich sport maktablarida turli yoshdagi bolalar shug’ullanadilar. Ular tayyorgarlik mahorat egallash va olimpiya o’yinlari, xalqaro sport musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarni tanlash davrlarini o’tkazadi.
Umuman olganda, ixtisoslashgan sport maktablarining ish faoliyati aniq va ixchamlashgan holda boshqarishni talab etadi. Bunda sport maktablari ma’muriyati, ayniqsa, murabbiylarning vazifasi o’ta mas’uliyatli hisoblanadi.
Kompleks sport maktablarining xususiyatlari shundaki, unda sportning bir necha turi /gimnastika, akrobatika, kurash, engil atletika, futbol va hokazolar/ bo’yicha bolalar jalb etiladi va mashg’ulotlar olib boriladi.
Kompleks sport maktablarida ham sport turlariga qarab shug’ullanuvchilarni bir necha guruhlarga /yoshi, jismoniy va sport tayyorgarligiga qarab bo’lib, mashg’ulotlar alohida jadval asosida olib boriladi. Bunda muammo buladigan jihatlar, asosan, sport inshootlari, sport buyumlari va kiyimlari bilan ta’minlashdir. Shu sababdan sport maktablari ma’muriyati zamonaviy ish usullari, xayriya jamg’arma uyushmalaridan foydalanish hamda pulli xizmatlar ko’rsatib /ijara, musobaqa, tijorat va hokazo/, moddiy muammolarni hal qiladilar.
Kompleks sport maktablari faoliyatida ham etuk sportchilarni tarbiyalab etkazish, sharoit va zaruriyatlarga qarab yosh sportchilarni oliy sport mahorati maktablari, sport internat-maktablari va olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlariga tavsiya qilish mumkin bo’ladi.
Sobiq Ittifoq davrida Toshkent, Samarkand, Andijon, Chirchiq va Buxoro shaharlarida ixtisoslashtirilgan sport internat-maktablari tashkil qilindi. Ular Respublika uchun juda ko’p sportchilar tayyorlab berishda katta xizmat qilib keldi. O’zbekiston mustaqil davlat bo’lgach, bu internatlar Olimpiya o’rinbosarlari maktabiga, keyinchalik esa bilim yurtlariga aylantirildi. SHu sababdan mahoratli sportchilar tayyorlash bilan birga jismoniy tarbiya va sport sohasida o’rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Bu, o’z navbatida, yurtimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |