motivlashtirish
- bu ruhiy omil bo`lib,
shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. Boshqaruv
psixologiyasida - xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag`batlantiruvchi kuchli
vositadir. Boshqacha qilib aytganda, motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy
yo`llar bilan maqsadga muvofiq yo`naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan
bog`liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo`ladi. Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish,
uxlash, dam olib o`z kuchini tiklash, o`zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega.
Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya’ni kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar-joy va
boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy
ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga
ega bo`lish va sog`lom hayot kechirib, uzoq umr ko`rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar
moddiy shaklga ega bo`lmagan har xil xizmatlar ko`rsatish orqali qondiriladi. Umuman,
ehtiyoj - odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo`zg`atuchi motivdir.Ehtiyoj qat’iyan
tabaqalashgan bo`ladi. Ya’ni, u kishilarning: odati, didi, ruhiyati, yoshi, jinsi, oilaviy
ahvoli, millati, mehnati, yashash sharoitlari va hokazolarga ham bog`liq bo`ladi.
Masalan, maktab o`quvchisi bilan talabaning, yosh yigit bilan pensionerning, dehqon
bilan iqtisodchining ehtiyoji bir xil emas. Hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham,
ehtiyojlarda faqrlarni hosil qiladi. Aytaylik, gavdasi yirik, devqomat kishining ehtiyoji
bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir emas. Eng muhimi xilma-xil ehtiyojni
qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi.
Ta’lim sohasidagi aksariyat olimlar maqsadli motivatsiyaga faqat toʻgʻri
yoʻnaltiruvchi kuch deb emas, balki motivatsiya qudratini oʻlchovchi koʻrsatkich
sifatida ham qarashadi (Entwistle va Ramsden, 1983). Maqsadli motivatsiyaga ega
176
talaba maqsadsiz motivatsiyasiga ega talabadan tubdan farqlanadi.Ushbu
tushunchalar ilgari oʻrganilgan yondashuvlar bilan oʻzaro bogʻliq boʻlib, ichki va
tashqi motivatsiya turkumidagi talabalar maqsadli motivatsiyada yuqori yoki past
natijani qayd etishlari ehtimoldan holi emas.
33
Shuni ta’kidlab oʻtish joizki, talaba
axloqiy va ruhiy taraqqiyot borasida ichki motivatsiyani shakllantirsada, akademik
yoʻnalish hisoblanmish insho yozish borasida toʻliq ishonch va kutilgan natijani
namoyon eta olmasligi mumkin. Demak, talabalarda yuqori darajadagi maqsadli
motivatsiyani ragʻbatlantirish va qoʻllab quvvatlashda muvofiq baholash tizimini yoʻlga
qoʻyish muhim ahamiyat kasb etib, ularning ilm olish harakatlarida ijobiy samarani
berishda katta rol oʻynaydi.
34
Ko`rinib turibdiki motivatsiya jarayoni qandaydir (bilib yoki bilmay orzu
qilinayotgan) ehtiyojga bo`lgan yetishmovchilikdan yoki qoniqishning yetarli, yohud
umuman yo`qligidan boshlanadi. So`ngra shu qoniqishga erishish uchun maqsad sari
harakat qilinadi. Ehtiyojning qondirilish darajasi kishini kelajak sari intilishini belgilab
beradi. Agar u muayyan narsadan qoniqish hosil qilsa, u holda keyingi motiv uni boshqa
yuqoriroq ehtiyojga rag`batlantiradi.
Jahon amaliyotida motivatsiya vositasida unumli mehnatga undovchi turli
nazariyalari mavjud. Bular jumlasiga:
Do'stlaringiz bilan baham: |