Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Olimpiya akademiyasi va uning vazifalari



Download 1,17 Mb.
bet38/91
Sana06.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#642250
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

6.3.2. Olimpiya akademiyasi va uning vazifalari

O’zbekiston Olimpiya akademiyasi O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasiga bevosita yordam beruvchi va olimpiya g’oyalarini targ’ib qiluvchi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tashkilotdir.


Ta’kidlash lozimki, Xalqaro Olimpiya akademiyasi /XOA/ 1961 yilda tuzilgan. U Gresiyaning Olimp shahrida joylashgan va 170 dan ortiq mamlakatlarda uning tarmoqlari, ya’ni milliy Olimpiya akademiyalari /MOA/ tashkil etilgan. Xalqaro Olimpiya akademiyasining aso­siy vazifasi Olimpiya harakati, jismoniy tarbiya va sport nazariyasini o’rganish hamda targ’ib qilishdan iborat. Uning faoliyati Xalqaro Olimpiya qo’mitasi tomoni­dan boshqarilib, moliyaviy ta’minoti esa Gresiya Mil­liy Olimpiya qo’mitasi zimmasidadir.
Xalqaro Olimpiya akademiyasi har yili bir haftalik sessiya tashkil etadi va unda falsafiy-g’oyaviy muammolarga bag’ishlangan ma’ruzalar eshitilib, seminarlar o’tkazadi. Ularning asosiy mohiyati Olimpiya harakati tarixi, sport mashg’ulotlari hamda jismoniy»tarbiya va sportning uslubiy masalatari bayonidan iborat bo’ladi. Bu anjumanlarga Milliy Olimpiya qo’mitalari, taniqli olimlar, murabbiylar, soha vakillari, xatto talabalar, aspirantlar va sportchilarni safarbar etish mumkin.
1987 yil 18 fevralda Davlat sport qo’mitasi va O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi tashkil qilindi. 1993 yil 18 aprelda O’zbekiston Respub­likasi Olimpiya akademiyasi /O’zROA/ rasmiy ravishda ta’­sis etildi.
O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi fao­liyati uning saylangan prezidenti, ijroqo’m direktori tomonidan boshqariladi. 1994 yilda Olimp shahrida o’tkazilgan Xalqaro Olimpiya akademiyasi sessiyasida O’zbekiston Olimpiya akademiyasi vakillari ilk bor ishtirok etishdi va keyingi yillarda ham faol qatnashib kelmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi ijroqo’mida /Nizomga muvofiq/ 12 kishi, ya’ni etuk olimlar, o’qituvchilar, murabbiylar, Olimpiya harakatining namoyandalari jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatadilar.
O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi o’z faoliyatini, asosan, Olimpiya g’oyalari, Olimpiya harakati, Olimpiya o’yinlarini ommalashtirishga qaratgan. SHu o’rinda muhim faoliyatlarning natijalarini misol tariqasida keltirish maqsadga muvofiqdir.
1996 yil Olimpiya ta’limi tizimining tashkiliy va ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishning hal qiluvchi jarayoni amalga oshirildi. YA’ni turli hududlarda Xalqaro Olimpiya akalemiyasi bilan o’zaro aloqalar ta’minlandi. Ayniqsa, Xalqaro Olimpiya qo’mitasining tashkil topishiga /1894/ va zamonaviy Olimpiya o’yinlarining /1896/ 100 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan Respub­lika ilmiy-nazariy anjumanlari /1994, 1996/ muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1997-2000 yillarda Olimpiya harakati va o’yinlari bilan bog’liq ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi. Ma’ruzalar, amaliy takliflar, ilmiy-naza­riy tahlillar anjumanlarning ilmiy to’plamlarida o’z ifodasini topdi.
O’zbekistonda Olimpiya harakati bilan bog’liq barcha muammolar va masalalarni hal etishda O’zbekiston Pre­zidenti va hukumatining bevosita yordami e’tiborga loyiqdir. Ayniqsa, O’zbekiston Prezidentining 2000 yil 7 iyundagi «O’zbekistonda Olimpiya harakatini yanada ri­vojlantirish va mamlakat sportchilarini Sidney shahridagi /Avstraliya/ XXVII Olimpiya o’yinlariga tayyorlash to’g’risida»gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonda bayon etilishicha: «Mamlakatda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va O’zbekiston sportchilarining Sidney shahridagi /Avstraliya/ XXVII Olimpiya o’yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini rag’batlantirish maqsadida, shuningdek, O’zbekistonning xalqaro obro’sini mustahkamlashda, yosh avlodni milliy g’urur va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda o’zbek sportchilari erishgan yutuqlarning g’oyat katta ahamiyatini e’tiborga olib:
XXVII Olimpiya o’yinlarida sovrindor bo’lgan O’zbekiston sportchilarini rag’batlantirish, Vatanimizning sportdagi shon-shuhratini oshirishga qo’shgan munosib hissasini e’tirof etish maqsadida quyidagi miqdorda bir yo’la beriladigan mukofotlar belgilandi:

  • Oltin medal uchun - 100000 AQSH dollari;

  • Kumush medal uchun - 50000 AQSH dollari;

- Bronza medali uchun - 25000 AQSH dollari /»Sport» gazetasi, 2000 yil, 9 iyun/.
Ushbu farmon murabbiylar va Olimpiya o’yinlarida qatnashadigan sportchilarga katta kuch va ruhiy ozuqa baxsh etdi. Natijada Sidney shaxrida o’tkazilgan XXVII Olim­piya o’yinlarida /2000 yil 15 sentyabr – 1 oktyabr/ qatnashgan 77 nafar sportchilar orasida 4 kishi Olimpiya o’yinlari medallari va O’zbekiston Prezidenti mukofotiga sazovor bo’ldilar. Ular: Muhammadqodir Abdullaev boks bo’yicha oltin medal sovrindori; Artur Taymazov erkin kurash bo’yicha kumush medal sovrindori; Rustam Saidov va Sergey Mixaylov boks bo’yicha bronza medali sovrindorlari bo’lishdi.
Olimpiya o’yinlari g’oliblari va barcha qatnashchilarini respublikamiz jamoatchiligi munosib kutib oldi. Ular O’zbekiston Prezidenti, hukumati, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, sport jamiyatlari, uyushmalari rahbarlari va boshqa homiylar tomonidan munosib taqdirlandilar.
Umuman olganda, Respublikada Olimpiya harakati va o’yinlarining muqaddas bo’lgan shiorlari: «Tezroq», «Balandroq», «Kuchliroq» hamda «Tinchlik», «Do’stlik» «Hamjihatlik» kabi g’oyalari chuqur singib bormoqda. Bu faoliyatlarni ommalashtirish ishlarida faqat O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi xodimlari, uning tarmoqlaridagi mutasaddilar. Respublika Olim­piya akademiyasigina emas, balki sport tashkilotlari, jamiyatlari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari, sport homiylari, sport inshootlari xodimlari va boshqa juda ko’p tashkilotlar, muassasalar hamda rasmiy shaxslar ham yaqindan turib ishtirok etmoqdalar.
O’zbekiston sportchilarining Olimpiya o’ynnlaridagi ishtiroklari, ularning erishgan yutuqlari «Jismoniy tarbiya tarixi» darsligi va ilmiy-amaliy anjumanlar­ning ilmiy to’plamlari hamda maxsus o’quv-uslubiy qo’llanmalarda bayon etilgan.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish