VI. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY OLIMPIYA QO’MITASI
6.1. O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya
qo’mitasining Nizomi
Xalqaro Olimpiya harakatining olamshumul kengayishi, O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi, ayniqsa, Respublikamizning mustaqillikni qo’lga kiritib, davlat sifatida tanilishi natijasida O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi 1992 yil 21 yanvarda tashkil etildi va shu yili Xalqaro Olimpiya ko’mitasi /XOQ/ tarkibiga rasmiy ravishda a’zo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasining birinchi ta’sis majlisida Milliy Olimpiya qo’mitasining Nizomi ham qabul qilindi va keyinchalik Xalqaro Olimpiya qo’mitasining Nizomi va Milliy Olimpiya qo’mitasining ish tajribalari asosida qayta ko’rib chiqiddi hamda unga qisman o’zgartirishlar kiritildi. O’sha paytlarda. Milliy Olimpiya ko’mitasi tarkibiga 127 kishi va faxriy a’zolikka 11 kishi saylandi.
O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasining Nizomida asosan uning tarkibiy tuzilishi, maqsad va vazifalari, burchlari hamda huquqlari alohida belgilangan. SHuningdek, sportchilar, murabbiylarning huquq va vazifalari, musobaqalarda qatnashish jarayonlari, moliyaviy ta’minot, a’zolik badallari ham o’z ifodalarini topgan.
Nizom O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va Xalqaro Olimpiya qo’mitasi Xartiyasi talablari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, Milliy Olimpiya qo’mitasining bayrog’i, ramzi va boshqa nishonlari haqida qayd etilgan. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi hukumatga qarashli bo’lmagan mustaqil faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotdir. Uning oliy organi Bosh Assambleya /majlis/ hisoblanadi. U yil davomida bir marotaba o’tkaziladi. Assambleyalar oralig’ida rahbarlik ishlari Milliy Olimpiya qo’mitasining Ijroiya qo’mitasi tomonidan olib boriladi. Uning tarkibi Prezident, 2 ta vise prezident, bosh kotib va 18 nafar a’zolardan iborat. Ular 4 yil muddatga saylanadi.
Kongress /Qurultoy/ Milliy Olimpiya qo’mitasining eng yirik va kengaytirilgan majlisidir. Unda Olimpiya harakati va sport turlarini rivojlantirish bilan bog’lik masalalar muhokama etiladi. Eng ilg’or tajribalar, ilmiy-tadqiqot natijalari va muammoli masalalarga alohida yondoshiladi. Zarur bulsa, Milliy Olimpiya qo’mitasi a’zolari va Prezidentini ham saylaydi.
Milliy Olimpiya qo’mitasining sessiyasi u yoki bu qarorni tasdiqlash, ularning ijrolarini muhokama qilish, komissiyalarning hisobotlarini eshitish kabi faoliyatlar bilan shug’ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |