1)bosh tortish
– nizoga nisbatan shunday reaktsiyaki, bunda nizoga guvoh
bo`lganlar aslida uning mavjudligini tan olmaydilar, unga aralashishdan bosh tortadilar.
Odatda bunday sharoitda rahbar yo ayni paytda vaqti yo`qligini, imkoniyat yo`qligini,
nizoning sababi arzimas holat ekanligini vaj qilib, uni xal qilishga aralashishdan bosh
tortadi. Yoki u vaziyat taqozosi bilan paydo bo`lgan nizo vaqt o`tishi bilan o`z o`zidan
yechimini topadi, odamlar insofga kelib qolishiga umid qiladi;
2)tekislash
– bu nizolashuvchi tomonlardan birini mavjud holatga “ko`ndirish”,
moslashtirish va shu yo`l bilan o`zining ham muayyan manfaatlarini himoya qilishdir.
“Mayli men yutqazsam ham, sening ishing bitib keta qolsin” degan naqlda nizoga
aralashgan shaxs vaziyatni yumshatishga erishadi, go`yoki “o`zni qurbon qilib” bo`lsa
ham tomonlarning yarashib ketishi uchun barcha imkoniyatni yaratadi;
3)kompromiss –
bu ochiq muloqot va vaziyatni, nizokashlarning xulq-atvori va
fikrlarini muhokama qilish yo`li bilan ikkala tomon uchun ham mahqul bo`lgan
yechimni qidirishdir. Bu usulning samaradorligi shundaki, nizoga aralashgan shaxs
ikkala tomonning ham aybini, ular tomonidan yo`l qo`yilgan xatolarni ochiq, holis
o`rtaga tashlaydi va eng mahquli – o`ar bir shaxs o`z burch va mashuliyatlarini taroziga
solib olishlari ekanligini uqtiradi. Natijada ikkala tomonda xosil bo`lgan tanglik ma’lum
ma’noda yumshaydi va oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati tug`iladi.
Nizokashlar janjal bo`lgandan ko`ra yomon
bo`lsa ham bir qarorga kelinganligidan
xursand bo`lib, o`z fikrlaridan ma’lum
ma’noda qaytadilar, vaqt o`tgach esa vaziyat
umuman yumshab, tomonlar yarashib ketishi
mumkin(5.2-rasm).
Odatda oilaviy nizolarda kompromiss yo`lini tutgan oilaning katta a’zosi yoki
erkak kishi nizoning oldini olishga erishadi, bunda biror tomonning “bir gapdan qolishi”
katta rol o`ynaydi;
241
4)raqobat
– odatda bir tomonning ikkinchisi ustidan ustun kelishi hisobiga
boshqasining batamom yengilishini nazarda tutadi. Ya’ni, bunda “Men yutishim uchun
sen mutloq yengilishing shart” degan tamoyil ustivor bo`ladi. Bunday usul albatta,
psixologik nuqtai nazardan samarasiz va noto`g`ri bo`lsa ham, ayrim holatlarda
masalaning aynan shu tarzda yechilishi boshqalarning iqtidori yoki irodasining
kuchayishiga sabab bo`lishi mumkin. Masalan, oilaviy majoroda kelin agar nohaq
bo`lib, yoshligi tufayli arazlab, barchaning dilini xira qilishi va ushbu vaziyatda baribir
qaynonaning sabr bilan ustun kelishi, baribir aytganini qildirishi yosh kelinchakning
kelgusini shu kabi xatti-harakatni boshqa qaytarmasligi uchun saboq bo`lishi mumkin;
5)hamkorlik
– bu nizoni xal qilishning shunday usuliki, bunda ikkala tomonning
shaxsiy manfaatlari nizoni keltirib chiqargan muammodan ustun qo`yiladi. Bunday
holatlarda nizokashlar bir tomon manfaatining inobatga olinmasligi, ikkinchi tomonning
boshqa manfaatini yerga urishini tushungani uchun ham murosa yo`li to`g`ri ekanligi,
yaxshisi mavjud muammmoni yechishga teng kirishish lozimligi fikriga kelib
to`xtaydilar.
Shunday qilib, real hayotda nizoning kelib chiqishi, uning qanday kechishi va
yechimi uni keltirib chiqargan vaziyatdan ham ko`ra, ushbu vaziyatda ishtirok etayotgan
insonlarning unga nisbatan sub’yektiv munosabatlariga bog`liq bo`ladi.
Tashkilot
va ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi va ularning ish
qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi «ruxiy iqlim»ni yomonlashtiradi, kadrlar
qo`nimsizligini ko`paytiradi. Shuning uchun bu masalalarga doimo e’tibor berish,
mehnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar turg`unligini tahminlovchi shartlardan biridir.
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning barcha imkoniyatlaridan
foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |