2.Konfliktogen vaziyatlar.
Ayrim ziddiyatlarning konstruktiv oqibatlari to`g`risida gapiradigan bo`lsak,
ba’zan ikki shaxs o`rtasida kelib chiqqan nizo ularning istiqbolda to`g`ri xulosa chiqarib,
shunaday harakatni boshqa qaytarmaslikka, omilkorlikka, xushyorlikka undaydi. Yoki
bir qarashda tanbehga asoslangan shaxslararo ziddiyat shaxsni o`z ustida muttasil
ishlashga, o`z xulqini o`zi tuzatishiga sabab bo`ladi. Bunday nizolar oqibatida ko`ra
konstruktiv
deb ataladi.
Destruktiv
nizoning oqibati esa ko`pincha salbiy bo`lib, u shaxslararo
antogonizmni keltirib chiqaradi, tomonlarning asablari charchaydi, ular xastalanib
qolishi ham mumkin. Er va xotin o`rtasida, yoki qaynona va kelin o`rtasidagi nizo oila
ajrimiga sabab bo`lishi va bir butun oilani buzilib ketishi olib kelishi mumkin. Ijtimoiy
psixologik fenomen sifatida nizo yoki ziddiyatga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
“Konflikt”
so‘zi XIX asrda lotin tilidan kirib kelgan bo‘lib “konfliktus”-
“to‘qnashuv” degan ma’noni anglatadi. Konflikt so‘zini ishlatmasdan yashash mumkin,
lekin konfliksiz yashash mumkin emas. Balki kelishmovchilik, to‘qnashuv, kurashish,
mojaro va shu kabi so‘zlarni barchasini umumlashtirish maqsadida bu so‘z ishlatilsa
ajabmas. Oramizda biror marta konflikt va ziddiyatga tushmagan inson bo‘lishi mumkin
emas. Shuning uchun ham «agar sizning xayotingizda konflikt bo‘lmasa tomiringiz
urishini tekshirib ko‘ring» degan ibora ishlatiladi. Buning xulosasi esa, konflikt - bu
hayotimizdagi voqea-hodisa singari oddiy holdir.
Konfliktlar turli joylarda sodir bo‘lishi mumkin. Mana shunday konfliktlardan biri
– siz ishlayotgan mehnat jamoasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan konfliktlardir.
Jamoada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan konfliktlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud
bo‘ladi. Jamoada sodir bo‘ladigan konfliktlar mana shu jamoada ishlayotgan barcha
xodimlarga o‘z ta’siri o‘tkazmay qolmaydi.
Mehnat jamoasidagi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan konfliktlar sizdan
tashqarida, ya’ni ziddiyat sizning manfaatlaringizni o‘zida jam qilmagan, yoki sizni
ham qamrab olgan, ya’ni sizning manfaatlaringiz konflikt orqali buzilayotgan va yoki
aksincha, sizning manfaatlaringiz yutib chiqayotgan, yoki alohida holda siz va sizning
243
hamkasbingiz, siz va sizning rahbaringiz o‘rtasida, yoki umuman butun jamoa orasida
vujudga kelishi mumkin.
Jamoadagi konflikt kim o‘rtasida sodir bo‘lishiga qaramay mana shu jamoada
ishlayotgan xodimlarning barchasiga o‘z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
50
Siz jamoada sodir bo‘lgan ziddiyatdan tashqarida bo‘la olmaysiz. Agar siz
konfliktga umuman aralashmasangiz ham, sizdan konfliktga nisbatan o‘z
munosabatingizni oydinlashtirish so‘ralganda, xohlang-xohlamang ziddiyatga nisbatan
o‘z fikringizni, o‘z xulosalaringizni aytishga majbur bo‘lasiz.
Bu esa, qaysidir masalalarda bir, yoki boshqa tomonning manfaatlarini ustun
qo‘yishingizga, biror tomonning yonini olishingizga sizni majbur etadi.
Agar siz maqsadli ravishda jamoadagi konfliktdan o‘zingizni olib qochib,
o‘zingizni betaraf deb e’lon qilganingizda ham, har kuni o‘sha jamoada bo‘lganingiz
uchun, konfliktning qanday rivojlanayotganligi, tomonlar o‘zini qanday tutayotganligi
beixtiyor kuzatib borasiz, oxir oqibat o‘zingizni haqiqatan ham ziddiyatdan
tashqaridaman deb his qila olmaysiz.
51
Konfliktlar sabab bo’lgan bir tomonning yonini olish, yoki ikkinchi tomon uchun
bo‘ysungan holda emas, balki mana shu konflikt vaziyatni vujudga keltirgan muammoni
aniqlashga sa'y-harakat qilish, butun jamoa diqqatini shaxslararo munosabatlarni taftish
qilishga emas, balki muammoni aniqlash, uning yechimini qidirishga, tomonlarning har
birining manfaatlarini o‘zaro yaqinlashtirishga, har ikki tomonni ham o‘zaro
qoniqtiradigan yechimni qidirishga safarbar etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |